Mavzu: Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari



Download 65,45 Kb.
bet7/8
Sana12.01.2022
Hajmi65,45 Kb.
#335948
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu

Eksperiment metodi. Tajriba o‘tkazish metodi orqali tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o‘sishi, muammoli vaziyatlarni hal qilishi, shaxsning his-tuyg‘ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi, inson psixikasining nozik ichki bog‘lanishlari va qonu-niyatlari tekshiriladi. Tajriba o‘tkazuvchi mutaxassis, eksperimental materialini sinchkovlik bilan tanlashi, tajriba ishiga obyektiv tarzda yondashishi, zarur holat va vaziyatlarni yarata olishi, bunda sinaluv-chining yoshi, aql-idroki, temperament tipi, xarakter xislatlari, hissiy kechinmalari, irodaviy sifatlari, qiziqish va moyilliklari, turmush tajribasi, bilim, ko‘nikma va malakalariga e’tibor berishi lozim bo‘ladi.

Tajriba metodining tabiiy va laboratoriya turlari ajratiladi.

Tabiiy tajriba metodining ilmiy asoslari1910- yilda A.F.Lazurskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy metod yordamida tashkilot, muassasa, ishlab chiqarish korxonasi xodimlarining o‘zi egallab turgan vazifasiga loyiqlik darajasi, ularning o‘zaro munosabatlari, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ish qobiliyatlarini tahlil qilish kabi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi.

Tabiiy tajriba o‘tkazish usuli, sinaluvchilar(bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab o‘quvchilari, ishchi-xodimlar, turli yoshdagi kishilar v.b) uchun odatiy bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi, bu esa laboratoriyada yuz berishi mumkin bo‘lgan hissiy zo‘riqishlarning oldini oladi va natijalarning ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.

Tajriba o‘tkazishning laboratoriya usuli, ko‘pincha yakka tartibda, ba’zan guruh shaklida maxsus jihozlangan xonalarda maxsus anjomlar, yo‘riqnomalar, tavsiyalar, ko‘rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi.

Hozirgi kunda inson psixikasidagi ko‘zga ko‘rinmas o‘zgarishlarni ham aniqlay oladigan asboblar multimedia qurilmalari mavjudki, ular odamdagi psixik jarayonlar, hissiy holatlar, alohida psixik o‘zgarishlarni qayd etadi.

Tajriba metodining laboratoriya usuli yordamida diqqatnning sifatlari(ko‘chishi, ko‘lami, barqarorligi), idrokning xossalari, xotira va tafakkur jarayonlarining xususiyatlari, hissiy kechinmalar, iroda-viy zo‘r berish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. La-boratoriya sharoitida kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, port-lash, izdan chiqish, shovqin ko‘tarilishi)ning modellari yaratiladi, natijada odam psixikasidagi o‘zgarishlar, rivojlanish sur’ati, jismoniy va aqliy toliqish, hissiy-irodaviy hamda asabiy zo‘riqishlar, tanglik holati qanday sodir bo‘layotganligini ifodalab beradigan qimmatli ma’lumotlar olinadi.

Tajriba o‘tkazish - aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi qismlarga bo‘linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat o‘yin, mehnat, o‘qish kabi faoliyatlarda tadqiq etiladi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi ruhiy holati va uning imkoniyati aniqlanadi, tekshiruvchi tomonidan sinaluvchiga subyektiv ta’sir o‘tkazmasligi belgilab qo‘yiladi.

Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda muayyan bir sifatni shakllantirish, ko‘nikma va malakani hosil qilish rejalashtiriladi. Tajriba yakka yoki guruh tarzida o‘tkazilishi mumkin, buning uchun zarur bo‘lgan tajriba materiali oldindan tayyorlab qo‘yilishi shart hisoblanadi.

Tekshirish tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan sifat, ko‘nikma va malakaning egallaganish darajasi, uning barqarorligi aniqlanadi, natijalar orqali tarkib toptiruvchi tajribaning samarasi o‘lchanadi.

Mazkur bosqichda tekshiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o‘tkazish tamoyili buziladi.

Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig‘ilgan ma’lumotlar, miqdoriy-statistik metodlardan foydalangan holda qayta ishlab chiqiladi, statistik metodlar yordamida odamning bilish jarayonlari va individual-tipologik xususiyatlarining bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi.




Download 65,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish