Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish. Reja: Kirish I bob Muammoni о‘rganish holati



Download 79,71 Kb.
bet1/8
Sana26.05.2022
Hajmi79,71 Kb.
#610177
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish


Mavzu: Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlantirish.
Reja:


Kirish
I bob Muammoni о‘rganish holati.
1.1.Tafakkur turlari va operatsiyalari
1.2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkuri
II bob. Maxsus ta’limda ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining о‘ziga xosligi
2.1. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurini о‘rganish usullari va natijalari
2.2. Maxsus ta’limda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurinirivojlantirish yо‘llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
Kirish

Mustaqillikka erishgan hozirgi davrning muhim talablaridan biri, bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Buyuk kelajak kafolati kо‘p jihatdan hozirgi yosh avlodning barkamol, yetuk shaxs sifatida shakllanishiga bog‘liqdir.
“Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni hayotga tatbiq etish davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini uch bosqichdan biri ijtimoiy himoyaning kafolatlanishi masalasini hal qilish bosqichidir. «Inson huquqlari dekloratsiyasi», «Bolalar konvensiyasi», «Salomanka dekloratsiyasi», О‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim hamma uchun» milliy dasturi kabi va boshqa hujjatlar ularning huquqlarini himoyalab, jamiyatda xamma qatori yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab etadi. Mustaqil О‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy xayotida amalga oshirilayotgan tub isloxotlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan xisoblangan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan komil insonlar etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muxim vazifalarni qо‘ymoqda.
Mustaqilligimiz poydevorini mustaxkamlash xamda О‘zbekistonni buyuk davlatga aylantirishda ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yо‘lga qо‘yish, yoshlarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish muxim axamiyatga ega. Zero, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, muayyan kasb-xunarga ega bо‘lgan yuksak saloxiyatli kishilar xal etadi.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bо‘lib, ular о‘zbek xalq pedagogikasi fanidagi о‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq xolda atroflicha о‘rganishni taqozo etadi. Istiqlolga erishganimizga qadar biz ta’lim-tarbiya ishlarimizga Ovrupa pedagogikasini asos qilib oldik va о‘rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasini о‘rganishga e’tiborni qaratmoq lozim. Chunki ilmu fan avval Sharqda taraqqiy etgan, xur fikrlilik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir» deganda xaq edi olmon olimi Xerler. Xaqiqatan xam shunday, о‘zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz.
Darxaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish lozim. Chunki biror millat о‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma’naviyatida о‘ziga xos tomonlar bо‘lsa xam, u umuminsoniy qadriyatlarning bir qismidir. Shu bilan birga biz qurayotgan yangi jamiyat «binosi» uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun bо‘lmog‘i lozim. Biz, eng avvalo, milliy о‘zligimizni anglamog‘imiz, о‘z tafakkurimizni kashf etmog‘imiz lozim. О‘tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta va atoroflicha о‘rganmoq birinchi galdagi vazifadir.
Istiqlol sharofati tufayli xalq pedagogikasi jadal sur’atda taraqqiy etib bormoqda. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga aloxida e’tibor qaratganlar. “Bola boshdan ....” naqli sо‘zimizga dalil. Al-Buxoriy, At-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogaxiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulxamid CHо‘lpon singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida kо‘p asarlar bitganlar. Ular ta’limdagi milliy xususiyatlarga diqqat-e’tiborini qaratishgan. Istiqlolga erishilganiga qadar ularning pand-nasixatlari, о‘gitlari yetarli darajada о‘rganilmadi. О‘tmishdagi progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning pedagogikaga doir muxim fikrlari bugungi kunda pedagogik tafakkurning о‘sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon beradi.
«Ta’lim О‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. О‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bо‘ladi, kasb-xunar maxorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga о‘tadi.» (I.A.Karimov). Bu sо‘zlar ta’lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bо‘lib, «Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» xamda ta’lim soxasida davlat siyosatida xam о‘z ifodasini topadi. Juda katta ijtimoiy-siyosiy axamiyatga ega bо‘lgan bu qonun va dasturda fuqarolarga, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-xunarga о‘rgatishning xuquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarish, modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Respublikamizda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar tug‘ilishini oldini olish, bunday bolalarni davolash ishlariga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilmoqda.
Alohida yordamga muxtoj bolalarga moddiy, tibbiy, psixologik-pedagogik, ijtimoiy yordam kо‘rsatish bilan bog‘liq masalalar hamma vaqt barcha davlatlarning ilg‘or jamoatchiliklarini tashvishlantirib kelgan. Bizning mamlakatimizda nogiron bolalarni qо‘llab – quvvatlash, har qanday ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlar, tabiatda sodir bо‘lib kelgan ekologik muammolar va boshqa sabablardan qat’iy nazar hamma vaqt davlat e’tiborida bо‘lib kelgan. Jumladan, Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarni ham bartaraf etish, korreksiya hamda konpensatsiya qilish ishlari defektologiya sohasining oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya fanlarining diqqat markazida turadi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar orasida intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalar son jihatdan nisbatan qо‘proq uchrab turadi. Aqli zaiflikning yengil, о‘rta va ba’zan og‘ir darajasidagi bolalar, xozirgi kunda, maxsus maxsus maktabgacha ta’lim muassasasigacha tarbiya mussasalarida va maxsus maktabgacha ta’lim muassasasilarda, maktab - internatlari yoki umumta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan yordamchi guruh yoki yordamchi guruhlarda ta’lim olmoqdalar. Ushbu muassasalarning asosiy vazifasi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ijtimoiy adaptatsiyasi, reabilitatsiyasini amalga oshirish, ya’ni aqlan zaif bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda о‘z о‘rnini topib, hamma qatori yashab ketishiga yordam berish.
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturiga binoan yaratilgan uzluksiz ta’lim tizimida Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar xam endilikda 9 yil majburiy va yana 3 yil majburiy-ixtiyoriy ta’limga jalb etilmoqdalar. Ushbu talabdan kelib chiqqan xolda hozirgi kunda maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi bitiruvchilari uchun maxsus ona tili kollejlari tashkil etilgan. Ayrim kasb-hunar kollejlarida esa ular uchun maxsus guruhlar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda biz « Maxsus ta’limda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining о‘ziga xosligi» mavzusini dolzarb deb topdik va о‘z bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi deb tanladik.
Tadqiqotning maqsadi – Maxsus ta’limda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining о‘ziga xosligi yо‘llarini о‘rganish.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kuyidagi vazifalarni belgilab oldik:
1. Ilmiy adabiyotlarda mummoning bayon etilishi holatini о‘rganish.
2. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining о‘ziga xos xususiyatlari о‘rganish.
Tadqiqotning obyekti – Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
Tadqiqotning predmeti – Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkur kamchiliklarni korreksiyalash jarayoni.
Tadqiqotning metodlari :
-mavzuga doir ilmiy-pedagogik,psixologik adabiyotlarni о‘rganish;
-bolalarni mashgulotlarda va о‘yin jarayonlarida kuzatish;
-tibbiy-pedagogik hujjatlarni о‘rganish;
-psixolog va о‘qtuvchilar bilan suhbatlashish.

Download 79,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish