1-Mavzu: Xiva xonligining tashkil etilishi. Xvi–xvii



Download 38,71 Kb.
bet1/2
Sana11.04.2022
Hajmi38,71 Kb.
#543683
  1   2
Bog'liq
1 (1)


1-Mavzu: Xiva xonligining tashkil etilishi.
XVI–XVII asrlarda Xiva xonligining ijtimoyi va siyosiy hayoti. Xiva xonligining ichki va tashqi siyosati.


Reja:

1. Xiva xonligining XVI asrlardagi siyosiy tarixi.
2. Xiva 
xonligining XVII asrdagi siyosiy tarixi.
3. Xiva 
Xonligining ijtimoiy — iqtisodiy hayoti.

1.Xiva xonligining XVI asrlardagi siyosiy tarixi.


Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr
boshlarida shakllangan davlat bo‘lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan o‘zbeklarning qo‘ng‘irot urug‘i vakillari inoqlar Xivada hokimiyatni qo‘lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram 
davlatga aylandi. 1920 yilda sho‘rolar hokimiyati tomonidan xonlik tugatilib, 
shuo‘rolar davlatiga aylantirildi.
Xiva xonligi tarixiga oid manbalar ichida mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan 
asarlar muhim o‘rin tutadi. Ular ichida Xiva xoni Abulg‘ozi tomonidan «Shajarai 
turk» va «Shajarai taroqima» asarlari, saroy tarixchisi Munis (1778—1829) tomonidan boshlanib, Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirilgan «Firdavs ul — iqlob» (Iqlobnoma) asari, Muhammad Yusuf Bayoniyning (1859—1923) «Shajarai Xorazmshohiy» asari va boshqa bir qancha asarlari ta’kidlab o‘tish lozim.
2.Xiva xonligining XVII asrdagi siyosiy tarixi.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505 yilda Shayboniyxon 
tomonidan bosib olingan bo‘lsa, 1510,1512 yillarda Eron shohi Ismoil Safaviy
 davlati tarkibiga «kiritildi. Xorazmda Eron,shohining 3 ta dorug‘asi hukmronlik 
qilgan. Biroq, Vazir shaxrining qozisi Umar Shayx tashabbusi bilan Xorazmda 
eronliklarga qarshi kuchli halq ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Xorazmning 
obro‘li shayxlaridan bo‘lgan,bo‘lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik 
o‘zbeklar hukmdorlaridan biri Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qildilar. 
Elbarsxon o‘z qo‘tpinlari bilan qisqa vaqt ichida Vazir shahrini (Ust yurtda, 
Ko‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shahar XV asrda o‘zbek 
xonlaridan Mustafoxon tomonidan barpo etilgan) qo‘lga kiritib, vohadagi barcha 
shaharlardan eronliklarni quvib chiqardilar. Elbarsxon (1712—1780—1781) Xorazm poytaxti hisoblangan Urganch shahrini ham qo‘lga kiritdi va amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U tez orada xonlik hududini birmuncha kengaytirishga erishdi. Hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning
 shimolidagi Seraxs tumanini, Orolni va Mang‘ishloqni egalladi.
Vafotidan so‘ng Xorazm taxtini uning vorislari boshqardilar. Hususan XVI asrda 
uning vorislaridan Berikach Sulton, Sultonxoji, So‘fiyonxon, Sultong‘ozi,
Avanushxon, Kolxon, Akatoyxon, Do‘stxon, Xojimxon, Nurmuhammadxon
 kabilar xonlik qildilar. Shayboniy Ubaydullaxon 1537 — 1538 yillarda Xorazmda qisqa muddat o‘z hukmronligini o‘rnatishga erishgan 
bo‘lsada, Avanushxon vorislari tomonidan tezda Xorazm ozod etildi. XVI asrning 
ikkinchi yarmida Abdullaxon II Xorazmni bo‘ysundirish uchun harakat qildi. Bir
 necha marta vohaga uyushtirilgan harbiy yurishlardan so‘ng, 1593 yilda Xorazm 
ham Buxoro xonligi tarkibiga qo‘shildi. Abdullaxon vafotidan so‘nggina Xorazm 
vohasi yana o‘z mustaqilligini tiklab oldi.
XVI asrning 70 yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga ko‘chirildi. Unga 
Amudaryo o‘zanining o‘zgarib Kaspiy dengiziga oqmay qo‘yishi, Urganch va 
uning atroflarida suv tanqisligi yuz berganligi sabab bo‘ldi. Ba’zi manbalarda, 
Amudaryo o‘zanining o‘zgarishini Shayboniy Abdullaxon II faoliyati bilan bog‘landi. U Xorazmni o‘ziga bo‘ysundirishi uchung to‘ton qurib, Amudaryo oqimini 
o‘zgartiradi. 
Poytaxt Xivaga ko‘chirilgandan so‘ng davlat poytaxt nomi bilan Xiva xonligi deb 
atala boshlandi.
XVII asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun bo‘lgan sulolaviy kurashlarda Arab Muhammadxon (1602—1623) taxtni qo‘lga kiritdi. Bu davrda rus qozoqlari, Qozoqlar, kalmiklarning 
xonlik xududlariga kirib talonchilik yurishlari bo‘lib turdi. Manbalarning guvohlik 
berishicha, hatto rus qozoqlaridan 1000 kishi shaharda qo‘shin yo‘qligidan foydalanib Urganchga bostirib kiradilar, katta o‘lja va ko‘pgina kishilarni qul qilib, olib 
ketishga harakat qiladilar. Lekin o‘z vaqtida yetib kelgan xon qo‘shinlari bu 
bosqinchi to‘dani butunlay tor — mor etishga muvaffaq bo‘ladilar.
Xonlikda katta ta’sirga ega Darvish shayxlarning aralashuvi bilan Arab 
Muhammadning utillari — Xabash va Elbarslar hokimiyat uchun otasiga qarshi kurash boshlaydilar. Natijada Arab Muhammadxontaxtdan,tushiriladi va ko‘ziga mil tortirilib, so‘ng Xivada qatl etiladi. Taxtga esa
 Elbarsxon o‘tiradi. Qisqa hukmronlikdan so‘ng u ham ukasi Isfandiyor tomonidan taxtdan tushiriladi. Isfandiyor hukmronligi davrida (1623—1643) Xiva xonligida siyosiy vaziyat ancha keskinligicha qoldi, Ayniqsa,
 Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Orol hokimligi (bu yerda o‘zbek qo‘ng‘irotlari katta siyosiy ta’siriga ega edi) markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay, Xorazmning siyosiy hayotida muhim o‘rin tutardi. Turkman qabilalarining ham bu xonga 
ta’siri kuchli edi. Ular yordamida taxtga o‘tirgan Isfandiyor o‘zbek qabilalari 
vakillarini,davlat boshqaruvidan chetlashtira boshladi. Bu xonlikdagi siyosiy 
vaziyatning yanada chigallashuviga olib keldi.
Isfandiyorxonning o‘limidan so‘ng Xiva taxtiga Abulgozi Xorazm tarixida yirik 
davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu,hukmdorning 
hayot yo‘li juda og‘ir kechadi. Arab Muhammadning o‘tli bo‘lgan 
Abulg‘ozixon o‘z akalari Elbars va Xabashlar bilan kelisha olmaganligi uchun 
Xorazmni tashlab chiqib ketadi, U bir qancha muddat Buxoroda Imomqulixon 
saroyida yashaydi. Taxtni egallagan Isfandiyorxonning taklifi bilan 1623 yilda 
Xorazmga keladi va Urganchga hokim etib tayinlanadi. Lekin tez orada Isfandiyor bilan kelisha olmay Turkistonga Eshimxon huzuriga ketadi. U yerdan Toshkentga kelib, bu yerda 2 yil istiqomat qiladi. Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg‘ozixonni o‘ziga jiddiy raqib deb bilishi Isfandiyorxon uni bosqinchilikda ayblab, 
hibsga oldiradiva Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo‘natiladi. Isfaxon 
yaqinidagi Taborak qal’asida 10 yil tutqunlikda yashashga majbur bo‘lgan Abulg‘ozi 1639 yili o‘znazoratchilari yordamida yashirincha Erondan chiqib ketishiga 
muvaffaq bo‘ladi. Undan so‘ng u 3 yil davomida turkmanlar orasida yashaydi. 
1642 yilda Orol o‘zbeklari,huzuriga keladi va ular yordamida taxtni egalaydi. Abulg‘ozixonning hukmronligi yillarida (1643 — 1663) markaziy davlat hokimiyati birmuncha mustahkamlandi.
Ko‘chmanchi turkman qabilalari va qalmiqlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borildi.
Abulg‘ozining hukmronligi yillarida Buxoro xonligi hududlariga ham talrnchilik 
yurishlari uyushtirildi. Xiva qo‘shinlari Chorjuy, Qorako‘l, Karmana va Qarshi 
vohasiga hujumlar uyushtirib, bu yerlarni talon —taroj qildilar. 1662 yilda tuzilgan sulhga qaramasdan, Xiva va Buxoro o‘rtasidagi 
nizoli vaziyat keyingi davrlarda ham saqlanib qoldi. Abulg‘ozixon og‘ir dardga 
chalinib qolgach, 1663 yilda taxtdan voz kechdi.
Uning vorisi Anushaxon hukmronligi davri (1663— 1687) da Xiva qo‘shinlari Buxoroga, Samarqand, Qarshiga yana hujumlar qilib
 turdilar. 1685 yilda Xivaliklar G‘ijduvon yaqinida qattiq zarbaga uchragandai
 so‘nggina bu talonchilik yurishlariga barham berildi. Buxoroning yangi xoni 
Subhonqulixon nafaqat Xivaliklar hujumini to‘xtatishga balki, Xivada o‘z ta’sirini o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi. Uning yordamida Anushaxonning o‘g‘li Ernak 1687 yilda Xivada hokimiyatni egallash uchun fitna uyushtirdi. Lekin o‘z otasi Anushaxonni ko‘r qilib, taxtni egallagan Ernak taxtda uzoq qola olmadi. 
Subhonqulixon 1688yilda Xiva taxtiga o‘z amaldorlaridan biri Shohniyozni 
o‘tkazib (1688—1707) Xivani amalda Buxoroga vassal davlatga aylantirildi.


Download 38,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish