Mavzu: ishlab chiqarishining aylanma mablag‘lari



Download 80,16 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi80,16 Kb.
#446082
Bog'liq
Azizjon
Mark McGovern, Hasanova Mahliyo, Azizjon Abdullayev, O‘RQ-647-сон 18.11.2020. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida, O‘RQ-407-сон 16.09.2016. Ichki ishlar organlari to‘g‘risida

MAVZU: ISHLAB CHIQARISHINING AYLANMA MABLAG‘LARI

REJA:

  • Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati.
  • Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish.
  • 3. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish.


Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi. Aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan, butunlay yo‘qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.
Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mehnat buyumlari, xususan, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, xo‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat.
Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o‘zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi.
Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ular yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taaluqli xarajatlardan iboratdir. U xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga qoplanadi.

2. Aylanma mablag‘lar va ularning aylanishini tezlashtirish

Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablag‘lar bilan uzviy bog‘liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Muomalada ishlab chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma mablag‘lar 2 ta fondni o‘z ichiga oladi:

  • -aylanma fondlar;
  • - muomala fondlari.

Aylanma fondlar, o‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bo‘ladi.
Muomala fondlariga jo‘natishga yuklangan mahsulotlar va banklardagi pul mablag‘lari kiritiladi.
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
1-bosqich - pul-tovar (P-T);
2-bosqich – ishlab chiqarish (I.Ch);
3-bosqich - tovar-pul (T-P).

3.Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish

Keyingi yillarda aylanma mablag‘larning aylanishi tezlashtirildi va ulardan samarali foydalanishga erishildi.

Kelgusida yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishiga erishish, diversifikatsiya qilingan va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish va uning rivojini jadallashtirish aylanma mablag‘lardan yanada yaxshiroq foydalanishni taqozo etadi.


Bu borada sanoat ishlab chiqarishi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish quyidagilarnia malga oshirishni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat natijalarini keng qo‘llashni;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor va me’riylar (normativlar) tizimini yaratishni;
korxonalar o‘rtasidagi uzoq muddatli xo‘jalik aloqalarini yanada yuqori darajaga ko‘tarish va ishlab chiqarish kooperatsiyasidan keng foydalanishni;
korxonalarning moddiy-tovar boyliklarida band bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag‘larini tegishli va adresli maqsadlarga sarflashni;
ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishni takomillashtirish optimal shakllarini keng qo‘llash.

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 80,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti