II bob. Maxsus ta’limda Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurining о‘ziga xosligi
2.1. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar mantiqiy tafakkurini о‘rganish usullari va natijalari
Inson ruhiyatini о‘rganish nihoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun, yordamchi maktablarni butlash uchun bolalar ruhiyatini о‘rganish juda zarur hisoblanadi, chunki yordamchi maktablardagi ta’lim-tarbiyani samarali amalga oshirib borish uchun bu boradagi ma’lumotlar kerak bо‘ladi.
Dastlab birinchi sinfga kirmoqchi bо‘lgan о‘qituvchi bо‘lajak о‘quvchilarningshaxsiy hujjatlari bilan tanishib chiqadi. Bolalar haqidagi tibbiy kо‘rsatmalar bilan yaqindan tanishadi. Tibbiy xulosalarni, tushunchalarni yetarlicha о‘zlashtirish uchun yordamchi maktab xodimlari bunday bilimlarni yaxshi egallagan bо‘lishlari lozim. Bolaning ruhiy taraqqiyoti haqidagi qimmatli ma’lumotlar bolalarning ota-onalaridan olinadi. Juda ehtiyotkorlik bilan, ota-onaning qilbiga shikast yetkazmasdan, nuqsonli bolasi haqidagi zaruriy ma’lumotlar yig‘iladi. Ayniqsa, ota-onalardan bolaning umumiy rivojlanishidan tashqari, nuqson yuz bergandan keyingi о‘ziga xos, nuqsonli rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar juda qimmatli va diagnostik ahamiyatga ega. Yordamchi maktablardagi о‘qituvchi va tarbiyachilarning ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, sog‘lomlashtirish ishlarining barchasi shu ma’lumotlarga asoslanadi.
Qisqacha ayrim uslubiyatlar ustida tо‘xtalib о‘tamiz:
S ye g ye n ta x t ach a s i
Umumiy barcha bolalarning, xususan Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun qо‘llanilashi mumkin. Segen doskasining tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu geometrik figuralar shaklida chuqurchalar о‘yiladi. Uchburchak, tо‘rtburchak, kvadrat, aylana, romb, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, trapetsiya kabi geometrik figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirishi talab etiladi. Ish tartibi quyidagicha. Dastlab tajriba о‘tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga joylashtirilgan taxtachani kо‘rsatadi. Shundan sо‘ng u taxtachadagi figuralarni tо‘kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni о‘z joylariga joylashtirishni sо‘raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni bog‘cha yoshida о‘rganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan katta bolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni tо‘g‘ri bajari oladilar. Aqliy nuqsonlilar, aynaqsa chuqur Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar geometrik figuralarni paypaslaydilar, og‘izlariga olib kо‘radilar, ularni stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan foydalanadilar. Bu bolalar kо‘rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba о‘tkazuvchining berayotgan kо‘rsatmasini idrok qilishi, tushunib yetishi ham diagnostik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, bir о‘qituvchi, tarbiyachilar mustaqil ravishda yasab foydalanishlari mumkin.
T о‘ r t i n ch i s i o r t i q ch a
Bu uslubiyat uzining soddaligi bilan ajralib turadi. Uning nomidan kо‘rinib turibdiki, biror narsaning tо‘rtinchisi ortiqcha akan. Bu uslubiyatning juda kо‘p variantlarini mustaqil ishlab chiqish mumkin. U asosan tafakkurning turli tomonlarini о‘rganishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalarning umumlashtira olish qobiliyatini juda yaxshi ochib beradi. Uslubiyatning mazmuni quyidagicha: mevalar, о‘simliklar, daraxtlar, hayvonlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, о‘quv qurollari va hokazolardan 4 ta rasm olinadi. Shu rasmlarning 3 tasi bir toifaga, 1 tasi boshqa toifa narsalarga xos bо‘lishi darkor. Bola tasvirlangan 4 ta rasmning qaysa biri ortiqcha ekanligini anglashi kerak. Bu uslubiyatni bog‘chagacha, bog‘cha, kichik maktab, о‘rta maktab yoshidagi bolalarga ham qо‘llash mumkin, aqliy saviyaning pastligiga qarab, birmuncha katta yoshdagi bolalarga ham tavsiya etsa bо‘ladi.
Baholash mezoni:
topshiriqni aniq bajardi – 4 ball;
topshiriqni tushunishga qiynalib, uzoq о‘ylab javob berdi – 3 ball;
topshiriqni xato bajardi - 2 ball;
hech qanday javob bermadi – 1 ball.
Biz eksperemental ishlarimizni Toshkent shahar Mirobod tumani 52- maxsus yordamchi maktabda olib bordik. Eksperimentda 6 nafar Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bola ishtirok etdi.
Tekshirish ishlari 2 bosqichda olib borildi.
1-bosqich –gurux logopedi vaota-onalar bilan suhbatlashish davomida bolalar haqida anamnestik ma’lumotlarni о‘rganib,bolalarning shaxsiy hujjatlarini kо‘rib chiqdik. Bolalarni turli faoliyat jarayonida kuzatdik.
2-bosqich-yuqorida keltirilgan metodikalar yordamida lug‘at holati tekshiririldi.Tekshirish natijalari bal tizimida baholanib foiz hisobida о‘rganib chiqdiq.
Har bir bola bilan individual tanishish jaryonidada quyidagi hujjatlar о‘rganildi: bola rivojlanishi tarixi, padagogik-psixologik tavsifnomasi.
Bola bilan suhbat jarayonida bolaning nutqiy imkoniyatlari bilan tanishildi. Suhbat kundalik yumush mavzulari asosida uyushtirildi.
Biz Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanganlik darajasini о‘rganish maqsadida Segen taxtachasi uslubiyatini о‘tkazdik va qо‘lga kiritilgan natijalarni 1- jadvalda aks ettirdik.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning tafakkurini rivojlanganlik darajasi (Segen taxtachasi uslubiyati)
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |