Mavzu: Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllari Reja



Download 73,5 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2022
Hajmi73,5 Kb.
#430247
1   2   3
Bog'liq
Abdumamatov Abdulhay.KSTI.

Metodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakllantiruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotda bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rinlaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi (kiritiladi): strelka ko‘rsatgan, fant tushgan o‘quvchi javob beradi. Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida „to‘g‘ri“, „balli“, „ofarin“ kabi rag‘batlantiruvchi so‘zlarning bo‘lmasligi, buning o‘rniga xayrixohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg‘ularini ifodalovchi, hayrat bilan aytilgan „ha“, „juda qiziqarli“, „yangi xabaring uchun rahmat“, „shundaymi?“, „buni qarang-a!“ kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi. Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan (tarbiyalovchi mashqlardan foydalanish, o‘rgatish, topshiriqlar berish) iloji boricha ko‘p foydalansa, mashg‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat, ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, asosiy qismning samaradorligi oshib boradi. Pedagog xilmaxil faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni komandalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishga bir necha daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. Shunday taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi. Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e’tiqodning, amaliy etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti, dokladi (ma’ruzasi) tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim: 1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. 2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir. 3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur. 4. So‘zlovchini avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtayi nazarini bildirish lozim.
4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi. Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining maktabdan tashqari hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish (xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot g‘oyasini amalga oshirishga qanchalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki „Yoqdimi?“, „Nimalarni bilib oldingiz?“ qabilidagi ikki savoldan iborat bo‘lib qoladi. Tavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish, o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi kontrol topshiriqlar; bolalarning egallagan tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo‘llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa mazkur muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning mashg‘ulotda egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar haqida so‘rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e’tibor berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish mumkin va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib berish zarurati bormi, bor bo‘lsa, buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi sinf mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllarini tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, ularning tarbiyaviy ta’siri ancha samarali bo‘ladi.
Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish