@uzbek_tilim
18.1- mashq. Matnni o‘qing. Gaplarni mazmuniga mos holda qavs ichida berilgan so‘zlar bilan to‘ldiring.
@uzbek_tilim
O‘ZINGGA UCHTA HAQIQIY DO‘ST TOP Mustahkam do‘stlik … (munosabatlari, bordi-keldilari, muomalalari) hayotda baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri. Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha,do‘sti va qarindosh-urug‘i mo‘l odam ko‘proq …(kularkan, tirjayarkan, og‘zining tanobi qocharkan), kamroq … (xavotirga tusharkan, qo‘rqarkan, o‘ylarkan) va natijada uzoq umr ko‘rarkan. 18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Agar dushman bilan birga o‘tirsa, do‘st emasdir u,
Uningdek do‘stdan, ey oqil odam, tezroq qo‘lingni yuv.
18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Yor uldurki, har nechakim o‘ziga istamas, yorig‘a ham istamagay.
18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
Atoyi
18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Do‘st bilan obod uying,
Gar bo‘lsa u vayrona ham.
18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Do‘sti ko‘p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do‘stidan, mol-u jondan kechsa ham.
18.2- mashq. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing.
@uzbek_tilim
Do‘stlardan azizroq, do‘stlardan baland
Daraxtlar hech qachon sotmaydi, o‘g‘lim.
Halima Ahmedova
18.3- mashq. Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.
@uzbek_tilim
- 1. Do‘st – do‘stning oynasi. (Maqol)
- 2. Sendan yuz o‘girgan odamni unut.(Meksika maqoli) 3. Haqiqiy do‘stdan yaxshi shifokor yo‘q. (Rumin maqoli)
- 4. Do‘st sening baxtingdan quvonadigan insondir. (Uyg‘ur maqoli)
- 5. Sodiq do‘stlari bor inson baxtlidir. (Laos maqoli)
- 6. Do‘stingga yaxshilikni u senga muhtoj bo‘lmasidan qil. (Yapon maqoli)
Fikrni ixcham ifodalash - madaniy nutq belgisi. Shuning
@uzbek_tilim
Fikrni ixcham ifodalash - madaniy nutq belgisi. Shuning uchun ilmiy matndagi so‘zlar, gaplar miqdorining yuqori chegarasi belgilab beriladi, quyi chegara kо‘rsatilmaydi.
@uzbek_tilim
Nutqda shakl va mazmun mosligi
Fikrni uzun yoki ko‘p jumlalar bilan ifodalash, kо‘pincha, ijobiy qabul qilinmaydi. Shuning uchun gaplarni ixchamlashtirish, matn mazmunini qisqa ifodalash madaniy nutq mezonlaridan hisoblanadi.
@uzbek_tilim
Nutqda shakl va mazmun mosligi
Boshlab qo‘yilgan, uzilib qolgan
jumlani mantiqan va usluban to‘g‘ri
davom ettirish ham so‘zlovchining mahorati hisoblanadi.
@uzbek_tilim
- 18.1- topshiriq.
Matn bilan tanishing. Parchaning janrini qanday nomlagan bo‘lardingiz? Muallif qaysi insoniy tuyg‘u haqida fikr yuritgan? 18.2- topshiriq. Matndagi har bir xatboshi mazmunini bir gap bilan ifodalang va hosil qilingan gaplardangina iborat yaxlit matn tuzing. Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
Baxtiyor Mengliyev, Sharofat Toshmirzayeva, Saodat Atoyeva, Saida Majidova. Ona tili. 2-qism. [Matn]: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik. Toshkent: “O‘qituvchi” NMIU, 2020,
Do'stlaringiz bilan baham: |