Mavzu: Infraqizil nurlar va ularni xususiyatlari. Lyuminesensiya hodisasi



Download 11,88 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi11,88 Kb.
#747672
  1   2
Bog'liq
Hujjat


Mavzu: Infraqizil nurlar va ularni xususiyatlari.Lyuminesensiya hodisasi

Infraqizil nurlanish — toʻlqin uzunliklari 0,74 mkm dan 1 – 2 mm gacha boʻlgan koʻzga koʻrinmas elektromagnit nurlanish.Birinchi boʻlib Ingliz olimi V. Gershel aniqlagan (1800-yil). Infraqizil nurlanish spektri shartli ravishda yaqin (toʻlqin uzunligi X=0,74—2,5 mkm), oʻrta (2,5 — 50 mkm) va uzoq (50 — 2000 mkm) sohalarga boʻlinadi. Moddalarning optik xususiyatlari (shaffofligi, nur qaytarish va sindirish koeffitsiyenti) ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasi (0,4—0,74 mkm) dan Infraqizil nurlanish spektri sohasiga oʻtishda keskin oʻzgaradi. Koʻpgina moddalar koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlsa, Infraqizil nurlanish spektri sohasining ayrim qismlarida shaffof boʻlmasligi (yoki aksincha) mumkin. Masalan bir necha sm qalinlikdagi tiniq suv qatlami toʻlqin uz X >1 mkm boʻlgan infraqizil nurlanish uchun shaffof boʻlmaydi; koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida shaffof boʻlmagan germaniy va kremniy plastinkalari infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻladi (germaniy uchun "1,8 mkm, kremniy uchun "1,0 mkm); qora qogʻoz Infraqizil nurlanish spektrining uzoq, sohasida shaffof boʻladi. Koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlmagan, lekin infraqizil nurlanish spektri sohasida shaffof boʻlgan moddalar Infraqizil nurlanishni ajratishda yorugʻlik filtrlari sifatida ishlatiladi.


Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda infraqizil nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Masalan,, Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uzunligi A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi.
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chiziqli boʻladi. Masalan, simob atomlarining nurlanishi infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chiziqli spektrdan iborat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda i, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq. Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuqlik) temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
Infraqizil nurlanishdan texnika ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi. Infraqizil nurlanish bilan qorongʻuda obyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va boshqa koʻolab ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiqlik va fotoelektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan infraqizil nurlanish chiqaradi.

Download 11,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish