2. Kovalent bog‘lanish Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari deyiladi. Kovalent bog‘lanishning ikki turi: qutbsiz va qutbli bog‘lanish bor. Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2, Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi. Bu gazlarda kimyoviy bog‘lanishlar umumiy electron juftlar vositasida, ya’ni muvofiq elektron bulutlarning o‘zaro qoplanishi tufayli hosil bo‘ladi; bu jarayon atomlar bir-biriga yaqinlashganida yadro bilan elektron orasidagi tortishuv natijasida amalga oshadi. Qutbsiz kovalent bog‘li moddalarning elektron formulalarini qanday tartibda tuzish kerakligini (azot molekulasi N2 misolida) qarab chiqamiz:
1. Elektronlarning azot atomidagi energetik pog‘ona va pog‘onachalarga joylashish sxemasini yozamiz: +7N 1 s2 2 s2
2. Azot atomida uchta toq elektron borligini aniqlab olamiz: shunga ko‘ra, N2 molekulasi tarkibida ikkita azot atomi orasida uchta bog‘lovchi elektron juft hosil bo‘lishi kerak: N : N
3. Har qaysi azot atomining tashqi elektron pog‘onasida qoladigan ajralmas bir juft elektronni alohida tarzda quyidagicha belgilaymiz::N: N:
Qutbli kovalent bog‘lanish.Elektrmanfiyliklari jihatidan bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Buning natijasida kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning bu ko‘rinishi anorganik va organik birikmalarda eng ko‘p uchraydi. Kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishining boshqacha — donor-akseptorli mexanizmi ham bo‘lishi mumkin. Bu holda kimyoviy bog‘lanish bitta atomning ikki elektronli buluti bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vujudga keladi. Misol tariqasida ammoniy ioni NH4+ ning hosil bo‘lish mexanizmini ko‘rib chiqamiz. Ammiak molekulasida azot atomining bo‘linmagan elektronlar jufti (ikki elektronli buluti) bo‘ladi: Vodorod ionida ls- orbital bo‘sh (to‘lmagan); uni shunday belgilash mumkin: H+. Ammoniy ioni hosil bo‘lishida azotning ikki elektronli buluti azot bilan vodorod atomlari uchun umumiy bo‘lib qoladi, ya’ni u molekular-elektron bulutga aylanadi. Demak, to‘rtinchi kovalent bog‘lanish vujudga keladi. Ammoniy ioni hosil bo‘lish jarayonini ushbu sxema bilan ko‘rsatish mumkin: Vodorod ionining zaryadi umumiy bo‘lib qoladi (u delokallashgan, ya’ni barcha atomlar orasida tarqalgan), azotga tegishli ikki elektronli bulut (taqsimlanmagan elektronlar jufti) esa vodorod bilan umumiy bo‘lib qoladi. Sxemalarda katakchaning tasviri Ѓ ko‘pincha tushirib qoldiriladi.