Aim.uz
Mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari.
«Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»
I.A Karimov
|
Tayanch iboralar:
Mulk. Mulkni o'zlashtirish. Egalik qilish. Foydalanish va tasarruf etish. Mulk munosabatlarini ro'yobga chiqarish. Mulk ob'yekti. Mulk sub'yekti. Mulk shakllari. Xususiy mulk. Aralash mulk . Jamoa mulki. Xo'jalik yuritish shakllari.
Mulk iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish va uning natijalarini o'zlashtirish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlarni, xilma-xil iqtisodiy manfaatlar tizimini o'z ichiga oladi.
|
Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
|
Mulkchilikni ro'yobga chiqarish avvalo maqsadlar va manfaatlarning amalga oshirilishidir. Mulkning amalga oshirilishi mulk shakllari va xarakteriga qarab, turli usullar bilan yuzaga keladi
O'z mulkini sarmoya sifatida ishlatib, o'zgalar mehnatidan foydalanib, tadbirkor-
lik qilish orqali foyda olish.
O'z mulkiga tayanib, mehnati orqali daromad topish, o'z mehnatiga asoslanib, xo'jalik yuritish yo'li bilan pul topish.
O'z mulkini ijaraga berib daromad olish.
Pul shaklida-
gi o'z mulkini qarzga berib, undan foiz olish.
Mulkni qimmatga sotib, daromad olish.
Yollanib ishlash orqali o'z ishchi kuchi bilan daromad topish.
Mulkchilik munosabatlarining uch tarkibiy qismi
|
Egalik qilish. Mulkdorlar huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o'zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan foydalanish esa boshqalar qo'lida bo'ladi. Bunga ijara misol bo'ladi.
|
|
Tasarruf etish, Bu mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish hollari orqali ro'y beradi.
|
|
Foydalanish. Bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo'llanilishidir.Mol-mulkdan foydalanish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatishni bildiradi.
|
Mulkiy munosabatlarning ob'yekti va sub'yekti masalasi «O'zbekiston Respublikasining mulk to'g'risida» gi qonunida o'z ifodasini topgan 1.
Mulkning ob'yekti va sub'yekti
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulk ob'yektidir.
-Ishlab chiqarish vositalari.
-Mehnat mahsulotlari.
-Mehnat qobiliyati.
-Moddiy, nomoddiy va tabiiy boyliklar.
-Intellektual qobiliyat.
Mulk ob'yektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar mulk sub'yektidir.
Sinflar, ijtimoiy guruhlar, jamoalar , tabaqalar, davlat, ayrim shaxslar.
Davlat mulki
Respublika mulki
Ma'muriy hududiy mulk.
Nodavlat mulki
Shaxsiy mulk
Xususiy mulk
Jamoa mulki
Aralash mulk
Nodavlat mulki
Xususiy mulk - Ayrim shaxsga yoki oilaga tegishli bo'lib, daromad olishning manbai hisoblanadi . Mehnat natijasi yakka tartibda yoki oilaviy o'zlashtiriladi.
Jamoa mulki - Muayyan jamoaga (guruhga) birlashgan kishilar tomonidan mehnat natijasini o'zlashtirish shakli hisoblanadi.
Aralash mulk - Turli shakldagi mulkdorlar mablag'larini birlashtirish natijasida tashkil topadi. Mulk ob'yekti turli mulkdorlar ishtirokida o'zlashtiriladi.
Shaxsiy mulk- Ayrim shaxsga yoki oilaga qarashli mulk bo'lib, uning manbaini shaxsiy mehnat tashkil etadi. Mehnatdan kelgan daromad shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
O'zbekiston iqtisodiyotida nodavlat sektorining shakllanishi. (1991-2000y)1
Ko'rsatkichlar
|
I bosqich
(1992-1994 y.y.)
|
II bosqich
(1995-1996 y.y)
|
III bosqich
(1997-1999 y.y)
|
IV bosqich
2000 y.
|
Xususiylashtirilgan korxonalar soni.
Aksionerlik jamiyatlari soni.
Kichik va o'rta korxonalar soni (ming).
|
69032
3569
80 dan kamroq
|
11889
5285
85,0
|
2243
4725
160 atrofida
|
374
4600 dan ortiq
180 dan ortiq
|
Xo'jalik yuritish shakllari
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati.
Asosini shaxsiy mulk tashkil etadi.
Xususiy xo'jalik Asosini xususiy mulk tashkil etadi.
Shirkat (jamoa) xo'jaligi.
Asosini jamoa mulki tashkil etadi.
Davlat xo'jaligi (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar).
Asosini davlat mulki tashkil etadi.
Aralash xo'jalik yuritish.
Asosini xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag'lari tashkil etadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda mulkchilik munosabatlari.
|
An'anaviy iqtisodiy tizim.
Individual - xususiy sektorni ustuvorligi mavjud bo'lib, davlat mulki iqtisodiy zaruriyat talab qilgan me'yorda saqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi.
Mulkchilikni turli shakllari : ijtimoiy, xususiy, aralash shakllari mavjud bo'ladi. Natijada turli ukladlardan tashkil topgan iqtisodiyot vujudga keladi.
Ma'muriy buyruqbozlik tizimi.
Markazlashtirish darajasi kuchli bo'lib, davlat mulki monopoliyasi vujudga keladi.
Xususiy mulk davlat sektori tomonidan siqib chiqariladi.
O'zbekistonda mulkiy islohotning bosqichlari .
I-bosqich
1992-1993 yillarda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini hamda qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o'rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olish huquqi bilan ko'proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
|
II-bosqich
1994-1995 yillarda ko'plab o'rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatiga aylantirildi.Ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog'ozlar bozorining asosini tashkil etdi.Bu bosqichda ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda «Kim oshdi» savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.
|
Davlat mulkini xususiylashtirishning o'ziga xosligi
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantig'iga bo'ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi.
Mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi.
Xususiylashtirishni huquqiy- me'yoriy jihatdan ta'minlashda qonunlarga rioya etiladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |