MAVZU: KIMYOVIY BOG’LANISH VA UNING TURLARI.
REJA:
Kimyoviy bog‘lanish turlari.
Kovalent bog‘lanish.
Metall, vodorod hamda ionli bog‘lanish.
4. Kovalent bog‘lanish xossalari.
Kimyoviy bog‘lanish turlari.
Kimyoviy elementlar orasidagi bog‘lanishni bilish kimyoni o‘rganuvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ana shundagina kimyoviy birikmalarning turli-tumanlik sabablarini,ularning hosil bo‘lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushunib olish mumkin bo‘ladi.Kimyoviy elementlar atomlarini o‘rganish asosida atomning tashqi energetik pog‘onasida bittadan sakkiztagacha elektron bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Agar atomning tashqi pog‘onasidagi elektronlar soni shu pog‘ona sig‘dira oladigan eng ko‘p elektronlar soniga teng bo‘lsa, u holda bunday pog‘ona tugallangan pog‘ona deyiladi. Tugallangan pog‘onalar juda mustahkamligi bilan tugallanmagan pog‘onadan farq qiladi. Nodir gazlar atomlarining tashqi pog‘onalari ana shunday tugallangan pog‘onalardan iboratdir.Kimyoviy elementlar o‘zaro bog‘lanish tabiatiga qarab kovalent, ionli, metall va vodorod bog‘lanishlarga bo‘linadi.Kimyoviy bog‘lanish xususiyati atomlarning tabiatiga, ya’ni ularning tuzilishi va xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning xususiyatlari ko‘p jihatdan elektrmanfiylik deb ataluvchi atomlarning xossalariga bog‘liq bo‘ladi.Kimyoviy element atomi o‘zining sirtqi qavatini tugallash uchun boshqa atomlardan elektronlar tortib olish xossasi elektrmanfiylik deb ataladi. Elementlar elektrmanfiyligi ularning davriy jadvaldagi o‘rinlariga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoviy elementning atomi sirtqi elektronlarini qancha puxta ushlab tursa va boshqa atomlardan elektronni qanchalik kuchli tortsa, bu element shuncha ko‘proq elektrmanfiy bo‘ladi. Ammo bizga ma’lumki, davrlarda element tartib raqamining ortib borishi asosiy gruppachalarda element tartib raqamining kamayishi bilan atomlardan elektronlar tortib olish tobora qiyinlashadi, qo‘shimcha elektronlar biriktirib olish esa tobora osonlashadi. Demak, davrlarda elementlarning elektrmanfiyligi chapdan o‘ngga tomon, bosh gruppalarda esa pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Shu sababli kimyoviy elementlar ichida eng elektrmanfiysi ftordir. Ftor davriy jadvalning (inert gazlar hisobga
olinmaganda) yuqorigi o‘ng burchagini ishg‘ol etadi, binobarin, u har qanday boshqa elementga qaraganda yo yuqorida o‘ngda, yoki ham yuqorida, ham o‘ngda joylashgan. Shuning uchun ftorning barcha boshqa elementlar bilan (tartib raqamlari katta inert gazlar bilan ham) birikishida ftor atomlari shu elementlarning atomlaridan elektronlarni o‘ziga tortadi. Ftordan chaproqda kislorod joylashgan. Kislorod ham o‘zining ftor bilan hosil qilgan birikmalaridan tashqari boshqa barcha birikmalarida faqat manfiy oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Ftordan boshqa metallmaslarning atomlari qaysi element bilan birikishiga qarab, musbat oksidlanish darajasini ham, manfiy oksidlanish darajasini ham namoyon qila oladi. Kimyoviy elementlar ortib borishi
tartibida quyidagicha qatorga terilishi mumkin: Si, As, H, P, Se, I, C, S, Br, Cl, N, O, F. Kimyoviy elementlar bir-biri bilan birikishida elektronlar shu qatorda chaproqda turgan element atomidan o‘ngroqda turgan element atomiga tomon siljiydi. Kimyoviy bog‘lanishlarni turlicha ifodalash qabul qilingan:1) elementning kimyoviy belgisiga qo‘yilgan nuqtalar ko‘rinishidagi elektronlar yordamida. Bunda vodorod molekulasining hosil bo‘lishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:H + H H: H
2) kvant katakchalar (orbitallar) yordamida, bunda qarama-qarshi spinli ikkita elektronning bitta molekular kvant katakchada joylashuvi sifatida ko‘rsatiladi:
y o k I 1 s1 1 s1 1 s2 H H H H H H2 +
Chap tomonda joylashgan molekular-energetik pog‘ona boshlang‘ich atom pog‘onalariga qaraganda past va, binobarin, moddaning molekular holati atom holatiga nisbatan barqaror
ekanligini ko‘rsatadi;
3) ko‘pincha, ayniqsa, organik kimyoda kovalent bog‘lanishning elektronlar jufti chiziqcha (shtrix) bilan tasvirlanadi(masalan, H—H).Kimyoviy bog‘lanish har qaysi atomning juftlashmagan elektroni hisobiga hosil bo‘ladi. Juftlashmagan elektronlar bog‘lanib, umumiy elektronlar juftini hosil qiladi, u taqsimlangan juft ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |