Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino - buyuk olim, tabib,
musiqachi. O„rta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va
vazir bo„lgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda G„arbda bag„oyat mashhur. “Tib
qonunlari” nazariy va klinik meditsina entsiklopediyasi — yunon, rum, hind
hamda o„rta osiyolik tabiblar nuqtai-nazari jamlanmasi — bir necha asr davomida,
hatto Ovrupada ham zarur qo„llanma bo„lib xizmat qilgan.
Asosiy qiziqishlari - zamonaviy meditsina yangiliklari, gomeopatiya, xalq tabobati,
zamonaviy manbalarni va meditsinaga oid referatlarni o„rganish. Olimning
o„limidan yuz yildan oshiq vaqt o„tib, Bog„doddagi din ishqibozlari Ibn Sinoning
falsafiy kitoblarini yoqib yuborishadi, oradan yana bir necha asr o„tgach, Ovrupada
katta dastgoh ixtiro qilingach, “Tib qonunlari” kitobining katta beshta tomi
nashrdan chiqarilgan. Bu - Injildan keyingi nashrdan chiqqan ikkinchi kitob
bo„ladi.
Tabobat ilmining sultoni bo„lmish Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog„ida tug„ilgan. Bizning vaqtimizgacha yetib kelgan o„zi haqidagi tarjimai
xolida yozishicha, “Otam Balxdan bo„lgan va u yerdan Buxoroga somoniylardan
Nuh ibn Mansur hukmronligi davrida keladi va u yerda o„z ishini devonxonadan
boshlaydi. Uning lavozimi - Buxoro yaqinidagi tuman markazi bo„lmish
Xarmaysanni boshqarish bo„lgan. Shu yerlarga yaqin qishloqdagi Afshonalik qizni,
ya‟ni mening bo„lajak onam Sitora - yulduzni xotinlikka oladi. U yerda avval men,
keyin mening akam dunyoga keladi.”
Ibn Sino fors-doriy tilida suhbatlashuvchi O„rta Osiyolik bo„lgan. “Qalbga orom
berish uchun” bu tilda u tez-tez to„rtliklar yozib turgan.
Ibn Sinoning ota-onasiga Husayn ismi juda yoqqan. Shu sababli birinchi o„g„lining
ismini Husayn deb qo„yishgan, lekin aslzodalar, odatda o„g„illari va kunyalariga
faxriy nom berishgan. “Shubhasiz, mening o„g„limning o„z o„g„li bo„ladi, deya
kuladi Abdulloh. Shunday ekan, mening o„g„lim Husayn aziyat chekmasin.
Bo„lajak nabiram uchun men ism tanlab qo„ydim - uning ismi Ali bo„ladi. Kunyasi
Abu Ali bo„ladi”. Abdulloh bu fikri zoye ekanligini bilmagan ham edi. Husaynning
na o„g„li, na oilasi bo„ladi.
Bir umr karvon yo„llarida shaharma-shahar kezib, bir hukmdordan boshqasining
qo„liga o„tib, yo„l uning uyiga, yo„lovchilar esa uning yaqinlariga aylanib qoladi.
Kichkina Husayn juda qiziquvchan yigitcha bo„lgan. “Nima uchun?” so„zi -
lug„atidagi eng ko„p ishlatiladigan so„z bo„lgan. Husayn besh yoshga to„lganida
oilasi Buxoro shahriga ko„chib o„tadi. Bolakayni boshlang„ich musulmonlar
maktabiga joylashadi va u yerda o„n yil ta‟lim oladi.
Xatib Ubayd sinfidagi o„n beshta bolakay orasida Husayn eng kichigi bo„lgan.
Qur‟on oyatlari, suralarni o„quvchilar arab tilida o„qishlari lozim bo„lgan.
Ko„pchilik yigitlar arab tilini bazo„r tushunishgan. Husayn o„qishni boshlashi
bilanoq ustozini savollar bilan ko„mib tashlaydi, ammo ustozi shu zahotiyoq oson
javob qaytaradi: “Qur‟onni o„rgan. U yerdan barcha savollaringga javob topasan.”
Bir vaqtning o„zida Husayn boshqa o„qituvchi bilan ham shug„ullanib,
grammatika, uslubiyat va arab tillarini o„rganadi.
Kunlardan bir kun kichik Husayn: “Men Qur‟onni butunlay yod oldim. Endi savol
bersam buladimi?”, deydi. Ustozi esa juda qattiq ranjiydi va “Qur‟onni uzoq yillar
davomida o„rganishadi va kamdan-kam musulmonlar uni yod olib, ularni hofiz,
deya ulug„lashadi”, deydi. “Demak, men hofiz ekanman!” - deya tezkor javob
qaytaradi, bolakay. Adolatsiz imtixonda Husayn barcha suralarni bir so„z ham
qoldirmay aytib beradi.
Qur‟onni xatib Ubaydning o„zi ham yoddan bilgan. Shundan keyin Husayn
maktabga bormagan. O„n yoshida, ya‟ni 990 yilga borib, Husayn ta‟limining
boshlang„ich davrini yakunlaydi. U Qur‟onni yoddan aytib, o„z xotirasi bilan
barchani hayratga soladi va arab adabiyotini nihoyatda zo„r bilishi bilan barchani
lol qoldiradi. Shu vaqtdan e‟tiboran, Ibn Sino shayh bo„ladi. Mana, shaxsiy
tarjimai xolidan parcha: “O„n yoshimda men Qur‟onni yod oldim va adabiyot
fanini o„rganib katta muvaffaqiyatlarga erishib, barchani qoyil qoldirdim”.
Aytish joizki, bolakayning misli ko„rilmagan qobiliyatlari erta sezildi. Uyidagi
xush holat o„spirinning ma‟naviy yuksalishiga zamin yaratdi. Ibn Sinoning otasi
badavlat va o„qimishli, ismoilit (sobiq islomga qarshi) o„qishlariga yaqin kishi
bo„lganki, uni izdoshlari safiga qo„shgan. Garchi ibn Sino ismoilitlardan
bo„lmagan, lekin ularning xutbalari ma‟nosi bilan sinchkoflik ila qiziqqan.
Ehtimol, Ibn Sino ismoilitlardan o„zining Qur‟onga bo„lgan tanqidiy qarashlarini
o„zlashtirgandur.
Ibn Sinoga falsafa hamda matematikani o„rgatgan birinchi ustozi Abu Abdulloh
an-Notiliy ham ushbu o„qishlar izdoshidan bo„lgan. Shogird ustozidan shunchalik
o„tib ketdiki, savol-javoblari bilan ustozini noqulay ahvolga solib qo„ya boshladi.
Ibn Sino tarjimai xolida keyingi holatni ifodalaydi: “Men mazkur ta‟rif uchun
shunday tahlil qildimki, ilgari bundayini eshitmaganman. U juda xayron qoldida,
ota-onamga meni ilmdan boshqa hech narsa bilan band qilmasliklarini maslahat
berdi. ... Yevklidning kitobi bilan ham shunday voqea soldir bo„ldi: o„qituvchim
yordamida besh-oltitta teoremani o„rgandim, qolganlarini esa mustaqil o„rgandim.
Tez orada Natili meni o„rgatishga ojiz bo„ldi. “O„zing o„qi, teoremalarni o„zing
ishlab, keyin oldimga kel”, dedi. Shundan so„ng men kitoblarni mustaqil
o„rgandim. Jarayonda menda shunchalik ko„p savollar uyg„onardiki, ularga javobni
ustozim ham bilmay, oxir-oqibat mendan olgan”.
Ibn Sino tabobat bilan juda erta qiziqqan va bu soha uning qiziqishlarining katta
qismini egallay boshlaydi. Xali 12 yoshga to„lmasidanoq, Ibn Sino o„sha
vaqtlarning faylasufi va tabibi Abu Salah al-Masihiyning maslahatiga ko„ra uning
ta‟limotini egalladi. “So„ngra men tabiblikka ixlos qo„yib, tabiblik bilan bog„liq
kitoblarni o„qiy boshladim - deb yozadi tarjimai xolida.
Tabobat esa mushkul ilm emas, men uni qisqa fursat ichida shunchalik puxta
egalladimki, davrimizning tabiblari oldimga maslahat so„rab kela boshlashdi.
Bemorlarni ko„rikdan o„tkazardim, orttirgan tajribalarim natijasida, qarshimda
shunday davo eshiklari ochildiki, ta‟rifga til ojizdir. Yoshim esa bor-yo„g„i o„n
sakkizda edi”.
Husayn tabobatni buxorolik tabib, bir qator ilmiy ishlar muallifi Abu-l-Mansur
Qamariyning qo„l ostida batafsil o„rgangan. Qamariyning qo„l ostidagi ta‟limoti
uzoq cho„zilmadi, Ibn Sino mustaqil amaliyot bilan shug„ullanadi va tez orada
shunchalik mashhur shifokor bo„lib ketadiki, uni saroyga og„ir kasal bo„lib qolgan
Buxoro amiri Nuh ibn-Mansurni davolash uchun chaqirtiradi.
Ibn Sinoning o„zi bu haqda shunday eslaydi: “Kunlardan bir kuni amir qattiq betob
bo„lib qoldi va shifokorlar uning kasalini aniqlay olishmadi. Mening ularga ismim
tanish edi va ular amirga men haqimda gapirib, meni chaqirishlarini iltimos
qilishdi. Men chaqirilgan joyga borib, ular bilan birga xizmat qildim”.
Buxoro amirining kasali va Ibn Sino uni nima bilan davolaganligi haqida ma‟lumot
yo„q, biroq, muolaja shunchalik yordam berdiki, Buxoroning yorqin amiri Nuh ibn
Mansur yana bir yil taxtni boshqargan. Minnatdorchilik evaziga Ibn Sino
somoniylarning kitob omboridan foydalanish ruxsatiga ega bo„lgan. Buxoro
kutubxonasi — o„z davrining eng yirik va eng mashhur kitoblar ombori
hisoblangan.
Ibn Sinoning o„zi Buxoro kutubxonasida ishlagan davrini ijodiy rivojining eng
muhim bosqichi deb hisoblaydi. Shu vaqtdan e‟tiboran, uning ta‟limi yakunlanib,
mustaqil hayot yo„li bosqichi boshlanadi.
Ibn Sino somoniylar kutubxonasidan bir necha yillar davomida foydalangan.
Ehtimol, o„z ichiga barcha alomatlari ila kasallik nomlari ko„rsatilgan, shuningdek,
kasallikning kelib chiqish sabablari va davosi kabilarni o„zida jamlagan
umumlashma tibbiyot asarini yaratish g„oyasi unda Buxoro kutubxonasida ishlagan
yillari uyg„ongan.
Aynan shu maqsad uchun Ibn Sino turli kitob, referatlardan parchalar ko„chirib
olgan va ularni umumlashtirgan. Shunday qilib, Ibn Sinoning eng muhim asari
“Tibbiyot fani qonuni” uchun materiallar tayyorlangan va bu ish ustida u ko„p
yillar ishlagan.
999 yil otasi Abdulloh ibn Xasan vafot etadi va Ibn Sinoning yelkasiga yaqinlariga
g„amxo„rlik qilish vazifasi tushadi. Afsuski, sobiq ismoilitlar oilasiga hokimiyat
tepasidagilar qattiq shubha bilan qarashardi, Ibn Sinoning ahvoli juda tang va
hatto, xatarli edi. Shu sababli u Xorazmning poytaxti Gurganjga ko„chib ketishni
qaror qiladi.
Afsuski, Husayn o„limining oxirigacha musofirchilikda u shahardan boshqachiga
ko„chib, oxir-oqibat ona vataniga qaytib kela olmaydi. U Xorazm, Abiverda,
Nishopur, Tua, Gurgan, Rey, Xamadan, Isfagan kabi shaharlar hukmdorlarini
ko„rdi, ko„plab shahar va qishloqlarda bo„ldi. Hayotida ko„p yo„qotishlarni
boshdan kechirdi, ko„pincha hokimiyat tepasiga chiqib, tez orada yana pastga
tushar, goh vazir bo„lsa, goh zindonga tushar edi, dabdabada ham,
yetishmovchilikda ham kun ko„rdi, lekin o„zining ijodiy va ilmiy ishini qilmagan
biror kun bo„lmadi.
1002 yil Buxoro turklar tomonidan qamal qilinib, somoniylar sulolasi ag„darilgach,
Ibn Sino Xorazm hokimi saroyiga Urganchga yo„l oladi. U yerda Ibn Sinoni
“shifokorlar hokimi” deya nomlashgan. 1008 yil sulton Mahmud G„aznaviyga
xizmati qilishgan bosh tortgan Ibn Sinoning farovon hayoti darbadarlikka
almashadi. O„zining ayrim asarlarini u uzoq safar vaqti egarda yozgan.
1015-1024 yillar Xamadonda yashab, ilmiy faoliyatini amirlikning siyosiy va
davlat ishlarida faol ishtiroki bilan umumlashtirgan. Amir Shams ad-Davlani
muvaffaqiyatli davоlaganligi uchun unga vazirlik lavozimi topshiriladi, ammo
atrofini harbiy dushmanlar o„rab oladi. Amir askarlarning Ibn Sinoga g„aznani
topshirish talablarini rad etadi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qilib,
hukmronlik qilib turgan yerlaridan tashqariga quvg„in qilishlarini buyuradi. Oradan
qirq kun o„tib, amirning ahvoli yana yomonlashib qolib. Quvg„inlikdagi olimni
topib, uni yana vazir etib tayinlashlarini buyuradi.
Amirning o„limidan so„ng Isfaxon hokimiga xizmat qilganligi uchun u to„rt oyga
qal‟aga zindonband qilinadi. Umrining so„nggi o„n tort yili Isfaxonda (1023-1037)
amir al-Davla saroyida xizmat qilish bilan o„tadi. Saroyda u ijod qilishi uchun juda
qulay sharoitlar yaratib berishgan. U bosh shifokor va amir maslahatchisi bo„ladi
va hatto uni yurishlarda ham kuzatib borgan. Bu yillar davomida Ibn Sino o„zining
tanqidiy yondashuvi bilan adabiyot va falsafa ta‟limoti bilan shug„ullanadi. Shu
bilan birga, sersamara ijodiy ishlarini ham davom ettirgan. Uning ko„p
qo„lyozmalari, shu jumladan, “Insof kitobi” («Kitab ul-insaf») Isfaxоnga g„azna
qo„shinlari bosqinchiligi sababli yonib ketgan. Isfaxon podshosining yurishlaridan
birida Ibn Sino og„ir oshqozon kasaliga chalinib, uni tuzata olmaydi. Ibn Sino 1037
yil iyun oyida notanish odamga vasiyatini aytib, vafot etadi. O„z vasiyatida u
barcha qullarini ozod etib, barcha mol-mulkini kambag„allarga tarqatishlarini
so‟raydi.
Avitsenna Xamadonda shahar devori ostiga ko„milgan, oradan sakkiz oy o„tgach,
uning xoki Isfaxonga olib o„tiladi va amir maqbarasiga qayta ko„miladi.
Ibn Sino tadqiqiy idrokka mukkasidan ketgan va barcha mavjud bilimlarni
ensiklopedik darajada egallash ishtiyoqiga ega olim bo„lgan. Faylasuf g„ayritabiiy
xotira egasi va o„tkir aql sohibi bo„lgan.
Merosi
Shifo kitobi
Arab tilida yozilgan ensiklopedik ishi “Shifo kitobi” («Kitab al-Shifa») mantiq,
fizika, biologiya, psixologiya, geometriya, arifmetika, musiqa, astronomiya va
metafizikaga bag„ishlangan. “Donishmadlik kitobi” («Danish-name») ham
ensiklopediya sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |