Qo‘qon shahri
Reja:
Qo‘qon shahri tarixi
Qo‘qon shahri Sovet davrida
Qo‘qon shahri Mustaqillik yillarda
Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir.
Tarixi
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan1
Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842-yilda Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877-yil 27 aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871-yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida2 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari („Andreyev shirkati“, „Rossiya jamiyati“, „Kavkaz va Merkuriy“, „Eron savdo-sanoat shirkati“, „Sharqiy jamiyat“ va boshqalar) tashkil qilingan. 1913-yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi „Madrasai xishtin“ (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani „Soʻfiyon“ (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda „Sadoi Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“, „Qoʻqon sadosi“ gazetalari chop etila boshladi. 1917-yilning kuzida Qoʻqonda „Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918-yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918-yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.[3]
Oʻlkamizning shahar va qishloqlarida XX asr boshlarida avval „shayton oʻyini“, keyinchalik „yovvoyi oʻyin“ deb nom olgan oʻyinlar paydo boʻldi. Garchand hozirgi futbolga unchalik oʻhshamasa ham maydon va koʻchalarni changitib tashkil etilan bu oʻyin, keng kuloch yoza boshlagandi. Mahalliy yoshlar oʻsha davrlarda chor Rossiyasining oʻlkamizda hizmat burchini oʻtayotgan harbiylari boʻsh vaqtilarini qanday oʻtkazishlari bilan qiziqar edilar. Ular koʻp vaqtlarini bu erlar uchun yangi boshlangan futbol oʻyiniga bagʻishlashar edi. Xarbiy qismlarlarga yaqin boʻlgan qishloqdagi yosh yigitlar „yangi“ oʻyinga katta qiziqish bildirib, har bir oʻyinni zavq bilan tomosha qilishadi. Ohir oqibat xarbiylarga taqlid qilib, yoshlar oʻzlari maysali tekis maydon topib, u erga darvozalar uchun ustunlar oʻrnatib, oʻziga xos futbol maydoni yaratishadi. Albatda maydon tayyorlash, chim yotkizish, ustunlarni tiklash qoʻqonlik yigitlar uchun qiyin ish emasdi. Eng muhimi futbol oʻynash uchun toʻp topish kerak edi. Albatda u vaqt doʻkonlarda koptok topish mumkin emasdi, askarlardan esa faqat katta pulga sotib olish mumkin edi. Shunday boʻlishiga qaramay, udaburon yigitlar, futbolga boʻlgan ishtiyoq kattaligidan oʻzlari koptok yasaydilar. Yigitlar orasida turli kasbdagi ustalar borligi bu erda qoʻl keladi. Ulardan biri kosiblikdan xabari borligi uchun, charimdan toʻp tikib koʻradi, lekin uni shishirish uchun kamera topilmaydi. Ular toʻpning ichiga turli engil latta-puttalarni joylashtirib shu tariqa birinchi marta oʻzlaricha toʻp oʻynay boshlaydilar. Biroz vakt oʻtkach bu futbolga fidoi yigitlar pul biriktirib askarlardan xaqiqiy toʻpni xarid qilib olishadi.
Shu tariqa 1912-yili Oʻlkamizda birinchi boʻlib, Qoʻqon shahrida futbol jamoasi tuziladi. Jamoa aʼzolari oldiniga oʻzaro oʻynashadi, keyinchalik xarbiylar bilan raqiblik qilishadi. Ilk uchrashvularda yirik hisobda magʻlubiyatga uchrab kelgan qoʻqonlik yigitlar, keyinchalik oʻzaro oʻyinlarda durang va gʻolib boʻla boʻlashadi, xatto yirik hisobda ham yutiqqa erishadilar. Albatda bunday muvaffaqiyatlarni rivojlantirish uchun boshqa kuchli jamoalar bilan uchrashishlari va oʻzlarining kuchlarini sinab koʻrishlari lozim edi. Tez orada Fargʻona shahridagi xarbiy gornizoning terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan qoʻqonliklar kichik hisobda boʻlsa ham, magʻlubiyatga uchrashadilar. Bu magʻlubiyat qoʻqonliklarning gʻururini paymon qiladi va javob uchrashuv — „revansh“, oʻyiniga tayyoralik koʻrishadi. Oradan bir oy oʻtib Qoʻqondagi oʻzlarining maydonda javob uchrashuvini oʻtkazadilar. Bu oʻyinga koʻplab muhlislar ham kelishadi. Oʻyin murosasiz oʻtadi. Shunga qaramay qoʻqonlik yigitlar bu oʻyinda gʻalaba qozonishadi. Endi qoʻqonlik ishqibozlar orasida savdogarlar, boy odamlar paydo boʻladi. Jadidlikning, va umuman oʻsha payt, oʻlkamizning maʼnaviy-madaniy markaziga aylangan Qoʻqon shahrida yurtimizning eng ilgʻor yoshlari yigʻilishgandi. Futbol esa kelajagi katta sport turi ekanligini tushunib etgan bu marifatparvarlar xar tomonlama milliy. oʻzbek futbol jamoasini tuzishga intilishadi. Shu tariqa 1912-yili Qoʻqon shahrida „Muzkomanda“ („Musulmonlar jamoasi“) tuziladi. Afsuski, „Muzkomanda“ning ilk tarkibi maʼlum emas, bu xaqdagi maʼlumotlar, xujjatlar saqlanib qolmagan, lekin xaqimizning orasida afsona va rivoyatlarga aylanib qolgan futbolchilar xaqida koʻplab xotiralar gapirilib kelinadi. Bu jamoa mamlakitimiz futbolini rivojlanishida ham katta rol oʻynaydi. „Muzkomanda“ Fargʻona vodiysi boʻylab juda koʻplab shaharlar va qishloqlarda oʻrtoqlik uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu oʻyinlardan keyin bu erl.3
Do'stlaringiz bilan baham: |