Mavzu: Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi Reja



Download 19,18 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi19,18 Kb.
#632426
Bog'liq
Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi


Mavzu: Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi
Reja:

  1. Qadimgi Misr shaharlari

  2. Memfis shahri

  3. Sfinks

  4. Bobil shahri

  5. Nineviya shahri

  6. Afina shahri

Shaharlarning paydo bo‘lishi. Shahar deyilganda yirik obod manzilgoh tushuniladi. Shaharlarning paydo bo‘lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Qadimgi Misr shaharlari
Dunyoda shaharlar miloddan avvalgi 5–3-ming yilliklarda dastlab Sharqda – Mesopotamiya, Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda paydo bo‘ldi.
Hunarmand va savdogarlar to‘planib yashayotgan manzillar tobora gavjumlashib bordi.
Asta-sekinlik bilan bu gavjum manzilgohlar shaharlarga aylandi. Shaharlarda katta-katta bozorlar soni tobora ortib bordi. Vaqtlar o‘tishi bilan shaharlar ilmfan markaziga ham aylandi.
Memfis shahri
Eng qadimgi shaharlardan biri Qadimgi Misr davlatining poytaxti Memfis shahri edi.
Shahar yirik madaniy va hunarmandchilik markazi ham edi. Misr davlatining hukmdorlari fir’avnlar deb atalgan. Fir’avnlar o‘zlarining qudratini namoyish etish maqsadida piramidalar shaklidagi ulkan maqbaralar qurdira boshladilar. Vafot etgan fir’avnlar shu maqbaralarga dafn etilgan. Maqbaralar yaqinida fir’avnlardan biri sfinks shaklida tasvirlangan. Qoyadan ishlangan sfinksning balandligi 20 metrdan ortiq bo‘lgan.
Sfinks
Sfinks odamlarda qattiq qo‘rquv uyg‘otgan. Shuning uchun u «dahshat otasi» deb atalgan. Piramida va sfinks misrliklarga «fir’avnlar qudratli xudolardir», degan fikrni singdirishi lozim edi. Shaharda mahobatli ibodatxonalar ham qurilgan. Odamlarni xudo va fir’avnlar qudratiga ishontirish maqsadida ibodatxona oldida yoki ichkarisida fir’avnlarning odam bo‘yidan 5–6 marta katta keladigan haykallari qurilgan. Devor va ustunlarga esa ularning ulkan tasvirlari oy‘ib ishlangan.
Bobil shahri
Bobil ham qadimgi shaharlardan biri. U bunyod etilgan hudud hozirgi Iroq davlati tarkibiga kiradi.

«Bobil» so‘zi «Xudoning darvozasi» degan ma’noni anglatadi.
Shahar qadimgi Bobil davlatining poytaxti bo‘lgan. Davlat ham o‘z nomini shu shahar nomidan olgan. Shahar, ayniqsa, podsho Xammurapi davrida Osiyoning eng mashhur shahriga aylandi. Biroq, keyinchalik shahar tashqi hujumlar natijasida bir necha marta vayron etildi.
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shahar markazida 7 qavatli, balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi qurildi. Bobilliklar tasavvuricha, bu minora yerni osmon bilan tutashtirib turardi. Shaharning keyingi asrlardagi taqdiri fojiali kechdi. U dastlab Eron, keyinchalik esa makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olingan.
Nineviya shahri
Nineviya shahri ham dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri. Unga Dajla daryosi bo‘yida asos solindi. Bu shaharning ham o‘rni hozirgi Iroq davlati tarkibidadir. Shaharning savdo yo‘llari kesishgan joyda o‘rnashganligi uning gullab-yashnashiga sharoit yaratdi. Keyinchalik shahar qadimgi Ossuriya davlatining poytaxtiga aylantirildi. Ossuriya kuch-qudratga to‘lgan davrlarda «Jahonning poytaxti» deb ulug‘landi. Biroq, podsholarning tinimsiz olib borgan urushlari Ossuriyani holdan toydirdi. Nihoyat, miloddan avvalgi 612-yilda Bobil davlati uni tor-mor etdi. Nineviya esa yakson etildi.

Afina shahri
Yunonistonda bunyod etilgan Afina shahri bilim va donolik ma’budasi Afina nomiga qo‘yilgan. Shahar aholisi Afinani o‘zlarining homiysi deb hisoblaganlar. Vaqtlar o‘tishi bilan Afina Yevropaning eng rivojlangan shahriga aylandi. Shaharda ilm-fan yuksak qadrlandi.
Afina shahri hozirgi Gretsiya (Yunoniston) davlatining poytaxtidir.
Sparta shahri
Qadimgi Yunonistonning hududida qurilgan Sparta shahri ham o‘z davrining yirik shaharlaridan biri edi. Spartani oqsoqollar kengashi boshqargan. Bu kengash a’zolari spartaliklarning yig‘ilishida saylangan. Sparta lashkari qo‘mondonlari ham kengash a’zoligiga kiritilgan. Kengash eng muhim ishlarni hal etgan. Aybdor kishilarni ham kengash sud qilgan.
Rim shahri
Manbalarda qayd etilishicha, hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahriga miloddan avvalgi 753-yilda asos solindi. Keyinchalik shahar Rim davlatining poytaxtiga aylandi.
Download 19,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish