Mavzu: kamoliddin behzod va miniatyura san’ati



Download 2,16 Mb.
Sana12.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#657554
Bog'liq
Kamolidin behzod sanati


MAVZU:KAMOLIDDIN BEHZOD VA MINIATYURA SAN’ATI
Behzod Kamoliddin (1455, Hirot — 1536), miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri sanʼatkori. Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhiblar yetakchisi, ustozi. „Ikkinchi Moniy“ degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh oʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar.
B. shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. B. ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda—Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan.
B. musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487-yil Sulton Husayn farmoni bilan B. saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behyud" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar (qarang Hirot minniatyura moktabi). Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻddi, koʻplab moʻʼtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining—Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrakushoy (portret)larini yaratdi, bir guruhyoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi.
1507—10 yillarda B. Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida boʻldi. Bu davrdan bizgacha B. yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qoʻliga oʻtadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm oʻrgatishi uchun B.ni oʻz saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni oʻz kutubxonasidagi kitobat axli (kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarkoʻb, lojuvardshoʻy va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yil Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham B. katta obru va eʼtiborga ega boʻlgan. Tabrizda B. Sulton Muhammad, Ogʻa Mirak va Mir Mansur kabi musavvirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning maʼlumotiga koʻra, B. hayotining oxirida ona shahri Hirotga qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musavvirning qabri Koʻhi Muxtor (Murod togʻi; Afganistan xududida)ning xushmanzara joyida.
Oʻrta Sharkda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan B. ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan. B. oʻzidan oldingi rassomlar anʼanalarini davom ettirdi va boyitdi. Asarlarining tarxi murakkab, erkin harakatlarga boy, yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan boʻlib, ular oʻzaro uygʻun.
B. ijodi va merosi sanʼatshunoslar, rassomlar tomonidan keng oʻrganiladi. B. nomini abadiylashtirib, Oʻzbekiston Prezidenta Islom Karimovning farmoni (1997-yil 23-yanvar)ga binoan Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etildi; Milliy rassomlik va dizayn institutita B. nomi berildi.
OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori (1997-yil 23 dekabr)ga binoan, Toshkent, Samarqand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligida B. tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi (2000-yil noyabr), uning va izdoshlarining ijodini oʻrganish, merosiga oid ashyolarni toʻplashga hamda Toshkent shahrida B. nomidagi memorial bogʻ barpo etishga kirishildi. 2000-yil 23-noyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida B.ga bagʻishlab Buyuk Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekiston sanʼatshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
Saʼdiyning "Boʻston" asari qoʻlyozmasi (1478, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari; Attorning "Mantiq uttayr" asari qoʻlyozmasiga (1483, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida) 1487-yil chizilgan rasmlar; Navoiyning "Hamsa" qoʻlyozmasiga (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasi va Manchesterdagi Jon Reylands kutubxonasida) ishlangan 13 rasmning "Paygʻambar oʻz sahobalari bilan", "Xoja Abdulloh Ansoriy darvishlar bilan suhbatda", "Moniy Baxromga Diloromning rasmini koʻrsatmoqda" va boshqa miniatyuralar B.ga nisbat beriladi. Saʼdiyning "Boʻston" asarining Misr nusxasi (1488, Qohiradagi Milliy kutubxonada) rasmlari (qoʻlyozmani xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan, naqshlarni Yoriy Muzahqib yaratgan)—12 rasmdan 6 tasida B. imzosi bor: "Sulton Husayn saroyida ziyofat" (qoʻsh rasm), "Doro va otboqarlar", "Masjiddagi bahs", "Olimlar suhbati", "Zulayhoning Yusufga iltijosi" nomli rasmlar B. tomonidan yaratilgan; Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari qoʻlyozmasining (1467, AQSH, Baltimordagi Jon Xopkins untida) xattot Sherali koʻchirgan nusxasidagi 12 miniatyuraning 8 tasi (15-asr 90-yillari) B. asaridir. Rasmlarda rasmiy qabul, jang lavhalari, qalʼa qamali bilan bir qatorda Samarqanddagi Bibixonim mayejidi qurilishini tasvirlovchi qoʻshaloq rasm ham mavjud;
adiiy M.ning kitob va portret M.si kabi sohalari keng tarqalgan. Kitob M.sida rasmlar rangli qilib tempera, guash, yelim, akvarel va boshqa boʻyoqdar bilan qoʻlda bevosita qoʻlyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va boshqalar) shu kitoblarning bezaklari bilan uygʻunlashgan. M. qad.dan maʼlum boʻlgan. Qad. Misr papiruslariga xira boʻyoklar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. Soʻnggi antik M.lar (4—6-asrlar) shakllar va nurhavo holati toʻgʻri berilganligi bilan diqqatga sazovor. Bu usul Vizantiya M.si (asosan, diniy qoʻlyozmalar)da 10-asrgacha hukm surgan. M.gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13— 15-asrlar gotika M.sida naturani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn bilan izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interyer, meʼmoriy hoshiyalarga keng oʻrin berildi
Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish