Mavzu: Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
Reja:
1. Kirish
2. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
3. Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari
4.
5. xulosa
6. foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda kasbiy psixologiya va jamiyat tizimidagi faoliyat sohalarining asosiy vazifasi – kasbiy faoliyatning asosiy subyekti bo‘lgan shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, shaxsning dunyoni bilish va anglash jarayonlari, hissiy-irodaviy sohasi, alohida tipologik xususiyatlarini tadqiq etish, faoliyat tizimiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar, kasbiy mahorat sirlarini tahlil qilish, faoliyat sohasini boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tatbiq etishdir.
Xаlqimizning bоy tarixiy-madaniy mеrоsi vа umuminsоniy qаdriyatlаri аsоsidа milliy mаdаniyat, iqtisоdiyot, fаn-tехnikа vа tехnоlоgiyalarning yangi yutuqlаri аsоsidа mukаmmаl tаyyor-gаrlikdаn o‘tgаn kаdrlаrni tаyyorlаshning yangi tizimini shаkl-lаntirish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tаrаqqiyotining muhim shаrtlаridаn biri bo‘lib qоldi.
O‘zining hаq-huquqlаrini tаniydigаn, kuchi vа imkоniyatlаrigа tаyanаdigаn, аtrоfidа sоdir bo‘lаyotgаn vоqеа-hоdisаlаrgа mustаqil fikrlash, alohida munosabat orqali yondаshаdigаn, аyni paytda o‘zining shахsiy mаnfааtlаrini mаmlаkаt vа хаlq mаnfааtlаri bilаn uyg‘un ko‘rаdigаn shахs - fuqаrоlаrni vоyagа yеtkаzish tizimini hаyotgа tatbiq etish bugungi kunning eng muhim masalasi sanaladi.
…“Ko‘zlagan maqsadlarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘l-masin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Aj-dodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi...
Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir!...”
Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta ijtimoiy muhit ta'sirida ostida rivojlanadi, shaxsning kasbiy faoliyati davomida ijtimoiy-psixologik muhit unga ijobiy ta'sir ko‘rsatib rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi.
Ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri, ta’lim beruvchi o‘qituvchi shaxsidir, shu sababdan pedagoglarning kasbiy tayyorgarligiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.
XX asr boshlarida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi – kasbiy faoliyat turlarini, kasbiy faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga qo‘yadigan talablarini, kasbiy layoqat, ko‘nikma va malakalarni o‘rganadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli kamchiliklar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni tashxis qilish orqali, ish faoliyatining samaradorligiga katta e’tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning amaliy natijaga erishish aspektlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi.
Mehnat psixologiyasi – insonning mehnat qurollari, ishlab chiqarish vositalari, mehnat faoliyati va ish sharoitiga ko‘nikishini o‘rganadi.
Inson shaxsining xususiyatlari hamda uning ishlab chiqarish muhiti bilan o‘zaro hamkorligi mehnat psixologiyasining predmetini tashkil qiladi.Mehnat faoliyatining psixologik mohiyati insonga uning kasbi taqozo etadigan psixik xususiyatlarga, holat va jarayonlarga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi.
Mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar – kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari haqida, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Aynan ushbu tushunchalar kasbiy psixologiyaning predmetini tashkil etadi.
Shuning uchun, kasb tanlash sohasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, kasb tanlashga ongli munosabatni shakllantirish, kasbiy inqirozli holatlar va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlar zarur bo‘ladi. Shu bois, hozirgi kunda kasbiy psixologiyaga doir bilimlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Psixologiya – psixik faktlar, psixik qonuniyatlar va psixikani harakatga keltiruvchi kuchlarni o‘rganadi, psixologiya shaxs va uning faoliyati haqidagi fan sanaladi, psixologiyaning asosiy o‘rganish obyekti – bu psixika.
Insonda jismoniy tanadan tashqari, undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffa-qiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilib ko‘rishgan. Ammo ular mifologik xarakterda bo‘lib, fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallangan.
Odam psixikasi(ruhiyati)ning mo‘jizaviy imkoniyatlari haqidagi dastlabki qarashlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixik xususiyatlar “jon”ning ishi deb tushuntirilgan, “jon”ning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb tasavvur qilingan.
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo‘lishi haqida yana bir qancha turli-tuman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va uning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti masalalariga har xil nuqtayi nazardan yondashib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |