3-mavzu: Metodika fani o`qituvchisining o`quv-me`yoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi. Metodika fanlarini o`qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar ( 2 soat) Reja: - Metodika fani o`qituvchisining o`quv-me`yoriy hujjatlari va metodik ishlari.
- Metodika fanlarni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash texnologiyasi.
- Metodika fanlarini o`qitish texnologiyasiga zamonaviy yondashuvlar
Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari va meyorlari Pedagogika nazariyasida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari V.V. Kraevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardir: - 1. Ta’lim mazmunining jamiyat, fan-madaniyat va shaxs muvqfiqligi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalami, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlami kiritishni ko‘zdatutadi.
- 2. O`qitishning mazmun protsessual jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o‘quv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ulami amalga oshirish texnologiyalari va o‘zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.
- 3. Turli sathlardagi ta ’lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasawur, o‘quv fanlari, o‘quv materiallari, ta’lim oluvchining shaxsi kabi qismlarning muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi.
- 4. Ta ’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma’naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol jjodiy va amaliy o‘zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.
- 5. Ta lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlami integratsiyalash, uzviylik va fanlararo aloqalarni o‘matishni talab qiladi.
- 6. Ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili.
Zamonaviy pedagogika fani ta’lim mazmunining quyidagi komponentlarini belgilaydi: Shaxsning kognitiv tajribasi - Bu komponent tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika, faoliyat usullari to‘g‘risidagi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Bu asosiy komponent hisoblanadi. Chunki shaxs shakllanishining asosini bilim tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkuming rivojlanishi qonunlarini bilish natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlaming asosiy fimksiyalari dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni ta’minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir. Ta’lim mazmunining amaliy komponenti malaka va ko‘nikmalami shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual malaka va ko‘nikmalar mavjud. Malaka va ko'nikmalar barcha o‘quv fanlari uchun umumiy bo‘lishi mumkin. U har bir o‘quv fani uchun o‘ziga xos va xarakterli bo‘ladi. Malaka va ko‘nikmalar muayyan faoliyat tunning asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, qadriyatlarga yo‘naltirilgan va kommunikativ turlarini qayd qilish mumkin. Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolami hal qilish va voqelikni ijodiy qayta yaratishga tayyor bo‘lishda namoyon bo‘ladi.
Shaxs munosabatlari tajribasi - Bu asoslash (motivatsiya) — baholash, hissiylik, irodalilik munosabatlar tizimidan iboratdir. Bu tajriba dunyoga, voqelikka, odamlarga baho berish munosabatida namoyon bo‘ladi. Xotima. Mutaxassis shaxsi rivojlanishining asosiy vositalaridan biri va ulaming chuqur fundamental bilim hamda amaliy tayyorgarligi oliy maktabdagi ta’lim mazmuni bilan belgilanadi. Ta’lim mazmuniningrivojlanishi shuni kol rsatadiki, i ta’lim oluvchining ijtimoiy va individual talablarini hisobga oladi hamda tobora takomillashtirib borish, tarbiyalash hamda bilish ahamiyatini kasb etadi. Pedagogika nazariyasi ta’limning bir necha shakllanish tamoyillarini asoslab berdi. Shag: ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat, shaxs rivojlanishi talablariga muvofiqligi tamoyili, ta’limningyagona mazmun va protsessualjihatlari mazmuni, turli sathlarda ta’lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, ta’lim mazmunining asoslanganligi, ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi.
Ta’lim mazmunining asosiy komponenti quyidagilar: - shaxsning kognitiv tajribasi,
- amaliy faoliyat tajribasi,
- ijod tajribasi,
- shaxs munosabatlari tajribasi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! - E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |