Mavzu: Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish metodikasi - Reja:
- 1. Kishilik olmoshlari haqida dastlabgi tushunchalarni shakllantirish.
- 2. Kishilik olmoshlarining turlarini o`tish.
- 3. Kishilik olmoshlari imlosi ustida ishlash.
OLMOSH TURLARI
Boshlang‘ich ta’limda faqat kishilik olmoshlarini o‘rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va imlosi o‘rgatiladi. Kishilik olmoshlari bilan o‘quvchilarni tushuntirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko‘rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang‘ich sinfda kishilik olmoshlarini ot bilan almashinib qo‘llanishiga lohida to‘xtalinmaydi. Chunki men, sen olmoshlari hech qachon ot bilan almashinib qo‘llanmaydi: men o‘qiyapman, sen o‘qiyapsan deyish mumkin, lekin Salima chiqyapman, Salima o‘qiyapsan, qiz tikyapman tarzida qo‘llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo‘llanmaydi: qiz tikyapti – u tikyapti. O‘qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqat qaratish lozim. Kishilik olmoshlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda uyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil qilinadi; va men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi; kishilik olmoshlari so‘z turkumi; kishilik olmoshlari 3ta shaxsni birlik va ko‘plikda ifodalaydi; -ni, -ning, qo‘shimchalari men, sen olmoshiga qo‘shilganda o‘zakdagi n tushib qoladi; u olmoshiga –ga, -da, -dan, qo‘shimchalari qo‘shilsa bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar; olmoshlarni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash, ularni kelishikli holatda to‘g‘ri yozish, so‘roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi. Men o‘rtoqlarim bilan suhbatlashdim. Sen kelsang, men shu yerdaman, deb qo‘y... U kela qolsa, gaplarimni aytsam! Birinchi gap o‘qitiladi. -Bu gap kimga tegishli? (Yayraga) -Kim suhbatlashdi? (Yayra) -Men so‘zi o‘rniga Yayra so‘zini qo‘yib aytish mumkinmi? (Yo‘q.. Bolalar qo‘yib o‘qib ko‘radi va ishonch hosil qiladi). Harakatni kim bajaryapti? (Men). Men so‘zi qaysi so‘roqqa javob bo‘ladi? (Kim?) U gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelyapti? (Ega) Ikkinchi gap o‘qitiladi: -Bu gapni kim aytyapti? (Yayra) U kimga murojaat qilyapti? (O‘rtog‘iga) Qaysi so‘z o‘rtog‘i so‘zini bildiryapti? (Sen) Sen so‘zi qachon qo‘llanar ekan? (Biror murojaat qilganda qo‘llanadi). Sen qaysi suroqqa javob bo‘ladi? (Kim?) Uqaysi gap bo‘lagi vazifasida kelyapti? (Ega). Uchinchi gap yuzasidan taxminan quyidagicha savollar beriladi: -Bu gap kimga tegishli? (Bolaga) Bu predmetning nomi aytilyaptimi? (Yo‘q) Bola so‘zi o‘rnida qaysi so‘z kelyapti?(U) Bu so‘z qachon qullanar ekan?(Fikr biror shaxs haqida (kim haqida) borsa qo‘llanadi) Demak, bu gapda shaxs nomi qo‘llanmayapti, uni, ko‘rsatuvchi so‘z qo‘llanayapti. 4-sinfda olmosh so`z turkumini o`rgatish 205-bet, 254-mashqdan boshlanadi. - Mavzular ketma-ketligi quyidagicha:
- 1. Kishilik olmoshlari (254-259-mashqlar), 2 soat.
- 2. Kishilik olmoshlarining kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanilishi (260-271-mashqlar), 4 soat.
1-4-sinf Milliy dasturga ko`ra olmosh so`z turkumi quyidagicha o`rgatiladi: - 1-sinf, I bo ‘lim . MEN, SEN, U VA ULAR
- Gaplar yig‘indisi va matnni farqlash. Matndagi gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish. Matn yaxlitligiga xizmat qiladigan vositalarni (mantiqiy bog‘lanish, olmoshlar) tushunish.
- 4-sinf, VIII bo ‘lim . TARIX XAZINALARI. Toshkentning o‘n ikki darvozasi
- Olmosh so‘z turkumi bilan tanishish, uning ma’nosi, qanday so‘zlar olmosh so‘z turkumiga oid ekanligi, berilgan matn tarkibidan olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlash va tahlil qilish mashqlari.
4-sinf Milliy dasturga ko`ra: - IX bo ‘lim . SAN’AT VA MADANIYAT. Eski juvadagi mo‘jiza (kino haqida).
- Kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi bilan tanishish, kishilik olmoshlarining kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, berilgan matn tarkibidan olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
- Men, sen, biz, siz olmoshlarining 1-, 2- shaxs ko‘plikni ifodalashi, shaxsga ishora qilishi, lekin ot o‘rnida qo‘llana olmasligi.
- U, ular olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
X bo‘lim . HUQUQIMIZ – HAQIMIZ. Qanday huquqlarimiz bor? (bolalarning birlamchi huquqlari) Berilgan matn tarkibidan kishilik olmoshlarini aniqlash, kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishiga oid mashq va topshiriqlar. Kishilik olmoshining gap bo‘laklari vazifasida kelishi bilan tanishish. Kishilik olmoshlarining ega vazifasida kelishiga oid mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |