Lyuminisensiya-to'lqin uzunligi turli xil bo'lgan har qanday elektromagnit nurlanish modda tarkibidagi elektr zaryadlarning o'z sathlarida tebranishlari oqibatida yuzaga keladi.Masalan: modda tarkibidagi ionlarning tebranishidan past chastotali nurlanish paydo boladi, chunki ularning masasi kattadir. Huddi shu kabi massasi kichik bo'lgan elektroning tebranishidan yuqori chastotali nurlanish paydo bo'ladi, masalan ko'zga korinadigan nurlar yoki ultrabinafsha nurlardir.Agar modda tarkibida erkin elektronlar ko'p bo'lsa nurlanish ham turlicha bo'ladi. Bunda elektronlar o'z muvozanati vaziyatida tebranadi deb bo'lmaydi. Xarakatdagi elektronlar to'xtovsiz ravishda impuls almshib turadi.Bu nurlanish tarkibida past chastotali ham, yuqori chastotali ham nurlanishlar mavjud bo'ladi. Jism nurlanganda albatda energiya yo'qotadi. Uzoq vaqt nurlanib turishi uchun unga energiya berib turish kerak. Aks holda esa nurlanish bilan birga modda tarkibi ham o'zgarib boradi.
Jism ichidagi kimyoviy o'zgarishlar bilan birga kechuvchi nurlanish xemilyuminesensiya deb ataladi. Bunga misol qilib chiriyotgan yog'ochni yoki havoda sekin oksidlanayotgan fosforni olsak bo'ladi. Bu jarayonda vaqt o'tishi bilan birgalikda nurlanish davomida moddani kimyoviy tarkibi ham o'zgarib boradi, shuningdek uning ichki energiyasi ham kamayib boradi.
Jismni yoritish bilan birga yoki undan keyin nurlanish jarayoni esa fotolyuminisensiya deb atalar ekan. Bu holda yorug'lik chiqib turish uchun unga doimiy tashqaridan nurlanish berib turish kerak ekan
Jismdan yorug'lik chiqadigan qilib turish uchun yana bir usul bor bu ham bo'lsa sistemaga elektr ta'sirida energiya berib nurlatishdir. Elektrolyuminisensiyaning eng ko'p tarqlgani gazlar yoki bug'larning o'zidan elektr o'tayotganda nurlanishidir. Misol qilib Geyslar trubkalarida yuz beradigan miltillama razryadlar, ''kunduzgi yorug'lik lampalari, elektr yoyi va uchqunlarini misol qilib olsak bo'ladi. Bu hollarda moddaga energiya uning tarkibidagi atom va molekulalarni elektronlar bilan bombardimon qilish yo'li bilan beriladi.
Elektronlar dastasi yog'dirilganda qatiq jismlar xususan minerallar ham yorug'lik tarqatar ekan. Katodolyuminisensiya.
Lyuminisensiya- fotolyuminisensiya, fosforlyuminisensiya va hatto xemilyuminisensiya kichik o'lchamdagi zarrachalar bilan kukunli qattiq tayanchlar yuzasidan yoki tashqi nurlanish ta'sirida fizik yoki kimyoviy protseduralar bilan immobilizatsiyalangan birikmalardan keladigan membranalardan chiqarilishi mumkin. Qattiq fazali lyuminisensiya spektrometriyasining (SPLS) selektivligi, sezgirligi, tezligi, moslashuvchanligi va soddaligi uni yaxshi analitik vositaga aylantiradi, ayniqsa izlarni tahlil qilishda. Ishlashda qulayligi tufayli SPLS dan foydalanish turli xil sohalarida qiziqish oshdi va ko'plab turli formatlar paydo bo'ldi.
SPLS dan foydalanishning ko'payishi sabablari uning ko'p o'lchovli xususiyati (spektral, ishlash muddati, qutblanish va boshqa o'lchovlar), shuningdek, juda ko'p miqdordagi reaktsiyalar va jarayonlarni juda samarali ko'rsatadigan tizimga bo'lgan ehtiyojda yotadi. SPLS ning afzalliklari uning sezgirligi, arzonligi, ishlash qulayligi, ko'p qirraliligi va submikrometrli vizualizatsiya va Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladisubmillisekundlik vaqtinchalik o'lchamlari bilan subnanometr fazoviy o'lchamlarini taklif qiladi.
1) Infraqizil nurlar elektromagnit toʻlqinlar shkalasida qaysi oraliqda joylashadi? A)Toʻlqin uzunligi binafshadan kichik
B)Toʻlqin uzunligi qizil va binafsha orasida
C)Toʻlqin uzunligi qizildan katta
2) Metallar infraqizil nurlarni qaysi nurlarga nisbatan yaxshiroq qaytaradi?
A)Ultrabinafsha nurlar
B)Gamma nurlar
C)Koʻzga koʻrinadigan nurlar
D) Ixtiyoriy nurga nisbatan
3)Qaysi turdagi lyuminisensiya yoʻq?
A)Gazolyuminisensiya
B) Xemiklyuminisensiya
C)Termolyuminisensiya
D) Fotolyuminisensiya
4)Infraqizil nurlanish spektri qanday spektrlarda nurlanadi? A) Yoʻl-yoʻl B)Chiziqli C)Uzluksiz D) Hamma spektrlarda nurlanadi 5)Metal sirtiga energiya tushishi natijasida nur chiqarish ... A)Yutilish
B) Lyuminisensiya
C)Sochilish