Amaliy ish № 9
Mavzu. MS Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish va ular ustida amallar bajarish.
Ishning maqsadi. MS Access dasturidan foydalanib sohalarga oid ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ular ustida amallar bajarish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni hosil qilish.
Ishning vazifalari:
Yaratiluvchi malumotlar bazasining maqsadini aniq va tushunarli qilib yozish.
MS Access dasturida yaratilgan malumotlar bazasini forma korinishida aks ettirish, unga sorovlar berish va hisobotlar tayyorlash.
MS Access dasturining imkoniyatlari va ulardan foydalanish boyicha aniq xulosalar yozish.
Nazariy qism:
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora
ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o’z vaqtida
qayta ishlash choralarining yangi usullarini izlab topishga undamoqda.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni
yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan
biridir. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma’lumotlar
bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
So’ngi vaqtlarda axborotli muhitda, katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana
shu o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o’z
navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati bugungi holatdan
ancha yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ko’lamini
kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy
kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish,
rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb
muammolaridan biridir.
Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish,
qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o’rganish va turli sohalarga tatbiq qilish
mazkur mavzuning predmeti hisoblanadi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi
ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi
ma’lumotlar to’plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o’rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi.
Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o’quv yurti va boshqalar. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora
ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o’z vaqtida
qayta ishlash choralarining yangi usullarini izlab topishga undamoqda.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni
yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan
biridir. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va korxonalar ishlarini ma’lumotlar
bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
So’ngi vaqtlarda axborotli muhitda, katta o’zgarishlar bo’lib bormoqda. Ana
shu o’zgarishlar qog’ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o’z
navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati bugungi holatdan
ancha yuqori bo’lishi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ko’lamini
kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy
kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish,
rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb
muammolaridan biridir.
Boshqaruv jarayonidagi axborotlarni saqlash, saralash, uzatish, qabul qilish,
qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o’rganish va turli sohalarga tatbiq qilish
mazkur mavzuning predmeti hisoblanadi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit obyektlari haqidagi
ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq obyektlari haqidagi
ma’lumotlar to’plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o’rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi.
Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o’quv yurti va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar
bo’yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga
intiladi. Buni esa ma’lumotlarni tuzulmaviy tartiblashtirgan holda, ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo’llabgina bajarish mumkin.
Informatsion tizimlarni yaratish bo’yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar
hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning
yaratilishiga olib keldi.
Ma’lumotlar bazasi - biror sohaga oid o’zaro bog’langan ma’lumotlar
yig’indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib
aytganda, ma’lumotlar bazasi - bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir
strukturali, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo’lib, u biror bir
obyektning xususiyatini, holatini yoki obyektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum
ma’noda tavsiflaydi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat
vositalarining murakkab majmui bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar
bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT
o’z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari
deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access, Workbench, Navicat,
PHP My Admin, dbForge Studio for MySQL, HeidiSQL, SQL Maestro, EMS SQL
Manager, SQLyog, DBTools Manager, MyDB Studio va boshqalarni misol keltirish
mumkin.
MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda
ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo’lmasdan, ularning strukturasini ham
tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin
ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi.
Microsoft Access 2013 dasturini bir nеcha usul bilan ishga tushirish mumkin:
1. Ish stoli mеnyusidan quyidagilarni bajarish orqali:
“Пуск” → “Все Программы” → “Microsoft Office 2013” → “Access 2013”
va enter tugamasi bosiladi.
2. Microsoft Access da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamid, bunda
Acess dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
Microsoft Access 2013 dasturi ishga tushirilgandan so’ng monitor ekranda
quyidagi ko’rinishdagi rasm paydo bo’ladi. Bu rasm Access dasturining ko’rinishi
(logotipi)dir.
Access dasturi ishga tushirilgach quyidagi ko’rinishni aks ettiradi.
Mеnyu qatori (gorizontal mеnyu). Microsoft Office dasturlar paketi
tartkibida joylashgan boshqa amaliy dasturlardan ko’ra MS Access dasturining
menyular qatori kam bo’limlarga egaligi bilan ajralib turadi. Unda quyidagi
bo’limlar mavjud: [Файл] (Fayl), [Главная] (Asosiy), [Создание] (Yaratish, hosil
qilish), [Внешние данные] (Tashqi ma’lumotlar), [Работа с базами данных]
(Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash).
1.[Файл] (Fayl) –ushbu menyu yordamida foydalanuvchilar, elektron hujjat
haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari, yangi ma’lumotlar bazasini hosil qilishlari,
kompyuter xotirasida mavjud hujjatlarni ochishlari, hujjatlarni o’z hohishlariga
binoan kompyuterning ixtiyoriy diskida saqlashlari, bosmaga chiqarishlari, umumiy
foydalanishni cheklashlari, parol qo’yishlari, boshqa fayl kengaytmalariga eksport
qilish va elektron hujjatdan chiqib ketishlari mumkin.
2. [Главная] (Asosiy) –ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar, kompyuter
xotirasidagi obyektlarni joylashtirishlari, biror-bir obyektni qirqib olishlari, shrift
kata –kichikligini o’rnatishlari, belgilangan matn bo’laklarini qalinlashtirish, qiya
qilib yozish va tagiga chizishlari, kiritilgan matnga rang berish, yozuv turuni
o’zgartirish, biror bir obyektni tez qidirib topish, ma’lumotlarni filtirlash, kiritilgan
yozuvlarni orfografik tekshirishlari, jadval kengligi, balandligini o’zgartirish va
boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
3. [Создание] (Yaratish) –ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar,
yaratilayotgan yangi ma’lumotlar bazasida asosiy ishtirok etadigan, jadvallar,
so’rovlar, formalar, hisobotlar, makroslar va har bir aytib o’tilgan obyektlarning
xossalari (oddiy, konstruktor, master) bilan ishlashlari mumkin.
4. [Внешние данные] (Tashqi ma’lumotlar) –foydalanuvchi ushbu
bo’limda, MS Accessda yaratilgan ma’lumotlarni boshqa elktron hujjatlar (MS
Excel, matn hujjalari, ma’lumotlar bazzasi bilan ishlovchi dasturlari)ga import va
eksport qilishlari va boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
5. [Работа с базами данных] (Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash) –bu
bo’limda foydalanuchi tomonidan yaratilgan ma’lumotlar bazasi ustida bir qancha
amaliyotlarni bajarishlari mumkin. Masalan: bir qancha ma’lumotlar bazasini bir
biriga bog’lashlari, arxivlash, makro buyruqlar ustida ishlash, ma’lumotlar bazasini
qayta tiklash va shunga o’xshash boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.
Umuman olganda [Работа с базами данных] (Ma’lumotlar bazasi bilan
ishlash) bo’limi yaratilgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning ohirgi qaydlarni
bajarish uchun xizmat qiladi.
Har qanday ishlab chiqarilgan dasturning asosiy obyektlari mavjud bo’ladi. Bu
obyektlar, dasturning ishlash funksiyasi nimadan iboratligi va dastur nima uchun
mo’ljallanganligini o’zida aks ettiradi.
MS Accessda jadval ko’rinishida “Конструктор таблиц” (Jadvallar
konstruktori) yaratilayotgan MB larini ajratish uchun ikkita ustunga bo’lingan.
Bular, “Имя поля” (Maydon nomi) va “Тип данных”
(Ma’lumotlar turi).
1. “Имя поля” (Maydon nomi) –har bir maydon
jadvalga mos ravishda unikal (noyob) nomga ega bo’lishi
zarur. Bu nom –harflardan, raqamlardan, bitta bo’sh joy
(probel)dan, maxsus belgilardan iborat bo’lishi mumkin.
Ustunga nom berishda quyidagi (.), (!), ([ ]), (‘) belgilardan
foydalanish mumkin emas. Shuningdek, nom berishni bo’sh
joy (probel)dan boshlab bo’lmaydi. Maksimal nom berish 64
simvoldan oshmaydi.
2. “Тип данных” (Ma’lumotlar turi) –Yartilayotgan MBni MS Access
dasturi ma’lumotlarni saralash uchun “Тип данных” (Ma’lumotlar turi)dan
foydalanadi. Har bir nomga tegishli ma’lumotlar, ma’lumot turi bilan farqlanadi.
“Тип данных” (Ma’lumotlar turi) o’zida quyidagi “Текстовый” (Matnli), Поле
МЕМО (Memo maydon), “Числовой” (Raqamli), “Дата/время” (Sana va vaqt),
“Денежный” (Pul birliklari), “Счетчик” (Sanovchi), “Логический” (Mantiqiy),
“Поле объекта OLE” (OLE maydoniga tegishli obyekt), “Гиперссылка” (Giper
murojaat), “Вложение” (Ilova), “Вычисляемый” (Hisoblovchi), “Мастер
подстановок” (Qidirish ustasi) kabi obyektlardan tashkil topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://uz.eyewated.com
2.https://www.microsoft.com
Internet resurslari
Do'stlaringiz bilan baham: |