Mavzu: Insoniyat hayotida ta’lim va tarbiyaning o’rni; Reja: 1) Ta’limning mazmuni, maqsad va vazifalari; 2) Tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari; 3) Ta’lim va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib brogan. Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. T. insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi. Tor maʼnoda tarbiyaning shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi. Yoshlarga ta‘lim berish, tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ta‘lim tizimida ta‘lim va tarbiyaning birligi qoidasi asosiy va yetakchi qoidalardan biri hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichik mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta‘lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Demak bir butun ta‘lim jarayoni ikki o’zaro bog’liqlik: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni bilan ajralib turadi. Maktabda beriladigan ta‘lim bilan tarbiya o’rtasidagi pedagogik jarayonning butunligini ta‘min etuvchi uzviy birlik hamisha mavjud. Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ta‘lim-tarbiyaning birligi ta‘lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish va o’qitishning xilma-xil usul va uslublaridan foydalana olishga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ayniqsa, ta‘lim bilan tarbiyaning birligini ta‘minlamoq uchun: a) bayon qilinayotgan o’quv materiallarining mazmuni ham ilmiy, g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi; b) o’qitilayotgan mavzuning ilmiy va tarbiyaviy mohiyati ochib berilishi, ta‘lim jarayonida hadis, hikmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi; c) bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishi va turmushda unga amal qilinishi; d) ta‘limda muammoli jarayonni vujudga keltirish, o’quvsilarning qiziqishlari, aktivlik va tashabbuskorliklarini ta‘minlashga e‘tiborni kuchaytirish; e) ta‘lim jarayonida o’quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam hislarini tarbiyalashni ta‘minlamoq zarur. Rahmonov Muhammadsodiq K-78-21 “Iqtisodiyot”
Do'stlaringiz bilan baham: |