Mavzu; O‘zbekiston paleolitining o‘rganishning bosqichlari Reja



Download 90 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi90 Kb.
#621758
Bog'liq
1-м


Mavzu; O‘zbekiston paleolitining o‘rganishning bosqichlari
Reja
1. Dastlabki ilmiy bilimlarning to‘planishi davri (1938-1954 yy.).
2.Ommaviy tadqiqotlar davri (1954-1991yy.)

Ma’lumki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning qadimgi tosh davri bilan shug‘ullangan mutaxassislar davrning tarixshunosligiga qayta-qayta murojaat qilishganlar. Mualliflarning ilmiy ishlarida O‘zbekiston paleolitini o‘rganilish tarixi ko‘p bora yoritilgan va bu boradagi ko‘plab muammolar ilmiy jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ushbu bobning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston hududida paleolit davrini o‘rganishning asosiy bosqichlarini ajratish va xarakterlashdan iborat. Ushbu vazifa doirasida hududdagi qazishmalar intensivligini yillar bo‘yicha, aniqlangan va o‘rganilgan yodgorliklarning soni va O‘zbekiston paleoliti bo‘yicha nashr qilingan ilmiy ishlartahlil qilindi. Hududning qadimgi tosh davrini o‘rganish bosqichlarga ajratildi.


Dastlabki tahlillar uchun quyidagi asosiy mezonlardan foydalanildi:
1. Aniqlangan yodgorliklarning soni.
2. Tadqiq qilingan yodgorliklarning soni.
3. Hisobot xarakteridagi nashrlar soni.
4. Umumlashtirilgan va talqin qilingan xarakterdagi nashrlar soni.
Ushbu da "Aniqlangan yodgorliklar" soniga 1938 yildan 2018 yilgacha aniqlangan barcha yodgorliklar kiritildi. Bir nom bilan atalgan va bir biriga yaqin bo‘lgan punktlar bir nechta yodgorliklar sifatida hisobga olindi (masalan, Ko‘kayoz-1, 2 va h.k.). Agar topilgan yodgorliklarni tadqiq qilish ishlari ular topilgan yilda amalga oshirilgan bo‘lsa, ular "aniqlangan yodgorliklar tasnifiga" kiritildi. Keyingi yillarda ham arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan yodgorliklar «tadqiq qilingan yodgorliklar» tasnifiga kiritildi. 1938 yildan 2018 yillargacha Markaziy Osiyo hududida 66 ta paleolit davri yodgorliklari aniqlangan (Rasm. 4). Shu ma’lumotlar asosida yodgorliklarni aniqlash eng rivoj topgan uchta bosqich ajraladi.
1. 1938 – 1955 yy.
2. 1955 – 1984 yy.
3. 1994 y. dan – hozirgacha.
Ajratib ko‘rsatilgan yillarda o‘rganilgan yodgorliklardan tashqari arxeologik ishlar olib borilgan barcha yodgorliklar «tadqiq qilingan yodgorliklar» tasnifiga kiritildi. Shu asosda "tadqiq qilingan yodgorliklar"ni dala tadqiqot ishlarining eng rivojlangan uchta davri ajraladi:
1. 1938-1949 yy. Bu davrda to‘rtta yodgorlik tadqiq qilingan: 1947 yilda Omon-Qo‘ton yodgorligi aniqlangan va uni o‘rganish ishlari 1957 yilgacha amalga oshirilgan. Makonda olib borilgan arxeologik ishlar xarakteriga ko‘ra tadqiqotlarning birinchi davriga oiddir (rasm. 1). Shuning uchun bu holatni 1958 yilgacha bo‘lgan birinchi va ikkinchi davr tadqiqotlarining eng oxirgi chegarasi deb hisoblashni taklif qilamiz.
2. 1958-1991 yy. (rasm. 2).
3. 1991 y. dan-hozirgacha (rasm. 3).
«Hisobot xarakteridagi nashrlar» tasnifidagi nashrlarga hisobot xarakteriga ega bo‘lgan – ekspeditsiya tarkibi, yodgorlikning joylashuvi, yotqiziqlarning ochilishi, materiallarning tasnifi va h.k. xarakterdagi nashrlar kiritildi. Ushbu toifaga 113 ta ishlar kiritildi va ular quyidagi to‘plamlarda chop etilgan «O‘zbekistonda moddiy madaniyat tarixi», «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar», «Trudi UzFANSSR», «Trudi AN UzSSR», «Trudi SamGU im. A. Navoi», «Trudi Instituta istorii i arxeologii UzSSR» vah.k.. Shuningdek, ushbu tasnifga O‘zbekistonning tosh davrini o‘rganishga bag‘ishlangan turli ilmiy konferensiyalarda chop etilgan ma’ruza matnlari ham kiritildi. To‘plangan ma’lumotlar asosida hisobot xarakteridagi adabiyotlarning eng ommalashgan davrlar quyidagicha ajratildi:
1. 1939-1954 yy. Bu davrda hisobot xarakteridagi 8 ta ilmiy ish nashr etilgan, 1939 va 1947 yillarda bittadan bunday ish yozilgan bo‘lsa, 1940 yilda 6 ta shu toifadagi ishlar yozilgan. 1940 yildan 1947 yilgacha ikkinchi jahon urushi boshlanishi munosabati bilan materiallarni nashr qilish ishlarida tanaffus ro‘y bergan.
2. 1954-1991 yy. Bu davrda hisobot xarakteridagi maqolalar yozilishi eng ommalashgan (92 ta ish), ushbu dalil birinchidan, shu yillarda arxeologik tadqiqotlarning yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi, ikkinchidan, bu davrda arxeologiya sohasi bo‘yicha nashrlarning soni ortadi va bular avvalambor, mintaqaviy hamda respublikalar doirasida. "O‘zbekistonda moddiy madaniyat tarixi" (1959 y.), "O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar" (1957 y.), «Trudi SamGU im. A. Navoi» (1949-1975 yy.) hamda boshqa ilmiy to‘plamlar va jurnallarning dastlabki nashrlari chiqariladi.
3. 1991 yildan- hozirgacha. Bu davrda hisobot xarakteridagi 13 ta maqola nashr etilgan va bu XX asrning 90 yillarida dala tadqiqot ishlari intensivligining keskin pasayib ketishi hamda sobiq ittifoqning inqirozi bilan bog‘liq siyosiy va iqtisodiy inqiroz davrida ixtisoslashgan respublika adabiyotlarini nashr qilish ishlarining kamayib ketishi bilan izohlanadi.
"Umumiy xarakterdagi nashrlar" toifasiga lar, avtoreferatlari hisobga olinib, ularda alohida olingan yodgorliklar emas, balki Markaziy Osiyo hududining paleoliti bo‘yicha ishlanmalar (umumlashmalar) taklif qilingan. Bu tasnifga jami 55 ta ilmiy ish kiritilgan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida qaysi yillarda umumlashtirilgan ishlarning ommalashgan sanalari aniqlandi.
Natijada, O‘zbekiston paleolitini tadqiq qilishning turli jabhalari bir-biriga qanchalik mos keladimi yoki yo‘qmi degan masalaga javob olishga harakat qilindi. Aniqlangan qonuniyatlarni tahlil qilish asosida quyidagi davrlashtirishni taklif qilamiz:
1. Dastlabki ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi davri (1938-1954 yy.).
2. Keng qamrovli tadqiqotlar davri (1954-1991yy.).
3. Maqsadli xalqaro loyihalar davri (1991 y.-hozirgacha) va bu davrda tadqiqotlar hudud paleolit davrining konkret bosqichlariga yo‘naltirildi (va shunga mos ravishda aniq ob’ektlarga).
1.Dastlabki ilmiy bilimlarning to‘planishi davri (1938-1954 yy.).
O‘zbekiston paleolit davrini tizimli o‘rganish 1938 yilda A.P. Okladnikov tomonidan Teshik-tosh g‘orining ochilib, o‘rganilishi bilan boshlangan. Teshik-tosh g‘ori o‘rganilgunga qadar ham sobiq ittifoqning yetakchi mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda tosh davri yodgorliklari mavjudligi ta’kidlangan edi. Jumladan, 1924 yilda V.A. Gorodsov paleolit davri yodgorliklari Afg‘onistonda ham, Markaziy Osiyoda ham bo‘lishi mumkin, degan taxmin bilan chiqqan edi. P.P. Yefimenko «Paleolit SSSR» to‘plamida nashr etgan qisqacha bayonnomasida 1931 yilda shunday yozgan edi: «Turkistonda hanuzgacha paleolit davriga oid bironta topilma yo‘q, garchi, biz Markaziy Osiyoning tog‘oldi hududlari haqida yaxshi bilamiz, shu munosabat bilan bu yerda qidiruv ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishimiz lozim». Bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning tosh davriga oid topilmajoylari va alohida topilmalar haqidagi ma’lumotlar to‘planib bordi. V 1931-1934 yillarda Sherobod kanali hududidagi qurilishlar maydonida tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi (Surxondaryo viloyati) va bu ishlarda G.V. Parfenov, D.G. Taranenko, X.A. Abdalayev va boshqalar ishtirok etgan. Tosh davri izlari g‘orlardan, ungurlardan va qoyali harsang ayvonlardan qidirildi, negaki, o‘sha davrning tasavvurlari bo‘yicha qadimgi odam aynan shu joylarda yashagan degan xulosaga kelingan edi. Tilga olingan tadqiqotchilar tomonidan Katta-Qo‘rg‘on, Teshik-tosh, Kamar (L. Vyatkin nomidagi ungur) kabi yangi yodgorliklar ochildi, Sherobod daryosining o‘ng sohilidagi Gumdugona va Nondugona kabi daralarda tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijalari asosida 1938 yilda hududda arxeologik qazish ishlarini o‘tkazishga qaror qilindi va ularga rahbar etib N.Ya. Marr nomidagi Moddiy madaniyat instituti tayinlandi. A.P. Okladnikov hamda V.D.Zaporojskayalarga O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini asrash va o‘rganish qo‘mitasi (O‘zSSR XKS qoshidagi Uzkomtaris) tomonidan O‘zbekistonning janubiy-g‘arbiy qismini arxeologik o‘rganish bo‘yicha M.Ye. Masson boshchiligidagi Termiz arxeologik ekseditsiyasi tarkibida ushbu ishlarda ishtirok etish topshirildi. Uzkomtaris taklif etgan ishlar rejasiga ko‘ra, dastlabki ishlar Eski Termizda olib borildi va bu yerga ayrim tosh qurollarning topilganligi haqida ma’lumotlar kelib tusha boshladi, so‘ngra, Sheroboddaryo tog‘ vodiysida izlanishlar olib borishga qaror qilindi. A.P. Okladnikov guruhi tomonidan Eski Termiz hududidan tosh qurollar yig‘ib olindi, biroq ushbu topilmalarni nisbiy sanalash imkoni bo‘lmadi, negaki, ular juda kam sonli edi. Shuningdek, Katta-Qo‘rg‘on, Katta-Suvli-Kamar, Dukan-Xona, Temir-O‘ldi, Teshik-tosh, Amir-Temir kabi yodgorliklarda qazish ishlari olib borildi.
Bu davrda qazish olib borilgan yodgorliklardan eng mashhuri Teshik-tosh g‘oridir. Teshik-tosh g‘ori 1938 va 1939 yillarda A.P. Okladnikov tomonidan o‘rganilgan. Ikki yillik ishlar davomida "g‘orning ichidagi 137 kv m. keladigan madaniy yotqiziqlarning barchasi qazib o‘rganilgan». A.P. Okladnikov bu yerdan sof qatlamlar bilan ajratilgan beshta madaniy qatlam aniqlagan. Teshik-tosh g‘orining tosh buyumlari kolleksiyasi 2000 tadan biroz oshadi. Nukleuslari orasida gardishsimonlar ko‘pchilikni tashkil qiladi va ular aksariyat hollarda bir taraflama radial ravishda ishlov berilgan. Nukleuslarning preformalari anchayin ko‘pchilikni tashkil qiladi (bu qo‘llanilgan xomashyo sifatining pastligi bilan bog‘liq). Industriyada uchirindilar ko‘pchilikni tashkil qiladi (to‘plamda levallua tipidagi uchirindilar nihoyatda kam), Ayrim plastinalar mavjud. Ikkilamchi ishlov berilgan buyumlarning deyarli barchasi oddiy qirg‘ichlardir.
Yodgorlikdan neandertal bola qoldiqlari aniqlangan. Birinchi madaniy qatlamning tagidan (yer sathidan 25 sm chuqurlikda) ezilgan bosh chanog‘i bo‘laklari bir xil sathda yotardi. Shunday bo‘lsa-da, bosh chanog‘i bo‘laklari tabiiy ketma-ketligini saqlab qolgan edi. Birinchi qatlam ostidagi sof qatlamni qazish davomida odam suyaklarining bir qator bo‘laklari aniqlandi. A.P. Okladnikovning fikricha, odam suyaklari besh-olti juft tog‘ echki shoxlari bilan o‘ralgan holatda bo‘lgan va bu holat Teshik-toshda marhumlarni atayin ko‘mish marosimlarini isbotlash uchun asosiy dalil bo‘lib xizmat qildi (Rasm. 8).
Teshik-tosh odamining taksonomik holati borasida turlicha fikrlar aytilgan. Topilmani dastlabki aniqlash ishlari 1940 yilda G.F. Debes tomonidan amalga oshirilgan va u morfologik xususiyatlariga asoslangan holda teshiktosh bolasini neandertal tipiga oid deb topdi. Shuningdek, ushbu qoldiqlar 8-9 yoshlardagi o‘g‘il bolaga tegishliligi ham aniqlangan edi. Ammo qabrdan topilgan bolaning yosh ekanligi V.P. Alekseyevga topilmani Sxul guruhiga kiritish imkonini berdi (ilk zamonaviy odamlar). Bu borada oxirgi nuqtani genetik tahlillar qo‘ydi va ularga ko‘ra topilmalar Homo neandertalensis tipiga kiritildi. Maxsus tadqiqotlar Teshik-toshdan topilgan suyak qoldiqlarini tosh qurollar yordamida etdan tozalangan degan xulosalarni berdi.
Teshik-tosh g‘ori madaniy yotqiziqlarining yoshi keng doirada aniqlanishi mumkin, taxmin qilish mumkinki, yodgorlikning arxeologik materiallari yuqori pleystotsen davriga oid. V. V. Cherdinsev bu yerdagi suyak qoldiqlarini nomutanosib uran usuli yordamida sanalashga harakat qildi va quyidagi sanalar olindi: 114 ming va 28 ming yillar muqaddam. Biroq nashrlarda sanalashni tasdiqlovchi materiallarning joylashuvi konteksti aytilmagan, shuning uchun ham, ushbu sanalash ma’lumotlari keyingi talqinlarga sabab bo‘lmadi.
Ushbu tadqiqotlar o‘ta muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Birinchidan, g‘orning industriyasi katta ahmiyatga ega, negaki, uzoq vaqt u Markaziy Osiyoning muste davri madaniyatlarini o‘rganishda etalon bo‘lib xizmat qilib keldi, ikkinchidan, yodgorlikda homo neandertalensis suyak qoldiqlari topilgan va aynan u o‘rta paleolit davri uchun muste madaniyatlarini ajratishga turtki bo‘lgan. Uchinchidan, qabrning atrofi besh-olti juft echki shoxlari bilan o‘ralgan bo‘lgan va bu yodgorlikda ko‘mish marosimlarining hukm surganligi haqida gapirish imkonini bergan.Shunday qilib,Teshik-tosh yodgorligini o‘rganish jarayonida hudud paleoliti asosiy muammolarining kompleksi aniqlanadi – bu homo neandertalensis larning tarqalishi muammosi (Teshik-tosh topilmasi homo neandertalensis lar tarqalishining sharqiy chegarasini ancha kengaytirdi); qadimgi odamlarda diniy madaniyatning paydo bo‘lishi, Markaziy Osiyoda muste davri taraqqiyotini, Teshik-tosh g‘ori industriyasini talqin qilish, qo‘shni hududlarda madaniy aloqalarni axtarib topish va h.k. muammolarni hal qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, Teshik-tosh g‘ori materiallari ustida tadqiqotlarni davom ettirish mumkinligi uni dunyoviy ahamiyatini yanada oshirdi. Ta’kidlash joizki, suyak qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan va ehtimol, uni tadqiq qilishning davom ettirilishi topilmaning mutloq sanasini aniqlash imkonini yaratadi va undan yadroli DNK olish imkoni tug‘iladi.
1938-1939 yillarda A.P. Okladnikov Teshik-tosh bilan bir vaqtda Amir-Temir va Katta-Qo‘rg‘on g‘orlarini ham tadqiq qildi. Ular bir-biriga yaqin shu nomli soyda, Teshik-toshdan 1,5 km shimolda va Machaydaryodan 1 km masofoda joylashgan. Har ikkala g‘or ham kam sonli arxeologik materiallarni bergan va bu buyumlar muste davriga oid deb topilgan. A.P. Okladnikov Amir-Temir va Katta-Qo‘rg‘onning madaniy qoldiqlarini Teshik-toshning madaniy qoldiqlari bilan o‘xshash deb topgan. Ushbu yodgorliklar asosida A.P. Okladnikov hududda muste madaniyatini ajratgan. Keyinchalik, V.A. RanovKatta-Qo‘rg‘onni muste madaniyatiga kiritishni noto‘g‘ri deb topdi.
Ushbu davr hududda so‘nggi paleolit davri yodgorliklarining ochilishi bilan ham ajralib turadi. 1939 yilning martida Samarqand muzeyi arxeologi N.G. Xarlamov tomonidan Samarqand makoni ochildi.Makon Samarqand shahri markazida, uncha katta bo‘lmagan Chashmasiyobnning o‘ng sohilida (Zarafshon daryosi irmog‘i),soyning oqimi bo‘ylab pastroqda platina bilan o‘ralgan sun’iy ko‘l sathidan 4-5 metrlar balandlikda joylashgan (Yoshlar ko‘li). Yodgorlik topilganidan keyin dastlabki qazishmalar o‘tkazilgan.
1939 yilning avgustida Uzkomtaris va M.V. Lomonosov nomidagi MDU Antropologiya muzeyi ekspeditsiyasi tomonidan M.V. Voyevodskiy boshchiligida hamda geolog V.V. Shumov ishtirokida yodgorlikda qazishmalar olib borilgan. Baxtga qarshi, M.V. Voyevodskiyning hisobotlari yo‘qolgan, biroq, N.G. Xarlamovning hisobotlari Samarqand tarixi muzeyida saqlanmoqda. Topilmalar asosan uchirindilar va tosh siniqlaridan tashkil topgan. Industriyasining tahlili va V.V. Shumovning geologik tadqiqotlari asosida Samarqand makoni so‘nggi paleolit davriga oid deb topilgan. Samarqand makoni Markaziy Osiyodan topilgan so‘nggi paleolit davriga oid birinchi yodgorlik edi. Shuningdek, ushbu tadqiqotlar natijasida qadimgi odamlar hududning nafaqat g‘orlari va harsang ayvonlarida, balki ochiq makonlarida ham yashaganliklari isbotlangan (rasm. 13).
Yodgorlikni keyingi tadqiqotlari ikkinchi jahon urushi boshlanishi tufayli to‘xtab qoldi. Shu yillarda O‘zbekistonga SSSR FA, Belorussiya FA va qator Oliy o‘quv yurtlarining jamoalari evakuatsiya qilindi. Ular SSSR FA O‘zR filialining shakllanishiga asos soldilar. 1943 yilda Leningraddan Samarqandga tosh davri mutaxassisi D.N. Lev ham evakuatsiya qilingan edi. Samarqand makonining uzoq davom etgan tadqiqotlari uning nomi bilan bog‘liqdir. Shuningdek,D.N.Lev tomonidan Omon-Qo‘ton va Takalisoy g‘or makonlari ham ochib o‘rganildi.
Omon-Qo‘ton g‘ori 1947 yilda ochilgan. Makon Chaqulqulyon tog‘larida dengiz sathidan taxminan 1300 m balandlikda, Samarqand shahridan 45 km janubroqda joylashgan. Tadqiqotlar 10 yil davom etgan. Omon-Qo‘ton g‘ori tarix fakulteti talabalarining amaliyoti uchun mashq maydoni sifatida foydalanilgan va uning uzoq yillar o‘rganilishi aynan shu bilan bog‘liq.
G‘or yotqiziqlari uning kirish qismida konsentratsiyalashgan; madaniy qatlamlarning qalinligi 0,25 dan 1,5 m gacha yetadi. Bu yerdan gulxan va o‘choqlar qoldiqlari aniqlangan. Topilmalarning juda katta qismini hayvonlarning suyak qoldiqlari tashkil qiladi (barcha topilmalarning 80%). G‘ordan juda yomon saqlangan "antropologik" topilma (tos suyagi bo‘lagi) ham topilgan. M.A. Shneyderning xulosasiga ko‘ra, ushbu suyak «neandertal odamiga tegishli». Keyingi ilmiy adabiyotlarda ushbu topilma tilga olinmaydi va u ehtimol, yo‘qotilgandir.
G‘orning tosh buyumlari kolleksiyasi 200 tadan ortiqroq artefaktlardan iborat. D.N. Lev tosh industriyasining tahlili asosida Omon-Qo‘ton Teshik-toshga nisbatan ham qadimiyroq davrlar bilan sanalangan va Teshik-tosh uning merosxo‘ridir. Keyinchalik ushbu nuqtai-nazarni A.P. Okladnikov qo‘llab quvvatlagan.
D.N. Lev1952 yilgi dala tadqiqotlari mavsumida Takalisoy g‘orini aniqlagan. G‘or Samarqanddan 50 km janubiy-sharqda joylashgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlaridan 10 ga yaqin tosh buyumlar va hayvon suyaklari bo‘laklari yig‘ib olingan. Takalisoy industriyasining tahlili asosida D.N. Lev yodgorlikni so‘nggi muste davri bilan sanaladi. N.X. Tashkenbayev va R.X. Sulaymonovlar «Takalisoyning kvarsli tanovorlarni chaqmoqlash texnikasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va tipologiyasiga ko‘ra Qo‘tirbuloqning quyi qatlamlariga o‘xshashdir» deb topishgan.
Birinchi bosqich tadqiqotlariga yakun yasab, uning quyidagi xususiyatlarii aytish mumkin:
1. Ushbu davrning asosiy kashfiyoti sifatida haqli ravishda, Teshik-toshdan topilgan paleoantropologik topilmani aytish mumkin. O‘sha davrlarda homo sapiyens va homo neandertalensis parallel rivojlanganligi haqida ikkita nazariya hukm surar edi va xomo sapiyensning vatani Markaziy Osiyo hisoblangan. Ikkinchi nazariyaga ko‘ra – neandertallar pitekantropdan zamonaviy odamga eltuvchi oraliq bo‘g‘in hisoblangan. Teshik-toshdan topilgan neandertallar qoldiqlari ikkinchi nazariyaning foydasiga xizmat qildi va bu ilmiy jamoatchilik o‘rtasida 1970 yillargacha hukmron g‘oya bo‘lib keldi.
Shuningdek, ushbu topilma hududdagi o‘rta paleolitga oid muste madaniyatining asosiy ko‘rsatgichi bo‘lib qoldi. Yodgorlikning Yevropa o‘rta paleolit davri materiallari bilan analogiyalari kuzatilgan va so‘ngra muste madaniyatiga oid deb topilgan.
2. 1938 va 1950 yillarning boshlariga oid tadqiqotlar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston hududida paleolit davri yodgorliklari uning turli bosqichlariga oidligi aniqlangan. Ilk o‘rta paleolit davriga Omon-Qo‘ton, Takalisoy, rivojlangan o‘rta paleolit davriga (rivojlangan muste davri)- Teshik-tosh, Amir-Temir, Katta-Qo‘rg‘on, so‘nggi paleolitga Samarqand makoni kiritilgan. Ushbu yodgorliklar industriyalari o‘rtasida ketma-ket madaniy rivojlanishdagi merosiylik kuzatilgan.
3. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan tadqiqotlar sobiq ittifoqning markaziy ilm dargohlaridan kelgan kadrlar tomonidan boshqarilgan (N.Ya. Marr nomidagi MMTI, M. V. Lomonosov nomidagi MDU). Urush yillarida O‘zbekistonga markaziy ilmiy dargohlardan qator mutaxassislar evakuatsiya qilingan va ular O‘zR FA ning shakllanishiga xizmat qilganlar.Shuningdek, urush yillarida Samarqandga D. N. Lev ham evakuatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekistondagi qator tosh davri yodgorliklarining ochilishi va o‘rganilishi aynan uning nomi bilan bog‘liqdir. Olimning tashabbusi bilan SamDU da arxeologiya kafedrasi ochilgan va u mahalliy paleolitshunoslikning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Markaziy Osiyo paleolitining yirik tadqiqotchilaridan M. D. Djuraqulov, N. X. Tashkenboyev, X. K. Nasriddinov va boshqalar shular jumlasidandir.
4. Bu davrda tosh davri yodgorliklarini arxeologik qazish usullari haqida quyidagilarni aytish mumkin: A. Qazishmalar kvadratlarga bo‘lib amalga oshirilgan. B. Qatlamlarni ochish metrik darajalar yordamida bajarilgan. V. Yodgorliklarni qazish nomutaxassis kadrlar, asosan mahalliy aholi yordamida amalga oshirilgan.
5. Arxeologiya bo‘yicha maqolalar chop etilgan Respublika miqyosidagi nashrlardan «Trudi Uzbekistanskogo filiala Akademii nauk SSSR» (Trudi UzFAN SSSR) ni aytish mumkin va u 1940 yildan 1943 yilgacha nashr etilgan. So‘ngra O‘zSSR FA tashkil topganidan keyin «Trudi Akademii nauk UzSSR» deb qayta nomlangan. 1948 yilda UzSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti «Trudi Instituta istorii i arxeologii» jurnalining birinchi soni chop etiladi.
Bu davrda paleolitshunoslikni rivojlantirish uchun mahalliy asosda barcha sharoitlar shakllanadi: dastlabki tadqiqotchilar tomonidan istiqboldagi tadqiqotlarning dolzarbligi asoslab beriladi, Tarix va arxeologiya instituti hamda Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish instituti, shuningdek, SamDU Arxeologiya kafedrasi tashkil etilib, bu yerda mahalliy kadrlar yetishib chiqadi.
I. 2.Ommaviy tadqiqotlar davri (1954-1991yy.).
Bu davrda paleolit davri yodgorliklarini ochib o‘rganish, o‘tkazilayotgan keng qamrovli irrigatsion qurilishlar ortishi oqibatida rekognostik izlanishlar faollashadi (Rasm. 4).
Asosiy irrigatsion qurilmalarning qurilishi XX asrning 30-yillari oxiri va 40-yillari boshlariga to‘g‘ri keldi va ular ikkinchi jahon urushi tufayli to‘xtatib qo‘yildi. Bu ishlar faqatgina 50-yillarda qayta jonlantirildi va 80-yillarda avjiga chiqdi. Aynan ana shu davrda arxeologik ekspeditsiyalarning katta qismi shakllantirildi va bundan maqsad qidiruv hamda qutqaruv ishlarini olib borish bo‘ldi. Bu toifadagi arxeologik tadqiqotlar doirasida 46 ta yodgorliklar ochildi.
Bu davrda shuningdek, O‘zbekistonning qator yodgorliklarida keng qamrovli statsionar tadqiqotlar ham olib borildi. Bularga – Samarqand makoni, Obiraxmat, Xo‘jakent, Ko‘lbuloq kabi asosiy yodgorliklarni kiritish mumkin. Bu yodgorliklardagi ishlar multidissiplinar xarakterga ega bo‘ldi: arxeologlar paleozoologiya, palinologiya, geologiya, trassologiya va h.k. mutaxassislar bilan hamkorlik qildilar. Arxeologik qatlamlarni mutloq sanalash usullarining qo‘llanila boshlanishi ham shu davr bilan bog‘liqdir (Samarqand makoni, Obiraxmat).
Ta’kidlash joizki, aynan shu davrda mahalliy paleolitshunoslik maktabi to‘liq shakllandi. Bunga quyidagilar zamin hozirladi: urush yillarida ziyolilar va ilmiy maskanlarning evakuatsiya qilinishi hamda mamlakatning yetakchi tadqiqot institutlari bilan mustahkam hamkorlik qilishi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1943 yilda SSSR FA O‘zbekiston Filiali bazasida O‘zSSR FA tashkil topdi. 1944 yilda O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti tashkil qilindi. 1968 yilda Tarix va Arxeologiya institutida tosh va bronza davrini o‘rganish sektori ochildi. 1970 yilning oxirida O‘zSSR FA ITI tizimida Arxeologiya instituti tashkil topdi. SSSR FA MMTILB (LOIIMK AN SSSR, Leningrad) vaSSSR AI (IA SSSR, Moskva) bilan mustahkam hamkorlik o‘zbekistonlik mutaxassislarga mamlakatning yetakchi olimlari bilan maslahatlashish, shuningdek, boshqa hududlardagi arxeologik tadqiqotlarda ishtirok etish hamda Leningrad, Moskva, Novosibirsk kabi yetakchi maktablarda ta’lim olish imkonini berdi.
XX asrning 50-yillari boshlarida hali mamlakatning yetakchi mutaxassislari rahbarligida mahalliy o‘lkashunoslar ishtirokida tadqiqotlar o‘tkazish tendensiyasi saqlanib qoldi. Ammo bu tadqiqotlar talabalar va aspirantlar kabi yoshlar ishtirokida amalga oshirila boshlandi. Shtgan asrning 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlaridan arxeologik tadqiqotlarni tashkillashtirish va o‘tkazish to‘liq mahalliy kadrlar zimmasiga o‘tdi.
Ta’kidlaganimizdek, asosiy tadqiqotchilik faoliyati avj olgan irrigatsion qurilishlar atrofida konsentratsiyalashdi, shunga mos ravishda, aniilik kirituvchi faoliyatlar qurilishlar doirasida arxeologlar ishtirokida amalga oshirildi. Shunday qilib, bu davrda to‘qqizta arxeologik guruh ish olib bordi: Bo‘zsuv arxeologik ekspeditsiyasi (1955 y.; rahbari – G.V. Parfenov), Qayroqqum arxeologik ekspeditsiyasi (1954-1956 yy.; rahbari A. P. Okladnikov), Moxondaryo arxeologik guruhi (1958, 1959, 1961 yy.; rahbari Ya. G‘. G‘ulomov), Farg‘ona arxeologik guruhi (1964-1967 yy.; rahbari – Ya. G‘. G‘ulomov), Chatqol-Qurama arxeologik guruhi (1966-1967; M. R. Qosimov); Toshkent viloyatida qidiruv ishlari (1966, 1969 yy.; rahbari – A. A. Asqarov); Samarqand viloyatida qidiruv ishlari (1971, 1972 yy.; rahbari – Yu. F. Buryakov); Bo‘stonliq arxeologik guruhi (1962-1965 yy., rahbari – Ya. G‘. G‘ulomov); To‘palang guruhi (1981, 1984-1986 yy.; rahbari – M. R. Qosimov). Tilga olingan ekspeditsiyalarning natijalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Bo‘zsuv arxeologik ekspeditsiyasi.
1955 yilda Bo‘zsuv arxeologik ekspeditsiyasining G.F. Parfenov boshchiligidagi paleolitchilar guruhi tomonidan Quyi-Bo‘zsuv elektrostansiyasi (GES) atrofidagi suv bosadigan hududi tadqiq qilindi. Ekspeditsiya Bo‘zsuv 1-4 topilmajoylarini aniqladi va bu yerdan tosh buyumlar yig‘ib olindi. Topilmalar turli darajada yemirilgan va tadqiqotchilar ushbu materiallarni suv bilan oqib kelgan, degan xulosaga keldilar. Qoraqamish va Bo‘zsuvda R. X. Sulaymonov tomonidan bu yerdagi artefaktlarning texnik-tipologik tahlillari asosida xulosa qilinib: Bo‘zsuvda Ko‘lbuloq an’anasidagi industriyaga ega yodgorliklar hukm surganligi haqida hulosa qilindi.
Qayroqqum arxeologik ekspeditsiyasi.
1954 yilning o‘rtalarida Farg‘onaning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan Qayroqqum suv omborini qurish munosabati bilan A.P. Okladnikov boshchiligidagi paleolitchilar guruhi ish olib bordi. Tadqiqotlarda V. A. Ranov ham ishtirok etdi. Ekspeditsiya tomonidan qadimgi paleolit davriga oid Karamko‘l topilmajoyi aniqlandi. 1956 yilda P. T. Konoplya paleolit davriga oid bir qator topilmajoylarni aniqladi va ularga Airbaz 1-7, Qopchig‘oy paleolit davri ustaxonalarini kiritish mumkin.
1958 va 1959 yy. hududda A.P. Okladnikov boshchiligidagi paleolitchilar guruhi faoliyat olib bordi. Bu ekspeditsiya tomonidan Qopchig‘oy ustaxonasi o‘rganildi. M.R. Qosimovning fikricha, Qopchig‘oy ustaxonasi ikkita – muste va so‘nggi paleolitga oid komplekslarga ega. Tadqiqotchi Qopchig‘oy industriyasini Uchtut, Ijont va Vaush ustaxonalari materiallariga o‘xshash deb topdi.
Moxondaryo arxeologik guruhi
1958, 1959 va 1961 yillarda O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti Moxondaryo arxeologik ekspeditsiyasining paleolitchilar guruhi Ya.G‘. G‘ulomov boshchiligida tosh davri ustaxonalarini tadqiq qildi va ular so‘nggi asheldan so‘nggi neolit davrigacha bo‘lgan davrlar bilan qo‘shimcha sanalandi. Bular — Uchtut, Vaush va Ijont ustaxonalari edi. Yodgorliklar Buxoro viloyati, Navoiy tumanidagi Ijont qishlog‘ining shimolida joylashgan.
1963 yilning kuzida guruh Qoratovning janubiy etaklaridagi Uchtut va Ijont qishloqlari oralig‘ini qaytadan tadqiq qildi. Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad ushbu hududni sinchiklab o‘rganish edi. Ustaxonalarning materiallari orasida bir nechta turli davrlarga oid komplekslar aniqlandi va ular – muste, so‘nggi paleolit, neolit va hatto, Uchtut ustaxonasida ashel-muste kompleksi ham ajratildi. Uchtut ustaxonasida O‘zbekistonda birinchi marotaba ekserimental arxeologik usul qo‘llanildi. G. F. Korobkova tomonidan bu yerda kremniyni qo‘lga kiritish usullari bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazildi va shu asosda qadimgi odamlarning qanday usulllar yordamida kremniyni qo‘lga kiritganliklari aniqlandi.
Farg‘ona arxeologik guruhi.
1964-1967 yillarda O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti Farg‘ona guruhi tomonidan Ya.G‘. G‘ulomov rahbarligida rekognostik ishlar Farg‘ona vodiysida amalga oshirildi va natijada, qator paleolit davri yodgorliklari aniqlandi. 1964 yilda Quvasoy sohilida bir-biriga yaqin joylashgan Qal’acha (Kal’acha – 1-5) topilmajoylari aniqlandi. So‘x daryosining o‘ng sohilida, Sariqo‘rg‘on qishlog‘idan 2 km masofada Sariqo‘rg‘on – 1, 2 topilmajoylari aniqlandi. Shuningdek, Karamko‘l topilmajoyidan ham materiallar yig‘ib olindi. Ushbu topilmajoylarning materiallari M.R. Qosimov tomonidan muste davriga oid deb topilgan. Uning ta’kidlashicha, bu joyda asosan levallua texnikasida ishlov berilgan tosh buyumlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu buyumlar yemirilgan va patinizatsiyalashgan. 1966 yilda So‘x vodiysida Obishir – 1-5 topilmajoylari aniqlangan va ular mezolit davriga oid deb topilgan.
Chatqol-Qurama arxeologik guruhi.
1966 va 1967 yillardagi qazishmalar mavsumi davomida O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya nstitutining N.X. Toshkenboyev rahbarligidagi Chotqol-Qurama guruhi tomonidan paleolit davriga oid Ko‘xisim topilmajoyi ochib o‘rganildi. Bu topilmajoy Angren shahri yaqinidagi Nishabsoyning o‘ng sohilida joylashgan. Topilmajoyning stratigrafiyasi tadqiqotchilar tomonidan ta’riflanmagan. Ko‘xisimning tosh industriyasi tahlillar natijasida o‘rta paleolitga oid deb topilgan. Makon Ko‘lbuloq, Obiraxmat, Xo‘jakent bilan birga bitta madaniy doiraga kiritilgan.
Toshkent viloyatidagi qidiruv ishlari.
Toshkent viloyatida o‘tgan asrning 60-yillari boshlarida N.X. Toshkenboyev tomonidan Qoraqamish va Qovunchi hududlarida paleolit davri materiallari yig‘ib olindi; har ikkala punktdan 10 tadan tosh buyum yig‘ib olingan. Tadqiqotchi tomonidan materiallarning texnik-tipologik tahlili o‘tkazildi va ularning Ko‘lbuloq hamda Teshik-tosh bilan o‘xshashliklari aniqlandi.
Samarqand viloyatidagi qazishmalar.
1958 yilda Moskvadagi Etnografiya instituti koordinatsion sovetida o‘tkazilgan yig‘inda Afrosiyob shahar xarobasini tadqiq qilayotgan V.A. Shishkin boshchiligidagi ekspeditsiya doirasida Samarqand makonida arxeologik tadqiqotlarni qayta jonlantirishga qaror qilindi. Tadqiqotlar SamDU va O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti rahbarligida o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, yodgorlikda arxeologik ishlarning qayta jonlantirilishi nafaqat ilmiy manfaatlarda yo‘lida, balki makondan talabalar uchun amaliyot maydoni sifatida foydalanish rejalashtirilayotgan edi. Makonni tadqiq qilish ishlari 1958 yildan 1972 yillargacha davom ettirildi, 1967 yilgacha arxeologik ishlarga D. N. Lev rahbarlik qilgan bo‘lsa, 1967 yildan 1972 yilgacha – M. D. Djo‘raqulov boshchilik qildi. 1958 yildagi qazishma N. G. Xarlamovning 1939 yilda yotqizilgan qazishmasiga tutashtirilgan holda amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida Samarqand makonining stratigrafiyasi aniqlandi; unda uchta madaniy qatlam aniqlanib, ular sof qatlamlar bilan ajratilgan edi. «Makonning madaniy qatlamlari ikkita yassi tepaliklar ustida joylashgan katta konsentratsiyani tashkil qiladi», tadqiqotchilar ularni so‘nggi paleolitning boshlari bilan sanalaganlar. Stratigrafik holatni bunday talqin qilish S. A. Nesmeyanovning fikricha, to‘g‘ri emas.
1967 yilda Samarqand makonining quyi madaniy qatlamini radiokarbon usuli yordamida mutloq sanalash ishlari amalga oshirilgan (O‘zbekistonda birinchi marotaba) va u 38 ming yillik sanani bergan. Ushbu radiokarbon sana D.N. Lev tomonidan tosh buyumlar kolleksiyasini tahlil qilish asosida nisbiy sanalash hamda geolog A.A. Yurevning (u tomonidan Chashmasiyobning less yotqiziqlari yalangdasht yarusiga oid deb topilgan edi va bu yuqori pleystotsen davriga to‘g‘ri keladi) ma’lumotlariga mos keladi.
1962 yilda makondan odamning tishi, yelka suyagi bo‘lagi va 9 ta tishli pastki jag‘ning bir qismi topilgan. V. V. Ginzburgning aniqlashicha suyak qoldiqlari, 25 yoshlardagi kramanon ayolga tegishlidir. 1966 yilda bu yerdan 10 ta yaxshi saqlangan tishlarga ega pastki jag‘ topildi. V. Ya. Zezenkovaning aniqlashicha,u birinchi topilgan jag‘ga o‘xshash va 35 yoshlardagi erkak kishiga tegishli. Tish apparatining odontologik tahlili ularning Homo sapiyens ga tegishli ekanligini tasdiqladi.
Makonning tosh buyumlari kolleksiyasi bir necha mingni tashkil qilib, baxtga qarshi hanuz ular haqida barcha mavjud materiallarning tahlilini qamrab olgan va umumlashtirilgan ilmiy ish qilinmagan. Tasnif qilingan materiallar asosida quyidagi xarakterli xususiyatlarini ajratish mumkin. Kolleksiyaning nukleuslari orasida parallel yoki qarama-qarshi tarzda chaqmoqlangan bir yoki ikki zarb maydonlilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Yo‘nilg‘ilari asosan uchirindilardan iborat va ikkilamchi ishlov berilgan buyumlarning foiziyuqori. Samarqandmakonining farq qiluvchi xususiyati tarixshunoslikda ko‘p bora ta’kidlanganidek, uning industriyasida ma’lum foiz chopperlar va choppinglardan iborat bo‘lgan galkali qurollarning mavjudligidir. Texnik-tipologik xarakteristikasiga ko‘ra Samarqand makoni industriyasi doirasiga Siyobcha va Xo‘jamazgil ham kiritilgan.
Samarqand makoni yuqori paleolitning asosiy yodgorligi hisoblanadi, negaki, bu yerda boy tosh buyumlar kolleksiyasi mavjud va nisbatan aniq stratigrafiya kuzatiladi. Shuning uchun ham, Samarqand makoni madaniy-davriy sxemalarning asosiga qo‘yilgan (A. P. Okladnikov, V.A. Ranov, M. R. Qosimov va b.).
Samarqand viloyatidagi qidiruv ishlari.
1966 yilda N. X. Toshkenboyev tomonidan paleolit davri topilmajoyi – Go‘rdarag‘ori ochilgan.G‘or Samarqanddan 75 km janubiy-sharqda, Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy etaklarida joylashgan.Topilmajoyning industriyasijuda kam, 5 ta artefaktlardan (4 ta uchirindi va plastinasimon uchirindidan ishlangan bitta qirg‘ichsimon qurol) iborat. N. X. Toshkenboyev Go‘rdaraning materiallarini Qo‘tirbuloqning tosh buyumlariga o‘xshashligini qayd etgan.
1969 yilda Afrosiyob ekspeditsiyasixodimi O‘. Alimov tomonidanSiyobchatopilmajoyi (yodgorlik N. X. Toshkenboyev tomonidan o‘rganilgan) aniqlangan vau Samarqand shahrining shimoliy chekkasida joylashgan. Topilmalar yer yuzasidan va qazishmalardan yig‘ib olingan hamda ularning barchasi kremniydan ishlangan bo‘lib, aralash holdagi qumli qatlamlarda joylashgan. Bu buyumlar Samarqand makoni inventariga o‘xshash bo‘lib, ular orasida galkali nukleuslar, qirg‘ichchalar va turli turdagi qirg‘ichlar amorf uchirindilar bilan birga uchraydi. To‘plamda shuningdek, plastinalar va plastinkalar ham mavjud.
Shu yildayoq Xo‘jamazgil topilmajoyi ham aniqlangan va u shu joyda qidiruv ishlarini olib borgan A. A. Asqarov rahbarligidagi guruh tomonidan topilgan. Topilmajoy Samarqand shahridan 70 km janubiy-sharqda, Turkiston tog‘ tizmasining g‘arbiy etaklarida joylashgan. Xo‘jamazgil 1981-1984 yillarda N. X. Toshkenboyev tomonidan tadqiq qilingan. Yodgorlikda madaniy qatlamlar aniqlanmagan. Topilmajoyning materiallarini N. X. Toshkenboyev so‘nggi paleolit davri bilan sanalagan. Uning industriyasi uchun birvaikki zarb maydonli nukleuslarning mavjudligi xarakterlidir, yo‘nilg‘ilari orasida plastinalar ko‘proq, shuningdek, galkali qurollar ham uchraydi.
1971 yilda Yu.F. Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon arxeologik guruhi tomonidan Qo‘tirbuloq va Zirabuloq topilmajoylari aniqlangan. Yodgorliklar 1971-1972 yillardagi mavsumlarda o‘rganilgan. Ekspeditsiyaning asosiy e’tibori Qo‘tirbuloqni o‘rganishga qaratildi, negaki, Zirabuloqning madaniy qatlamlari o‘rta asrlardayoq qurilish ishlari natijasida buzilgan edi.
Qo‘tirbuloq makoni Samarqanddan 100 km g‘arbroqda, Zirabuloq tog‘lari etaklarida joylashgan. Yodgorlikning165 m2maydonida qazishma ishlari olib borilgan va uning chegarasini aniqlash uchun ko‘plab qazilmalar amalga oshirilgan. Topilmajoyda beshta madaniy qatlam aniqlangan. Tadqiqotchilar tomonidan yodgorlikdagi madaniy yotqiziqlarning genezisi masalasida ikkita qarama-qarshi fikrlar aytilgan. V.A Ranov vaS.A. Nesmeyanovlarning fikricha, madaniy qatlamlar ancha yuqori va yaqin atrofdagi terassadan oqib kelgan va aralashib ketgan. N.X. Toshkenboyev G.F. Tetyuxinlarning fikriga ko‘ra, madaniy qatlamlar faqatgina kichik siljishlarga uchragan.
Yodgorlikning yoshi masalasida gapirish qiyin. N. X. Toshkenboyev tomonidan makonning industriyasini tahlil qilish asosida 100 ming yillik sana taklif qilingan.
Qo‘tirbuloqning tosh buyumlari kolleksiyasi 10000 tani tashkil qiladi. N. X. Toshkenboyev va R. X. Sulaymonovlar tomonidan makon industriyasining to‘liq texnik-tipologik xarakteristikasi berilgan. Unga ko‘ra ushbu industriyaning bir nechta xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Tanovorlar orasida katta qismni plastinalar tashkil qiladi. Industriyadachopperlar va choppinglar tipidagi galkali qurollar katta o‘rin egallaydi (100 taga yaqin). Yodgorlik industriyasining ajratib turuvchi xususiyati ikkilamchi ishlov berilgan buyumlarning ko‘p sonliligidadir. Bu yerda tishsimon retushdan foydalanilganligi alohida qayd etilgan. Mayda qumli xomashyodan ishlangan nukleuslar haddan tashqari ishlov berilgan.
R.X. Sulaymonov va N.X. Toshkenboyevlar Qo‘tirbuloqni Obiraxmat madaniy guruhiga kiritganlar. Ushbu madaniyat guruhiga Teshik-tosh, Xo‘jakent va Qayroqqum topilmajoylari industriyalari ham kiritilgan. V. A. Ranov Qo‘tirbuloqni Teshik-tosh, Og‘zi-Kichik yodgorliklari doirasiga kiritgan.
Ta’kidlanganidek, Qo‘tirbuloq bilan bir vaqtda Zirabuloq topilmajoyi ham ochib o‘rganilgan. Yodgorlikni qazish ishlari 1972, 1978 va 1984 yillarda N. X. Toshkenboyev tomonidan amalga oshirilgan. T. Yu. Grechkinaning ta’kidlashicha, «1974-1977 yillarda Zirabuloqda SamDU arxeologiya kafedrasi tadqiqotlar olib borgan, ammo ushbu qazishmalar haqidagi ma’lumotlar nashr qilinmagan». Topilmajoy Zirabuloq tog‘lari etaklaridagi shu nomli buloq bo‘yida, Qo‘tirbuloqdan 1,5 km masofada joylashgan. Yodgorlik hududida uchta qazishmaishlari amalga oshirilgan. Biroq yodgorlikning stratigrafiyasi haqida to‘liq ma’lumotlar chop etilmagan, faqatgina, madaniy qatlamlar o‘rta asrlardayoq buzilib ketgan deyilgan, xolos. Hozirgi tosh davri tarixshunosligida Zirabuloqning sanasi bo‘yicha uning tosh buyumlari tahlilidan kelib chiqqan 100 ming yildan 35 ming yilgacha bo‘lgan sana tilga olinadi.
Zirabuloqning industriyasi uchun bir taraflama ishlov berilgan gardishsimon nukleuslar odatiy bo‘lib, parallel va qarama-qarshi yo‘nilgan o‘zaklar ham uchraydi. Ikkilamchi ishlov berilgan buyumlar katta qismni tashkil qiladi. Kertik qurollar alohida tilga olinadi, shuningdek, so‘nggi paleolitga xos ko‘rinishga ega qurollar ham uchraydi (masalan, qirg‘ichchalar). N.X. Toshkenboyev va R.H. Sulaymonovlar Zirabuloqning industriyasini tahlil qilish asosida yodgorlikni Obiraxmat tipiga kiritganlar.
Bo‘stonliq arxelogik guruhi.
Bu davrda hukumat tomonidan maktab o‘quvchilarini tadqiqot ishlariga jalb qilish taklif qilinadi. 1957 yilda G. V. Parfenov rahbarligida Toshkent yaqinidagi tog‘li va tog‘oldi hududlaridagi qadimgi tarixni o‘rganish guruhi tashkil etiladi. Ushbu guruh tomonidan muste davriga oid Xo‘jakent – 1, 2. makonlari topiladi. Makon Toshkent shahridan 75 km shimoliy-sharqda, Ugam va Pskem daryolarining Chirchiq daryosiga quyiladigan joyida, Pskem-Chirchiq daryolarining chap sohilida joylashgan. Makonni birinchi bo‘lib V. P. Lyubin o‘rganib chiqqan. 1958 yilning yozida O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya institutining topshirig‘iga binoan Xo‘jakent 1 makonida qazish ishlari yo‘lga qo‘yildi. 1959 yilda Xo‘jakent 1 makonida qazish ishlari davom ettirildi va Xo‘jakent 2 da tadqiqotlar olib borildi. Qazishmalar natijasida Xo‘jakent 1 makonidan 734 ta, Xo‘jakent 2 makonidan 150 ta tosh artefaktlar yig‘ib olindi. Tadqiqotchilarning fikricha, Xo‘jakent 1 va 2 komplekslari bir davrga oid va makonlarning tosh inventarlari o‘xshash. Kolleksiyalar industriyalarining tahliliga ko‘ra ular o‘rta paleolitning tugallanish bosqichiga oid deb topilgan; ushbu industriya «Markaziy Osiyoning levallua muste madaniyatidan so‘nggi paleolitga o‘sib o‘tayotganligidan darak beradigan belgilarga ega». Xo‘jakent makonlarining industriyasini Teshik-tosh industriyasiga o‘xshashligi va Xo‘jakent makonlariTeshiktosh an’analarining davomi degan fikrlar ham aytilgan. Ushbu ekspeditsiyalar negizida turli yillarda X.K. Nasriddinov, O‘. I. Islamov, M. Brilliant va P. T. Konoplyalar boshchiligida atrofni o‘rganish va yangi yodgorliklarni topish ishlari amalga oshirilgan. Ular to‘rtta punktdan materiallar yig‘ib olganlar. Bularga – Xo‘jakent g‘ori, uning chap qanotida va Xo‘jakent 2 g‘orining yuqori qismidagi Tuse, Ko‘prik-Boshi topilmajoylarini kiritish mumkin .
Ko‘prik-Boshi topilmajoyi Ko‘ksuv va Chotqol daryolari quyiladigan joyidagi terassada, Burchmullo qishlog‘idan 3 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Topilmajoy M.R. Qosimov tomonidan Xo‘jakent 1 va 2 (1959 y.) va Obiraxmat makonlarini qazish paytida kuzatilgan (1963-1967 gg.); kompleks 32 ta tosh buyumdan tarkib topgan. Ko‘prik-Boshi topilmajoyining industriyasini tahlil qilish asosida yodgorlik o‘rta paleolit davriga oid deb topilgan.
Tuse topilmajoyi shu nomli qurib qolgan soyning ikkala sohilida, Qoratutboshi tog‘ining etaklarida, «Obiraxmat» dam olish uyidan 2 km masofada joylashgan. Topilmajoy M. R. Qosimov va A. R. Muxamadjonovlar tomonidan 1959-1960 yillarda kuzatuvga olingan. Tusening kolleksiyasi40 ta tosh buyumdan tarkib topgan va ular uchun yirik hajmlilik, umumiy o‘xshashlik va tosh buyumlar yuzalarining kuchli patinizatsiyalashganligi xarakterlidir. Shunga asoslangan holda tadqiqotchilar tomonidan qilingan xulosaga ko‘ra: «Tuse topilmajoyi aftidan, muste davrida xomashyoni qo‘lga kiritish va birlamchi ishlov berish joyi bo‘lgan»
1962 yilda Chorvoq suv ombori hududida qutqaruv ishlari boshlandi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya institutining O‘zbekiston kompleks arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan maxsus guruh ajratildi. Yu. F. Buryakovning fikricha: «Tadqiqotlar quyidagi maydonlarni o‘z ichiga oldi: Pskem vodiysida Toshpo‘lat qishlog‘idan Chotqolning quyilish joyigacha, Chotqol vodiysida Jo‘lsoydan Pskemning quyilish joyi,Ko‘ksuvning quyi oqimi, G‘alvasoy vodiysigacha, Oqsoqotasoyda uning Nurek,Bildirsoyning o‘ng oqimigachava Chirchiq daryosining boshlanishidan Chirchiq shahrigacha qidiruv ishlari olib borildi».
Qutqaruv ishlari doirasida 150 ta arxeologik yodgorlik aniqlandi va ulardan uchtasi tosh davriga oid edi (Obiraxmat, Chotqol, Oqtosh). Shuningdek, qator topilmajoylar ham aniqlandi va ular yer ustida yotgan tosh buyumlardan iborat bo‘ldi (Burchmullo q.).
1960 yilning iyunida O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya institutining arxeologik guruhi Ya.G‘. G‘ulomov rahbarligida Bo‘stonliq tumanida qator g‘orlarni tadqiq qildi (Eshak-Ko‘prik, Odam-Sang, Laylakchi, Oqtosh). Bulardan Oqtosh g‘ori tadqiqotchilarning alohida diqqatini tortdi va u Toshkent shahidan 60 km shimoliy-sharqda va Xo‘jakent g‘oridan 40 km masofada joylashgan. G‘orda qazishmalar olib borilib, beshta qatlam aniqlangan va ulardan uchtasi arxeologik materiallarni bergan. Bu yerdan uchta taxminan muste davriga oid uchirindi topilgan. G‘orni o‘rganish ishlari 1964 yilda X. K. Nasriddinov tomonidan davom ettirilgan. 1964 yildagi qazishma 1960 yilda qazilgan qazilmaga tutash holda amalga oshirilgan. Uchinchi qatlamdan 30 dan ziyod tosh buyum yig‘ib olingan. Ushbu tadqiqotlar asosida Oqtosh g‘ori so‘nggi paleolit davriga oid deb topilgan.
1964 yilgi qutqaruv ishlari doirasida M.R. Qosimov va R.H. Sulaymonovlar tomonidan Chotqol g‘ori ochilgan. G‘or daryoning o‘ng sohilida "Obiraxmat" dam olish uyidan 100 m masofada joylashgan. Makonning madaniy qatlami uning yonidagi kombinat qurilishi tufayli buzilgan. Tadqiqotchilar tomonidan yodgorlik hududidan tosh buyumlar yig‘ib olingan (10 dan ziyod artefakt). M. R. Qosimovning fikricha, «ishlanish texnikasi va saqlanish darajasiga ko‘ra Chotqol g‘ori buyumlari Obiraxmat g‘ori tosh buyumlariga o‘xshash».
1963-1965 yillarda Burchmullo hududida paleolit davriga oid yig‘ma materiallar terib olingan. Ushbu to‘plamda 30 dan oshiq tosh buyum mavjud bo‘lib, tadqiqotchilar ularni keng xronologik doirada, ilk paleolit, o‘rta paleolit va so‘nggi paleolit davrlari bilan sanalashtirganlar. Ta’kidlash joizki, keyinchalik Burchmullodagi ushbu topilmajoylar materiallarining sanasi noto‘g‘ri ekanligi qayd etiladi, negaki, ular keng hududlardan yig‘ib olingan va ularni yodgorlik ekanligini isbotlovchi qazishmalar o‘tkazilmagan.
Obiraxmat g‘ori qazishmalari.
1962 yilda O‘zSSR FA Tarix va Arxeologiya instituti arxeologik guruhi tomonidan A.R. Muxammadjonov boshchiligida Obiraxmatg‘ori ochilgan. G‘orda dastlabki qazish ishlari M. M. Gerasimov va X. K. Nasriddinovlar tomonidan amalga oshirilgan.Obiraxmat g‘ori Bo‘stonliq tumanida, Toshkent shahridan 100 km sharq-shimoliy-sharqiy tomonda,G‘arbiy Tiyonshon tog‘lariga kiruvchi Ko‘ksuv tog‘ tizmasiningjanubiy-g‘arbiy chekkasida, Chotqol va Pskem daryolari quyiladigan joyga yaqin joyda, Chotqolning o‘ng irmog‘i bo‘lgan Paltov daryosi bo‘yida joylashgan. Paltov daryosining quyi oqimiga uncha chuqur bo‘lmagan, shimoldan janubga cho‘zilgan uzunligi 500 m keladigan soy kelib tutashadi. Bu soy paleozoy davriga oid oxaktoshli massiv qoyali bo‘rtikdan boshlanadi va aynan ana shu joyda Obiraxmat g‘ori joylashgan. Yodgorlikda 1963 yilda olib borilgan tadqiqotlarni N. X. Nasriddinov boshqargan, 1964-1965 yillarda esa – R. X. Sulaymonov, 1970, 1978, 1979, 1986 yillarda yodgorlikda arxeologik tadqiqotlar T. M. Omonjulov hamda K. A. Kraxmallar tomonidan amalga oshirilgan. Asosiy qazishmalar va materiallarning nashrlari R.H. Sulaymonov tomonidan bajarilgan .
G‘orning sakkizinchi qatlamida R.H. Sulaymonov karstsimon o‘yiqni mavjudligini ta’kidlaganva shuning uchun ham, yodgorlik stratigrafiyasining aniqligi shubha ostiga olingan. Keyinchalik A.I. Krivoshapkin g‘ordagi ushbu o‘yiqning shakllanishida suv ishtirok etmagani va u o‘rta asrlarda odam qo‘li bilan qilingan chillaxona ekanligini isbotladi .
Obiraxmatdan olingan suyak qoldiqlari notekis uran usuli yordamida mutloq sanalash uchun tahlilga olindi va u quyidagi natijalarni berdi: 125+/- ming yilva 44+/-ming yilliklar, biroq nashrlarda tahlil qilingan materiallarning qatlamda yotishi konteksti tushuntirilmagan, shuning uchun bu ma’lumotlar keyinchalik talqin qilinmadi.
O‘tgan asrning 60-yillarida Obiraxmatdan 30 mingga yaqin tosh buyumlar yig‘ib olingan. R.X. Sulaymanov tomonidan Obiraxmatning arxeologik ketma-ketligini 5 ta kompleks yoki "yarus"larga ajratish taklif qilingan: A yarusi (21-15 qatlamlar), B yarusi (14-9 qatlamlar), V yarusi (8, 7 qatlamlar), G yarusi (6-4 qatlamlar) va D yarusi (3-1 qatlamlar). Bunday taqsimlash, muallifning fikricha, o‘rtadan so‘nggi paleolitga asta-sekin o‘tishni o‘zida aks ettiradi. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, A kompleksida (ultrafinal muste) yirik plastinalar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan chaqmoqlash ustunlik qiladi, tosh qurollar orasida esa qirg‘ichlar ko‘pchilikni tashkil qiladi hamda "so‘nggi paleolitga xos qurollarning kichik guruhi mavjudligi aniqlangan". B kompleksi uchun prizmatik chaqmoqlash va so‘nggi paleolit davrini xarakterlaydigan tosh qurollar ustunlik qiladi, biroq buyumlar hali yirik va arxaik ko‘rinishga ega va shuning uchun ham, ushbu kompleks o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tish bosqichi bilan belgilangan. V, G va D komplekslari so‘nggi paleolit davrining eng qadimgi variantlaridan biri sifatida tasniflangan. Yodgorlikning industriyasida sistemasiz va gardishsimon nukleuslar asta-sekin protoprizmatik va prizmatik nukleuslar bilan almashinib boradi, makonning yuqori komplekslarida esa yonlama tarzda chaqmoqlangan o‘zaklarning mavjudligi qayd qilinadi. Shuningdek, yodgorlik industriyasida yirik va massiv plastinalarning uchburchak shaklli kichik va yupqa plastinasimon buyumlar bilan asta-sekin almashinuvi kuzatiladi. Makonning tosh qurollari ham rivojlanib boradi va uchirindilardan ishlangan qurollar nisbati kamayib, kompozit qurollar va kesgichlar soni ortib boradi.
Obiraxmat g‘ori hududning asosiy yodgorliklaridan biri bo‘lib, unda boy tosh inventar, nisbatan aniq stratigrafiya aniqlangan hamda toshga ishlov berishning o‘rtadan so‘nggi paleolitga dinamik evolyutsiya qilishning ketma-ketligi kuzatiladi. Obiraxmat g‘ori materiallari asosida bir qancha madaniy-davriy sxemalar tuziligan (R. H. Sulaymanov, V.A. Ranov, M. R. Qosimov va b.lar).
Obiraxmat g‘ori industriyasini tahlil qilish asosida, R.H. Sulaymonov hududning paleolit davri yodgorliklari orasidan Obiraxmat madaniyatini ajratgan va uning rivojlanishini kuzatgan. Uning fikricha, Obiraxmat madaniyatining eng qadimgi varianti Omon-Qo‘ton makoni industriyasi bo‘lib, so‘ngra ushbu an’ana Teshik-tosh, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq komplekslarida davom etgan va hatto, ushbu madaniyatning eng rivojlangan bosqichi Xo‘jakent 1 va 2 hamda Obiraxmat yodgorliklari industriyalarida ham kuzatilgan. Shuningdek, analogiyalar Zarafshon vohasining so‘nggi paleolitga oid yodgorliklarida ham kuzatilgan (Samarqand makoni, Xo‘jamazgil, Siyobcha topilmajoylarida), biroq ularni muallif Obiraxmat madaniyati doirasiga kiritmagan.
Obiraxmat g‘ori industriyasini tahlil qilar ekan, V.A. Ranov tomonidan levallua fatsiyasi ajratilgan. M. R. Qosimov tomonidan 1970-yillarda «uchta madaniy variantlar ajratilgan» va uning birinchi varianti Obiraxmat madaniyati asosida ajratilgan.
1978 yilda Obiraxmatni tadqiq qilgan T. Omonjulov rahbarligidagi guruh tomonidan Poltovg‘ori ochilgan va uPoltovsoyning o‘ng sohilida, Burchmullo qishlog‘idan 8 km janubroqda joylashgan. 1978-1981 yillarda Obiraxmat makonini o‘rganish bilan bir vaqtda Poltov g‘orida ham qazishmalar o‘tkazilgan. Bu yerdan 14 ta litologik qatlamlar aniqlanganbo‘lib, ular ikkita madaniy gorizontga – bronza va tosh davrlariga oid. Yodgorlikning tosh buyumlari 49 ta bo‘lib, shundan 50 % ikkilamchi ishlov berilgan artefaktlardir. «Inventarining tipologik tarkibi uchun levallua hamda muste davriga oid yo‘nilg‘ilardan ishlangan qirg‘ichlar, nayzalar, pichoqlar va kompozit qurollar xosdir». Poltov g‘ori inventarining umumiy ko‘rinishiga asoslangan holda yodgorlik kompleksi muste davri bilan sanalangan va Xo‘jakent hamda Obiraxmat yodgorliklari doirasiga kiritilgan.
Ohangaron vohasida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar.
Paleolit davriga oid yodgorliklarning butun bir majmuasi Chotqol tizmasining janubiy-sharqiy etaklaridagi Qizilolmasoy, G‘ishtsoy, Qorabog‘soy va Samarchuk qishlog‘i hududlaridan 1962 yilda O.M. Rostovsev rahbarligidagi o‘quvchilar guruhi tomonidan topilgan. O‘zR FA Tarix va Arxeologiya institutining paleolitchilar guruhi yodgorliklarni 1962 yilning aprel hamda may oyining boshlarida va iyun oylarining oxirlarida tadqiq qildilar. Natijada Ko‘lbuloq makoni hamda G‘ishtsoy 1-2, Qizilolmasoy 1-4, Jarsoy 1-2 kabi toshga ishlov berish ustaxonalari aniqlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu tadqiqotlar Angren suv omborining qurilishi vaqtidagi qutqaruv ishlari doirasida ham o‘tkazilgan.
Qizilolma – 1-4 ustaxonalari shu nomli soyda (Qizilolma – 1 va 3 soyning chap sohilida, Qizilolma - 2 va 4 –soyning o‘ng sohilida) bir-biriga yaqin masofada joylashgan. Barcha ustaxonalarda so‘nggi paleolit va neolit davrlariga oid komplekslar ajratilgan, Qizilolma 2 ustaxonasida shuningdek, muste davri kompleksi ham ajratilgan.
G‘ishtsoy – 1 va 2 ustaxonalari shu nomli soyda (G‘ishtsoy – 1 soyning o‘ng sohilida, G‘ishtsoy – 2 – uning qarama-qarshi tomonida) joylashgan. Ushbu ustaxonalar industriyalarida ikkita – so‘nggi paleolit va neolit davri komplekslari ajratilgan. So‘nggi paleolit davriga oid kompleks to‘plamlarining katta qismini nukleuslar va tosh siniqlari egallaydi. Bu buyumlar yemirilgan va oq mog‘or bilan qoplangan.
Tilga olingan ustaxonalarning paleolit davri komplekslari bir-biriga o‘xshash. To‘plamlarning katta qismini nukleuslar va nukleussimon bo‘laklar tashkil qiladi, shuningdek, tishsimon ishlov berilgan va kertikli nayzalar ham uchraydi. Ushbu buyumlar uchun kuchli yemirilganlik va patinizatsiyalashganlik xarakterlidir. M.R. Qosimov tosh qurollar yasashda tishsimon va kertikli texnikaning ustunligiga asoslanib, Ko‘lbuloq makonini ushbu ustaxonalar bilan qiyosladi hamda ushbu texnikani Ohangaron yodgorliklarining o‘ziga xos xususiyati deb hisobladi .
1963, 1967, 1968, 1970-1972, 1974-1976 yillarda, 1980-yillarning oxirlarida. M.R. Qosimov boshchiligida Ko‘lbuloq makonida statsionar qazish ishlari olib borildi. Yodgorlik Angren shahridan 6 km g‘arbroqda, Chotqol tog‘ tizmasining janubiy-sharqiy etaklaridagi Qizilolmasoy hamda Jarsoy oralig‘ida joylashgan (Ohangaron daryosi havzasi). Qazishmalar shu nomli buloq atrofida amalga oshirildi. 1980-yillarninng oxirida Ko‘lbuloqdagi qazishmalar maydoni 600 kv. m. ga yetkazildi. № 3 qazishma esa o‘zining markaziy maydonlaridan birida 19 m chuqurlikkacha qazildi (9 kv. m maydonda). Tosh buyumlar ochib o‘rganilgan yotqiziqlarning eng pastki qismigacha uchragan va ulardan quyiroqdagi ochilmagan qatlamlarda ham arxeologik materiallarning mavjudligi ham ehtimoldan holi emas.
M. R. Qosimov yodgorlikda turli qalinlikdagi 49 ta qatlamni ajratgan (10-20 sm dan 2 m qalinlikkacha) va ular sof qatlamlar bilan ajralgan bo‘lgan, Bu qatlamlarning har birini tadqiqotchi alohida makonning qoldig‘i deb hisoblagan. Yodgorlikdagi yuqori 13 ta qatlamning joylashuvi masalasi munozaralidir. M.R. Qosimovning aytishicha, yodgorlikdagi barcha qatlamlar buzilmagan holatda yotadi. Ushbu fikrni asoslash uchun tadqiqotchi tomonidan barcha qazishmalarni Jarsoy o‘zani bilan bog‘lovchi o‘ra qazilgan. O‘z nuqtai-nazarini isbotlash uchun M.R. Qosimov, topilmalar Jarsoy o‘zaniga bir necha metr qolganda tugaydi, deb ta’kidlagan. A.V. Ranov va S.A. Nesmeyanovlar tomonidan qarama-qarshi nuqtai-nazar bildirilgan: "paleolit davri materiallari Jarsoy oqimi bilan yuqoriroqda joylashgan ustaxonalardan keltirilgan bo‘lishi mumkin".
Tadqiqotlarning ushbu bosqichida yodgorlikda mutloq sanalash ishlari amalga oshirilmagan. Tosh davri tarixshunosligida yodgorlikning nisbiy sanasi borasidagi masalalar muhokoma qilingan. O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida Ko‘lbuloqning 31-qatlamida «Matuyama va Bryunes davrlari oralig‘idagi magnit maydonining o‘tish rejimi qayd qilingan va bu X. To‘ychiyevga ushbu ashel davri madaniy qatlamlarini 700 ming yillar bilan sanalashga asos bo‘lgan». 1979 yilda yodgorlikdagi kesmalar hamda №3 qazishmadan tahlillar asosida mutloq sanalash uchun na’munalar olingan. Biroq ushbu uslub yordamida aniq ma’lumotlar olish imkoni bo‘lmadi, negaki, na’munalarning 80 % bo‘sh, qolganlarida esa 20-30 tadan don mavjud bo‘lgan.
Ta’kidlaganimizdek, M.R. Qosimov yodgorlikda 49 ta madaniy qatlam ajratgan bo‘lib, 49-28 qatlamlar ashel, 27-4 qatlamlar – muste va 3-1 qatlamlar so‘nggi paleolit davrlariga oid materiallarni qamrab oladi. M.R. Qosimov bo‘yicha yodgorlikning quyi paleolitga oid industriyasi uchun «yirik gardishsimon nukleuslar, bir-ikki zarb maydonli tosh o‘zaklar, qo‘pol va yirik qurollar, shuningdek, ancha mayda va hatto mitti uchirindilardan ishlangan qurollar xarakterlidir» (Rasm. 7). Tadqiqotchining alohida ta’kidlashicha, «kompleks umuman yemirilmagan va ba’zan buyumlar qalin patina bilan qoplangan va bu buzilmagan qatlamlarga xos xususiyatga egadir».
O‘rta paleolitga oid qatlamlar industriyasi uchun, M.R. Qosimovning fikricha, o‘zaklarning kichik gardishsimon shakllari va prizmasimon nukleuslarning paydo bo‘lishi, ko‘p sonli qirg‘ichlarning (yonlama, ko‘ndalang, to‘g‘ri chiziqsimon, ko‘lbuloq tipidagi), tayyak tipidagi tishsimon qurollarning (o‘yib kertib ishlangan qurol),nayzalarning va h.k.larning mavjudligi xarakterlidir.
Ko‘lbuloqning so‘nggi paleolitga oid qatlamlari inventari, M.R. Qosimov bo‘yicha «anchayin rivojlangan chaqmoqlash texnikasiga ega. Biroq umuman Ko‘lbuloqning industriyasi uchun xos bo‘lgan elementlar, ya’ni qurollar ish qirralariga ishlov berish usullari va an’anaviy qurollar shakllarini saqlab qolgan» xarakterga ega.
Yodgorlikni xarakterlovchi, uning o‘ziga xosligini hamda yagonaligini belgilovchi muhim xususiyati tishsimon ish qirrali qurollarning va tishsimon-kertikli buyumlar hamda qurollarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu holat ushbu "industriyaning xususiyati"ni belgilaydi. Bunday qurollar deyarli barcha madaniy qatlamlarda uchraydi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Ko‘lbuloq O‘rta Osiyo hududi uchun asosiy yodgorlikka aylandi, negaki, yodgorlikda ilkdan so‘nggi paleolitgacha bo‘lgan madaniy qatlamlar aniqlandi. Yodgorlikning materiallari ko‘plab madaniy-davriy sxemalarning asosini tashkil qildi.
O‘zR FA Arxeologiya institutining Ohangaron paleolitchilar guruhi 1976 yilda, Ko‘lbuloq makonini qazish paytida Ohangaron daryosi bo‘ylab qidiruv ishlarini olib bordi. Natijada Shivanboy 1 va 2 topilmajoylari aniqlandi. Topilmajoylar Angren shahridan 10 km shimolroqda, Sog‘lom qishlog‘idan 5 km masofada, G‘ishtsoyning terassasimon qayirida joylashgan. Shivanbay-1,2 industriyalarining o‘ziga xos xususiyati tishsimon-kertikli buyumlarning ko‘p sonliligidadir. Shunga asoslanilgan holda ushbu topilmajoylarning industriyalari Ko‘lbuloq madaniyatiga oid deb topilgan.
To‘palang arxeologik guruhi.
1984-1986 yillarda To‘palang suv ombori qurilishi hududida qidiruv ishlari olib borildi. 1981 yildayoq bu yerdan tosh davriga oid – Dari-Angor yodgorligi ochilgan edi. Yodgorlik To‘palang daryosining o‘ng sohilida, platinadan 10-11 m shimoliy-g‘arbda joylashgan. Dari-Angor 1984 yilda tadqiq qilingan va yodgorlikda ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Tosh industriyasining tahlili asosida yodgorlik o‘rta paleolit davriga oid deb topilgan. Shu yildayoq Nomozgoh – 1 va 2 yodgorliklari ochilgan bo‘lib, ular To‘palang daryoning ikkinchi terassasida, bir-biridan 150 m masofada joylashgan. Nomozgoh 1 yodgorligida 5 ta madaniy qatlam aniqlangan bo‘lib, ularning inventari muste davriga oiddir. Nomozgoh 2 topilmajoyi stratigrafiyasida esa madaniy qatlamlar aniqlanmagan, biroq madaniy qoldiqlar so‘nggi paleolit va neolit davrlariga oid deb topilgan. Shuningdek, so‘nggi paleolit davriga Xayronbog‘ yodgorligi ham kiritilgan bo‘lib, u Nomozgoh 1 va 2 topilmajoylaridan 2 km shimolroqda joylashgan. Yodgorlikda stratigrafiya aniqlanmagan.
1980-yillarning oxirlariga kelib arxeologik tadqiqotlarning intensivligi ortga ketdi. Bu holat ekspeditsiyalar faoliyat ko‘rsatgan asosiy ob’ektlarning topshirilganligi, shundan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot tashkilotlariga moliyalashtirishning kelib tushmasligi, mamlakatda murakkab umumiy iqtisodiy va siyosiy ahvolning murakkablashuvi oqibatida yuzaga keldi. Bu davrdagi arxeologik ishlar epizodik xarakterga ega bo‘lib, ular qatoriga Ko‘lbuloqda, Obiraxmatda va h.k. yodgorliklarda amalga oshirilgan qazishmalarni kiritish mumkin (1980-yillar). Bu davrda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar qisqaradi va maxsus arxeologik nashrlar soni kamayib ketadi.
Ta’rif etilgan davrga yakun yasab (1950-yillarning boshlari – 1980-yillarning oxirlari.), uning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Bu davrda hududning paleolit davriga oid muammolar kompleksi to‘liq shakllanib bo‘ladi. Birinchidan, bu hududdagi paleolit davri madaniyatlarining genezisi – ularning quyi paleolit madaniyatlaridan avtoxton rivojlanishi yoki boshqa hududlardan kirib kelganligi masalasi. Ikkinchidan, bu arxeologik madaniyatlarga ajratish masalasi. Uchinchidan – arxeologik madaniyatlar sohiblarining antropologik ko‘rinishi. To‘rtinchidan – so‘nggi paleolitga oid yodgorliklarning o‘rta paleolit hamda mezolit davri yodgorliklariga nisbatan miqdoriy disproporsiyasi va h.k. masalalar.
2. Ushbu davrning xarakterli xususiyati Respublikada irrigatsion qurilish ishlarining jadallashuvi munosabati bilan paleolit davri yodgorliklarining intensiv ochilishi hamda o‘rganilishi hisoblanadi. Shunga mos ravishda, dala tadqiqot ishlarini moliyalashtirishning ortishi kuzatiladiki, bu paleolit davriga oid eng muhim yodgorliklarda keng qamrovli tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkonini berdi (Samarqand makoni, Ko‘lbuloq, Obiraxmat).
3. Dala tadqiqot ishlarini o‘tkazish uslublari avvalgi davr uslublariga o‘xshashdir. Faqatgina bu davrda tabiiy fanlar palinologiya, paleozoologiya, antropologiya hamda mutloq sanalash uslublarining keng qo‘llanilishi ko‘zga tashlanadi.
4. Bu davrda mahalliy paleolitshunoslik rivoj topadi, ilmiy tadqiqot tashkilotlari ochiladi. Masalan, ToshDu arxeologiya kafedrasi ochiladi (1960-yillarning o‘rtalarida). Respublikada ikkita lar yoqlash komissiyalari tashkil qilinadi va ular Samarqand va Toshkent shaharlarida joylashadi. Ushbu davrda hukumat maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida o‘tmishga qiziqishni oshirish ishlariga katta e’tibor qaratadi (dala tadqiqot ishlarida, konferensiyalarda ishtirok etish va h.k.).
5. Mamlakatning asosiy tadqiqot markazlari bilan aloqalarni saqlab qolish davom ettiriladi (Moskva, Leningrad, Novosibirsk). Shu yillarda SSSR FA Arxeologiya institutining Lenigrad bo‘limida (LOIA) fan nomzodi ilmiy darajasini M. R. Qosimov (1962), T. M. Omonjulov (1984) va T. M. Mirsoatovlar (1970)markaz xodimlari rahbarligida himoya qildilar.
Dala tadqiqot ishlarida arxeologiyaga turdosh tabiiy fanlar olimlari ham ishtirok qila boshladilar. Mutloq sanalash ishlari Moskva va Leningrad shaharlaridagi maxsus laboratoriyalarda amalga oshirildi.
6. Respublikada ixtisoslashgan davriy nashrlar chiqarish ishlari kengaytirildi. Bu yillarda yuqorida tilga olingan – «Trudi AN UzSSR» va «Trudi IIA AN UzSSR» kabi nashrlar chiqarilishda davom ettirildi. Bular orasida 1959 yildan boshlab chop qilina boshlagan va hozirgacha arxeologik tadqiqotlarning asosiy nashri bo‘lib kelayotgan «O‘zbekistonda moddiy madaniyat tarixi» (O‘MMT) jurnalini alohidata’kidlash joiz.Ushbu nashr doirasiga O‘zbekiston arxeologiyasi bo‘yicha turli xarakterdagi maqolalar kiritilgan. Ular orasida dala tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan hisobot shaklidagi va umumlashtirilgan xarakterdagi maqolalar ham uchraydi. 1958 yilda SamDu o‘zining «Trudi Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta im. A. Navoi», deb nomlangan nashrini chiqara boshlaydi va undan arxeologik tadqiqot ishlari hisobotiga bag‘ishlangan maqolalar ham o‘rin egallaydi.
Taxminan shu davrda (1961 yilda) "O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar" davriy jurnalining birinchi soni chiqariladi (ONU). Ushbu nashr doirasida O‘zbekistonda ilmiy va ijtimoiy fanlar sohasida amalga oshirilgan asosiy voqealar yoritila boshlaydi. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar jurnalida nashr etilgan maqolalar hisobot xarakteriga ega bo‘ladi; bu maqolalarda tadqiqotlar amalga oshirilgan muddat, ekspeditsiya qatnashchilarining aniq soni hamda bajarilgan ishlarning miqdori ko‘rsatilgan.
Shuningdek, markaziy ilmiy muassasalar tomonidan 1972, 1975, 1979 yillarda O‘rta Osiyo va O‘zbekiston arxeologiyasi bo‘yicha maxsus jildlar tayyorlangan. Masalan,SSSR FA Arxeologiya institutining Leningrad bo‘limi tomonidan «Uspexi sredneaziatskoy arxeologii» (USA) nashrdan chiqarilgan. Ushbu to‘plamda umumlashtirilgan xarakterdagi maqolalar nashr qilingan va O‘rta Osiyoning tosh davriga bag‘ishlangan maxsus bob ajratilgan. Shu davrda SSSR FA ning "SSSR FA Moddiy madaniyat tarixi qisqa xabarlari («Kratkix soobsheniy IIMK AN SSSR»), "Sovet arxeologiyasi" («Sovetskaya arxeologiya») va h.k. maxsus nashrlar yo‘lga qo‘yilib, ularda O‘rta Osiyo tosh davri arxeologiyasiga bag‘ishlangan muammolar ham yoritiladi.
7. Bu davrda O‘zbekiston paleoliti muammolariga bag‘ishlangan eng ko‘p lar nashr etiladi (12 ta).ular orasida R.X. Sulaymonovning "Obiraxmat g‘ori madaniyatining statistik o‘rganilishi" nomli sini alohida ta’kidlash joiz. Bu ishda industriyalarning texnik-tipologik tahlili keltirilgan. Ushbu uslub asosida F. Bord tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar yotadi. R.X. Sulaymonov ushbu usulni O‘zbekiston paleoliti industriyalariga birinchi bo‘lib qo‘llagan va ushbu uslub asosida o‘zining madaniy-davriy sxemasini ishlab chiqqan. Unda muallif Obiraxmat industriyasini o‘rnini topa bilgan. Ushbu ishdan keyin texnik-tipologik tahlillar mahalliy arxeologlar tomonidan keng qo‘llanila boshlangan. Ular orasidan Yu. P. Xolyushkinning ishlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin va ularda statistik-matematik uslublarga katta e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston paleolitini o‘rganishning uchinchi bosqichi Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.Ushbu O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan chorak asrdan ortiqroq vaqt mobaynida hududning qadimgi tosh davrini o‘rganish ishlarining yakuniy natijalari, ularning tahlili, qo‘lga kiritilgan ilmiy xulosalarning sintezi hamda tanqidiy mushohodalariga bag‘ishlangan.
Savollar
1. Paleolit davri yodgorliklari haqida ilk ilmiy bilimlarning yuzaga kelishi
2. Paleolit davri arxeologik tadqiqotlarni tashkil etishdan maqsad
3. Ilk tadqiqotlar tarixi
4. Dastlabki tadqiqotlar natijalari
5. Ommoviy tadqiqotlarning yuzaga kelish asoslari
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish