Mavzu: Inflyatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish yo’llari Reja: Kirish



Download 1,43 Mb.
bet1/5
Sana28.06.2022
Hajmi1,43 Mb.
#716789
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytiris



Mavzu:Inflyatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish yo’llari
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.

  1. Inflyatsiya riski tushunchasi, mazmuni va mohiyati.

  2. Inflyatsiya riskining iqtisodiyotga ta’siri va uni baholash.

  3. Inflyatsiya riskini kamaytirishning xorij takribalari.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.

Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.


Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda.
Kurs ishining obyekti O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Statistika davlat qo`mitasi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yazaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o`rganib, uni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqb quyidagilar vazifa etib belgilandi:

  • Inflyatsiyanig kelib chiqish sabablarini o`rganish chiqish;

  • Inflyatsiyani hisoblash usullarini o`rganish;

  • O`zbekistonning inflyatsiya darajasini tahlil qilish;

  • O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora-tadbirlarini o`rganish.

Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir.
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi2.
Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan3.
Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli statistik bog’liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli bog’liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko’ra, quyidagi omillar bilan izohlanadi:

  • hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;

  • markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;

  • moliya tizimining rivojlanganligi.


Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga ko’ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o’sishi ham iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi4. Ularning fikriga ko’ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo’lmagan o’sishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o’zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo’shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) inflyatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko’ra, inflyatsiyaning uncha yuqori bo’lmagan darajasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o’sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi5. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.
Bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G.Brover va N.Erikson tomonidan inflyatsiyaning nomonetar omillarini tadqiq qilishga bag’ishlangan ilmiy izlanish o’ziga xos o’rin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini (markup theory ofinlation) yaratdilar6.
Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:

  • ish haqi;

  • kommunal xizmatlar tariflari;

  • import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari.

Ish haqi omilini oladigan bo’lsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning sezilarli darajada o’sishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, agar ish haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy darajasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday sharoitda “ish haqi-baholar” spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat unumdorligining o’sish sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishini ta’minlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq bo’linmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi o’sishining baholar darajasiga nisbatan ta’siri kuchayadi.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ko’plab ilmiy izlanishlar mavjud bo’lsada, inflyatsiyaning bazaviy darajasi xususida yakdil xulosa mavjud emas. Shunday bo’lsada, ko’pchilik iqtisodchi olimlar tomonidan bazaviy inflyatsiya inflyatsion jarayonning uzoq muddatli tendentsiyalari sifatida e’tirof etilgan7.
Xulosa qilib aytganda, bazaviy inflyatsiya – bu nomonetar inflyatsiya bo’lib, iste’mol baholarining o’zgarishi shaklida namoyon bo’ladi va uni formula tarzida quyidagicha ifodalash mumkin:

Bazaviy inflyatsiya




=

Iste’mol baholari
indeksining o’zgarishi

-


Inflyatsion shoklar


















Bunda, inflyatsion shok deganda, tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsion kutish ta’sirida qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin ko’tarilishi nazarda tutilmoqda.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ko’pchiligida naqd pul muomalasining milliy valyuta kursining barqarorligiga ta’siri muammosi mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to’lov tizimining rivojlanmaganligi, iste’mol baholari indeksi, aholining pullik daromadlari, chakana savdo aylanmasining o’sayotganligi, Markaziy banklarning zaxira-vakillik tizimining mo’’tadil tarzda ishlamayotganligi kabi sabablarni ko’rsatish mumkin. Mazkur sabablar bir qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida, jumladan, A.Kudrinning ilmiy ishlarida asoslab berilgan8.
Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi9:
1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.
3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.
1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
2. Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo`nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda maxsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi.
Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki vaboshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:
Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari
Mahsulotlar va xizmatlarga narxni o`sishi natijasida pulning qadrsizlanishi
Milliy pul birligining xarid qilish qobiliyatini pasayishi
Milliy pul birligining xorijiy valyutaga nisbatan kursini tushishi
Aholi va xo`jalik sub`ektlarida xorijiy valyutaning jamg`arilishi
Oltin va xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxini ko`tarilishi Mamlakat aholisida oltinning to`planishi (tezavratsiya)



Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari
Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:
Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.
Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi.
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx- navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:


  • qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

  • hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

  • kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

  • Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.


Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan inflyatsiyasi.
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx- navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo`jalik sub`ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko`rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o`sadi. Odatda, talab inflyatsiya aholining to`liq ish bilan ta`minlangan holatda yuzaga chiqadi. Aholining daromadlarinig tez sur`atda o`sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlari bo`lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi.
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba`zi mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi qayta moliyalashtirish stavkasining o`rnatilishi natijasida xo`jalik sub`ektlariga beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha foizlarni o`zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi.
Import bilan bog`liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import qilinadigan mahsulotlarga bo`lgan narx-navoning ko`tarilishi natijasida ba`zi mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin.
Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o'sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta'sir qilish imkoniyatlarijuda kichik bo'ladi.
Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo'lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo'lishiga qaramay investitsion, bank, valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog'liqdir.
Inflatsion -risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo'Iib quydagilar hisoblanadi:
-milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o'rtasidagi nomutanosibliklar;
-jamg'arma va iste'mol o'rtasidagi nomutanosibliklar;
-talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar;
-davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar.
Valutalarning xarid qobiliyatlari bo'yicha ularning o'zaro nisbati o'zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur'atlari ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo' Isa, milliy valuta kursi shunchalik past bo'ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya sur'atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo'ladi.
Inflatsya riski iste'mol narxlarini o'sishi va xarid qilib olish qobilatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini kamaytiradi.
Inflatsion risklar ko'zda tutilmagan moliyaviy yo'qotishlar paydo bo'lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning darajasini baholashda investitsiyalashdan ko'zda tutilayotgan daromadning o'rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko'zda tutilayotgan daromadlar va ularni yo'qotish ehtimolini baholash bilan bog'liq.
Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o'sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo'qotishlarga duchor bo'ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta'sir qilish imkoniyatlarijuda kichik bo'ladi.
Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo'lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo'lishiga qaramay investitsion, bank, valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog'liqdir.
Inflatsion -risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo'Iib quydagilar hisoblanadi:
-milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o'rtasidagi nomutanosibliklar;
-jamg'arma va iste'mol o'rtasidagi nomutanosibliklar;
-talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar;
-davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar.
Valutalarning xarid qobiliyatlari bo'yicha ularning o'zaro nisbati o'zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur'atlari ta'sir ko'rsatadi. Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo' Isa, milliy valuta kursi shunchalik past bo'ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya sur'atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo'ladi.
Inflatsya riski iste'mol narxlarini o'sishi va xarid qilib olish qobilatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini kamaytiradi.
Inflatsion risklar ko'zda tutilmagan moliyaviy yo'qotishlar paydo bo'lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning darajasini baholashda investitsiyalashdan ko'zda tutilayotgan daromadning o'rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko'zda tutilayotgan daromadlar va ularni yo'qotish ehtimolini baholash bilan bog'liq bo'ladi.

Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish