Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Quyida berilgan topshiriqlar variantlarini Qt Creator dasturlash muhitida visual grafik intefreysli dastur shaklida yarating. 1. Og’irlik o’lchov birligi kilogrammdan grammga konvertatsiya qiluvchi dastur tuzilsin.
2. Uzunlik o’lchov birligi kilometrdan santimetrga konvertatsiya qiluvchi dastur tuzilsin.
3. Sharning radiusi berilgan. Uning hajmini hisoblash dasturi tuzilsin.
4. Aylananing radiusi berilgan. Uning uzunligini hisoblash dasturi tuzilsin.
5. Avtomobilning to’g’ri chiziqli tekis harakat tezligi va bosib o’tgan yo’li uzunligi berilgan. Uning berilgan masofani bosib o’tish uchun ketgan vaqtini hisoblash daturi tuzilsin.
6. Ikkita konsentrik aylanalarning turli xil uzunlikdagi radiuslari berilgan. Bu aylanalardan tuzilgan xalqaning yuzasini hisoblash daturi tuzilsin.
7. Temperatura birligini Farengeytdan Selsiyga o’giruvchi dastur tuzilsin. Formulasi:
8. Uchburchakning yuzasini uning berilgan asosi va shu asosga tushirilgan balandligiga ko’ra hisoblovchi dastur tuzilsin.
9. Ikkita a va b sonlar berilgan ularning o’rta arifmetifgini hisoblovchi dastur tuzilsin.
10. Manfiy bo’lmagan ikkita a va b sonlar berilgan. Ularning o’rta arifmetigini hisoblash dasturi tuzilsin.
11. Berilgan x1 va x2 koordinatalar bo’yicha ikki nuqta orasidagi masofani hisoblash dasturi tuzilsin. Formulasi: masofa=|x1-x2|
12. Xkg konfet A so’m turadi. Bu konfetning 1kg va Y kg qancha bo’lishini hisoblovchi dastur tuzilsin.
13. Ushbu Ax+B=0 chiziqli tenglamani yechish dasturi tuzilsin. Bu yerda A nolga teng emas.
14. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlari yig’indisini va ko’paytmasini hisoblovchi dastur tuzilsin.
15. Ikkita son berilgan ularning eng kattasini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
16. Ikkita son berilgan ularning avval eng kattasini, keyin eng kichigini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
17. Uchta son berilgan. Ularning eng kattasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.
18. Uchta son berilgan. Ular ichidan eng kattalarining yig’indisini hisoblovchi dastur tuzilsin.
19. Nuqtaning OX va OY o’qlarida yotmaydigan koordinatalari berilgan. Nuqtaning qaysi chorakda ekanligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
20. Uchta butun son berilgan. Ularning ichidan eng kichigining tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin.
21. Uchta son berilgan. Ularning orasida musbat sonlar miqdorini aniqlovchi dastur tuzilsin.
22. To’rtta son berilgan. Ularning orasida eng kichigini tartib raqamini aniqlovchi dastur tuzilsin.