Mavzu: Inson portreti O‘quv mashg`ulotining maqsadi



Download 2,36 Mb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi2,36 Mb.
#477474
  1   2
Bog'liq
inson portreti


MAVZU: Inson portreti
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Cheklangan ranglar uslubida qisqa muddatli etyudlarni bajarish. Odam boshini cheklangan ranglar uslubida tasvirlash. Cheklangan ranglar tushunchasiga yega bo‘lish.


Vizual amaliy materiallar


Rangtasvir fani quyidagi texnik va dasturiy vositalar yordamida o‘qitiladi:
Mashg‘ulot turi: Naturadan rasm ishlash.
Tasvirlash vositalari: bo‘yoq, mo‘yqalamlar,
Xolst mato, bo‘yoq uchun politra, idish.
Ishning bajarilish bosqichlari:
1. Kompozitsiyani tekistlik yuzasida joylashtirishi o‘rganish, fazoviy kenglikka e’tibor berish;
2. Rangda jismlarning soya va yorug‘ joylarini belgilab, tus jihatlarini topish;
3. Nisbatlarini topish;
4. Kompozitsiyadagi hajmdorlikni, fazoviylikni ifodalash;
5. Naturaga o‘xshashligini ta'minlash, umumlashtirish, yakunlash.
Izoh: tasvir mato moy bo‘yoqda bajariladi.
Tayanch iboralar: Palitra, fazoviylik, yaxlitlik, soya– yorug‘ kontrast, siluet, fazoviy pеrspеktiva, rеflеks.


Odam boshi (Cheklangan ranglar uslubida ishlash.)
Ishning dastlabki boshlanishi avvalo – model-nusxani tanlashdir. Postonovka ilgariroq raxbar bilan birga o‘ylab ko‘riladi, undan keyin o‘ylab qo‘yilgan postanovka rejasiga monand model tanlab olinadi.
O‘quv topshirigʼini asosiy talabi pastanovka holati va muhit muvofiqligini to‘gʼri topishdan iborat.
Postanovka chuqur, murakkab makon tuzilmasi, guruxli yunaltirilgan yorugʼning model rangini, shakli, feʼl-atvori, maʼnosini to‘laqonli ochib berishga xizmat qilishi lozim. Intererda gavdalarni o‘zaro muvofiqlashtirish zarur, negaki postanovka modeldan o‘zaro mos birlikdagi harakatlarda portret xususiyatlarini ochib berish vazifasini o‘z ichiga oladi. Talabaning diqqati insonni chuqur o‘rganishga, obrazlarni ifodaliligiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Insonning o‘ziga xos, induvidual qiyofasi, ifodali xislatlari, boshqalardan farqlanuvchi jihatlari, o‘lchamlar nisbati, harakterli jihatlari, ruhiy holati xususiyatlari va albatta ko‘z ifodasi, qovoqlari va lablar holati badiiylik darajasida emotsional tasvirlash tajribasini shakllantiradi. Libosli erkak qomati maqsadi obrazlar yechimi va kompozitsion rangtasvir maqsadlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir qatorda o‘zaro mazmun va plastik bogʼliqligini badiiy ifodalash, fazoviyligini ko‘rsatadi.
Vazifa o‘ziga xos murakkablikda bo‘lib talabani qaysidir maʼnoda ijodkorlikka undashi kerak. Talabani ijodiy protsessga yo‘naltirish borasida, ushbu postanovkada, plastik (murakkab) vazifalar yetakchi rolni o‘ynaydi. Zero tasviriy sanʼatni o‘zagi – joni va qoni bu plastika.
1. Tasvirning kompozitsion yechimi
Ishni avvalo rasmning kompozitsion yechimidan boshlash kerak.
Mato yuzasiga chizilayotgan buyumlarni joylashtirish ustida o‘ylash zarur. «Kompozitsiya» so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, Coposittio (tuzish) yoki italyancha Componier — qurish, tuzish ma'nolarini anglatadi. Kompozitsiya keng ma'noda bo‘lib (bo‘laklarni birlashtirish, ularni tartibga keltirish va h. k.), umumiy ma'nosi bo‘laklar birligi, butunligi demakdir.
Rasm kompozitsiyasini to‘g‘ri hal qilishda quyidagilarga e'tibor berish zarur:
1) tasvirni tekislikda shunday joylashtirish kerakki, unda rasm juda yirik yoki mayda bo‘lib qolmasligi lozim;
2) tekislik yuzasida tasvir ikki yoki uchga bo‘linib ketmasligi kerak;
3) tasvir fragment bo‘lib qolmasligi lozim;
4) kompozitsiyani shunday joylashtirish kerak, uning biror qismini qo‘shish va olish imkoniyati qolmasligi shart;
5) kompozitsion formatni topish zarur.
Avvalo boshning o‘rta chizig‘i holati, burilishi, yon tomonga egilishini aniqlab qog‘oz tekisligiga joylashtiriladi. Bosh tasvirini tekislikka joylab, yuz qismlarining asosiy o‘lchamlari, jag‘dan peshona do‘ngligigacha, qoshdan burunning rastigacha, burun asosidan jag‘gacha bo‘lgan o‘lchamlar belgilanadi. Ko‘z chuqurchasini o‘rni, qoshning tepa yoyi, yanoq suyagininng chekkalar, quloq chuqurchalari va boshqalari ko‘rsatiladi.
Birinchi marotaba natura ishlashda modelga uncha ochiq rangda yoki qora to‘q rangda kiyim kiygizmaslik kerak, chunki bu ranglar odam yuzining rangidan farq qilishi lozim. Odam badani issiqroq rangda bo‘ladi.
Shuning uchun naturshchik och kulrang yoki yashilroq, koʻkroq rangda kiyingan bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi. Naturshchikni silliq devordan yarim metr uzoqlikda tutish kerak. Agar devor ochiqroq kulrang, ko‘kimtir bo‘lsa, unda fonga hech narsa qo‘shmaslik kerak, bordi-yu, agar u qora, to‘q yoki rangli bo‘lsa, unda fon uchun boʻz yoki to‘q bo‘lmagan och kulrang mato tortish kerak. Shunda odam boshi kiyimidan va fondan ajralib turadi, fon silliq rangda, kiyim esa badanga yopishib, uning shaklini ko‘rsatib turadi. Rang jihatdan esa yoritilishiga qarab ularning rangi har xil tusda boʻladi. Talabalar bu naturani ishlashda birinchi galda ishning kompozitsion va qoidali qurilishiga e'tibor berib, bosqichlar asosida oddiydan murak-kabga, umumiylikdan maydaga o‘tish va aksincha, maydadan umumiylikka
qaytish qoidasiga rioya qilishlari kerak. Har bir talaba ishning kompozitsiyasi yoki qurilishini emas, balki uning soya yorugʻlik, umumiylik holatini taxmin qilib tekshirib borishi bilan boshning haqiqiy shaklini toʻgʻri tasvirlay olishi kerak. Naturani chizib bo‘lgandan keyin uni bo‘yashga kirishiladi.

Rangda ishlash suyuq qilib akvarelga o‘xshab ishlanadi. Unda naturadagi har xil ranglarni bir-biriga boʻlgan munosabatlari, ularning toʻq-ochligi aniq qilib olinadi. Bu ish ancha qurigandan so‘ng naturani ishlashga kirishiladi. Bunga boshning faqat har xil murakkab holatlarini emas, balki individual (shaxsiy) psixologik xarakterini bera olish ham kiradi. Endi ranglar qalin mazoklarda ishlana boshlanadi. Koʻz, burun, ogʻiz, quloq va boshqa detallar kichkina cho‘tkada ishlanadi, modelning mayda boʻlaklarini yozish bilan birga uning yaxlitligini saqlab qolishga harakat qilinadi. Naturaning shakliga qarabtus berish tasvirning yorugʻlik yuzasini belgilash yoki unga aniqlik kiritish uchun zarur, chunki soya yuzalarini tus berish yo‘li bilan bekitish tasvirda chuqur hamda to‘q soya beribgina qolmay, balki yumshoqlik sezgisini ham hosil qiladi. Ishning eng boshida ikki-uch rang bir-biriga bo‘lgan munosabatini aniq olish kerak, shundan keyin ishni olib borish osonlashadi.

Bular asosan yuz, kiyim fonning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari bo‘lishi kerak. Albatta bularning umumiy munosabatlari turlicha, qay birisi qaysi rangda boʻlishi, qaysinisi sovuqroq, qaysinisi issiqroq, qaysinisi toʻq. qaysinisi kuchli, qaysinisi o‘rtacha bo‘lishi ham ahamiyatga ega. Yorug‘lik va soya tomonlarni iloji boricha birdaniga olish kerak. Misol uchun, yuz va kiyimning soya joylarini hamda yorug‘ joylarining nisbatini soyalarga qarab olish kerak. Fonni ham shularga nisbatan olish kerak. Tananing ba'zi joylari devor foniga (siluet) toʻq bo‘lib ko‘rinsa, boshqa joylari esa eskari och bo‘lib ko‘rinadi. Och rangdagi kiyimlarda soya ranglari
yoritilgan burmalarning rangidek burmalar aniq ko‘rinadi. Talabalardan modelning mayda bo‘laklarini yozish bilan birga yaxlitlikni saqlash yozi- layotgan boshning shaxsiy-psixologik holatini ham berish talab qilinadi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish