Mavzu: Qonuniy vorislik
REJA:
Kirish
1. Merosning ochilishi va vorislik huquqini amalga oshirish
2. Vasiyat bo’yicha vorislik tushunchasi va shakllari
2-bob; Qonun bo’yicha vorislik -------------------------------------------------37 – 59b
2.2. Meros qoldiruvchining mehnatga qobilyatsiz boqimlari ------------44 – 50b
Xulosa --------------------------------------------------------------------------------60 – 62b
Faydalangan adabiyotlar --------------------------------------------------------63 – 65b
Kirish
Mavzuning dolzarbligi; Mamlakatimizda juda katta bunyodkorlik ishlari ketmoqda. Bu ishlar iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liqdir. Bozor munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari huquq va majburiyatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalar hisoblanadi.
Vorislik huquqi fuqarolik huquqining ajralmas va yakunlovchi qismi hisoblanib, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas bog’langan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko’rsatib o’tilganidek, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz,va davlat himoyasida bo’lib, mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Mulk egasi mulqdan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega. Bu huquqdan u o’zining hayotligida foydalanadi va o’zi vafot etgandan keyingi mulkning taqdirini oldindan belgilashi mumkin.
Qonun xususiy mulk egasi sifatida fuqaroning erki va manfaatlarini hurmat qilib, uning xususiy mulkka bo’lgan huquqlarini muhofaza qiladi.
Xususiy mulk egasi o’z mulkining taqdirini o’zi vafot etgandan so’ng meros (vorislik) huquqi yordamida amalga oshiradi.
«Meros huquqi, — deyiladi Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida, — qonun bilan kafolatlanadi».
Vorislik huquqi fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini qo’riqpash bilan bog’langan bo’lib, ularning o’z mulkiga nisbatan tasarruf etish huquqini hech qanday to’siqsiz, nafaqat o’zining hayotligida, shuningdek, vafot etgan taqdirda ham amalga oshirilishini qonun ta’minlaydi.
Insonning so’nggi xohish-irodasini ifoda etadigan huquqiy hujjat vasiyatnoma hisoblanadi. Vasiyatnomada inson o’zining so’nggi istagini bayon etadi va shu orqali undan qolayotgan mol-mulk va boshqa huquqlarning yuridik taqdirini belgilaydi. Bunday tasarruf etish bir vaqtning o’zida ham huquqiy, ham ma’naviy mazmunga ega bo’ladi. Birinchi vaziyatda vasiyatnoma orqali shaxs o’zining butun umri davomida mehnati va aqliga tayanib topgan mol-mulki, pul mablag’i, uy-joyini o’zidan keyin kimga qoldirib ketishini belgilab ketsa, ikkinchi vaziyatda vasiyatnoma farzandlar va yaqin kishilarga so’nggi vidolashuv so’zi bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga vasiyatnoma kelgusida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qarindoshlar, aka-ukalar, opa-singillar, ota yoki ona bilan farzandlar o’rtasidagi huquqiy nizolarning oldini olish vositasi hisoblanishi bilan ham xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |