Mavzu: Kishilik olmoshi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga kishilik olmoshi haqida ma’lumot berish. Olmosh turlarini bilish yozma va og’zaki nutqlarini o’stirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni o’z xalqiga, Vataniga sadoqatli farzandlar qilib tarbiyalash. Jamiyatga millatga va fanga bo’lgan e’tiborini.
d) Rivojlantiruvchi: Nutqiy vaziyatlarda olmoshlardan to’g’ri foydalana olish malakasini oshirish.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, test, kadoskop, rag’bat kartochkalari, sayohat xaritasi.
Dars turi: noan’anaviy.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish.
Davomatni aniqlash.
d) O’quvchilar ruhini darsga moslash.
Aziz o’quvchilar! Bugungi darsimiz har doimgi darsimizdan farq qiladi. Bugun biz sizlar bilan sayohatga chiqamiz. Mana bizning mustaqillik tufaylik yangidan ta’miqlangan 16 – maktabimizga avtobus keldi. Barchamiz avtobusga chiqib sayohatni boshlaymiz. Manzilimiz Toshkent, Samarqand va Xorazm shaharlari.
Bu yil mustaqiligimizning yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi. Shuningdek, o’rta ta’lim maktablarida oktabr oyining, “Ona tili va adabiyot” oyligi deb e’lon qilingan. Muhim sanalardan yana – biri esa 21 oktabr 1989 yili kuni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan.
A. Oripovning “Ona tilim” she’ri o’qiladi, ona tili haqida ma’lumotlar beriladi.
Sayohat xaritasi orqali Angrendan Toshkentga yo’l olamiz. Angren haqida ma’lumotlar aytib o’tiladi va shahardan chiqib ketish joyida DAN xodimi to’xtatadi. O’ning qo’lidagi topshiriq mavzu yuzasidan bo’ldi.
Uyga vazifani so’rash.
“Bilimdonlar sinovi” o’tkaziladi. Bunda draxt shohidagi barglarga yozilgan savollarga javob beriladi.
Olmosh haqida ma’lumot bering.
Olmoshlar ma’nosiga ko’ra nechta turga bo’linadi?
Ko’rsatish olmoshlari haqida so’zlang.
Ular qaysilar?
Savollarga javob berilgach, poytaxtimiz Toshkent, tomon yo’l olinadi. Toshkent haqida ma’lumot beriladi.
Toshkent shahrida sayohatchilarni milliy kiyimdagi go’zal, qiz kutib oladi. Shaharga kirishdan oldin uning topshirig’i ham bajarilishi kerak topshiriq kishilik olmoshlari haqida bo’lib, u yangi mavzu hisoblanadi.
Yangi mavzu bayoni:
Kadoskopda kishilik olmoshlari haqidagi ma’lumot ko’rsatiladi.
Darslikdagi 1-2 – topshiriqlarning og’zaki bajarish orqali yangi mavzu tushuntiriladi.
52 – mashq xattaxta va daftarlarga bajartiriladi.
Berilgan jadvalni kataklarga mos olmoshlarni qo’yib, to’ldiring.
son
shaxs
|
Birlik
|
Ko’plik
|
1 – shaxs
2 – shaxs
3 - shaxs
|
Men
Sen
U
|
Biz
Siz(lar)
Ular
|
53 – mashq og’zaki bajariladi.
54 – mashq o’z – o’zini tekshirish diktanti tarzida o’tkaziladi.
Topshiriqlar bajarilgach Samarqand shahri tomon yo’l olinadi. Shahar haqida ma’lumotlar berish orqali manzilga yetamiz. Bizni bu yerda ham Samarqandcha milliy kiyim kiygan qiz kutib oladi. Uning topshirig’i o’tilgan mavzuni mustahkamlash orqali bajariladi.
5 ta test kadaskop orqali ko’rsatiladi. Testlar bajarilgach to’g’ri javob ko’rsatiladi. O’quvchilar bir – birini baholaydilar.
1. Olmoshlar ma’nosiga ko’ra necha turga bo’linadi?
A) 3 turga S) 7 turga
B) 2 turga D) 5 turga
2. Olmoshlar qaysi, so’z turkumlari o’rnida keladi?
A) ot S) son
B) sifat D) A,B,S javoblar to’g’ri
3. Mendan rozi bo’linglar, men ham sizlardan roziman. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?
A) Belgilash olmoshi
B) Kishilik olmoshi
S) Ko’rsatish olmoshi
D) Gumon olmoshi
4. Buni eshitgan Sherzod: - Nima gap ? – deb so’radi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan?
A) Ko’rsatish va so’roq olmoshi
B) Kishilik olmoshi
S) O’zlik olmoshi
D) Ko’rsatish olmoshi.
5. Men unga havas qilaman. Ushbu gapda qanday tovush o’zgarishi mavjud?
A) Tovush ortirilishi
B) Tovush tushushi
S) Tovush almashishi
D) Tovush o’zgarishi yo’q.
Test topshirig’i bajarilgach, darslikdagi savol va topshiriqlar bilan ishlanadi.
Shu bilan Samarqand safari yakunlanib Xorazmga yo’lga tushiladi. “Lazgi” kuyi ostida Xorazmlik yigit sayohatchilarni kutib oladi. Uning topshirig’i – uyga vazifa berish
56 – mashqni bajarib kelish.
Savollarga javob yozish.
Uyga vazifa berilgach, dars yakunlanadi. Faol ishtirok etgan va ko’proq rag’bat kartochkasi yig’gan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |