Muloqot psixologiyasi
Reja:
1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar.
2. Muloqot kishilarning o`zaro munosabatga kirishish jarayoni ekani.
3. Muloqot ma’lumot almashinuvi jaryoni.
4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni.
5. Tadbikiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi.
6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash.
Kommunikativ- muomala sub’ektlarning o’zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini ta’minlaydi.
Interaktiv- sub’ektlarning o’zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta’sirlarini ta’minlovchi jarayon.
Perseptiv- sub’ektlarning bir-birilarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta’minlovchi muloqot tomoni.
Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishga intilish.
Stereotipizatsiya- ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish.
Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan noto’g’ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi.
Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan.
Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda o’tishi tushuniladi.
Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy.
Muomala texnikasi- uning samarasini ta’minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko’nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi.
Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo’llab quvvatlash mexanizmlari kiradi.
Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir.
Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»
I ndividlarning o`zaro ta’sir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
B ir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
B ir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
S haxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |