Mavzu: Ijtimoiy tarbiya Reja Ijtimoiy tarbiya tushunchasi. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. «Tarbiyasi qiyin»



Download 77,66 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2022
Hajmi77,66 Kb.
#473885
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу Ижтимоий тарбия


Mavzu: Ijtimoiy tarbiya
Reja
1.Ijtimoiy tarbiya tushunchasi.
2. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
3.«Tarbiyasi qiyin» yoki «tarbiyasi og‘ir» bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmuni va turlari.
4. Asotsial axloqning mazmun-mohiyati, uni bartaraf etish yo‘llari.
Adabiyotlar:
1.Эгамбердиева Н.М. Ижтимоий педагогика. Дарслик.Т.2009
2.Мавлонова Р.А., Вохидова Н.Х., Ижтимоий педагогика.Ўqув qўлланма.Т.: Истиqлол 2009.
3. Галагузова М.А. История соsиальной педагогики. Ўqув qўлланма.М. Владос. 2000.
Tayanch tushunchalar. Ijtimoiy tarbiya, tarbiyasi qiyin, tarbiyasi og’ir, assotsial axloq.
Ta’lim tizimi – ijtimoiy-genetik mexanizm bo`lib, u ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga o`tkazadi va shu orqali shaxsni shakllantirishni ta’minlaydi hamda uning istiqbollarni belgilaydi. Bu tizim odamzod paydo bo`lgan davrlardan buyon amal qilib kelmoqda. Zero, madaniy-ma’naviy boyliklarsiz, ta’lim tizimisiz jamiyat yashay olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oliy darajadagi ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy institut bo`lib hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida ta’limning davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilinish pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug`vor vazifalarni yukladi.
O`sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab mamlakatimiz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o`qituvchi-pedagogning Vatan oldidagi muqaddas burchidir.
Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil xarakatlar majmuasidan iborat bo`ladi. Tarbiya jarayoni natijasi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan, yangi mustaqil o`zbekiston ravnaqini ta’minlaydigan komil insonni shakllantirishdan iborat. Bu jarayon ikki tomonlama bo`lib, uyushtirish, rahbarlik va tarbiyalanuvchining faolligini talab etadi. Bu jarayonda o`qituvchi yetakchi, chunki u tarbiya maqsadlarini amalga oshirish jarayonini ishlab chiqadi, tarbiya shakllari, metod va usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi.
Tarbiya mohiyati - muayyan voqea rivojlanishining asosiy belgilari va tendensiyalarini belgilovchi chuqur aloqalarni, ichki munosabatlarini aks ettiradi.
1. Shaxs tarbiyaning qonuniy natijasi sifatida yaxlit mavjudotdan iborat. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, yaxlit kompleks shaklida rivojlanadi. Bola o`qib rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabakalashib boradi.
2. Tarbiya komponentlari o`zaro aloqada bo`lib, maqsad, vazifa, tarbiya mazmuni, shakllari va metodlari mushtarakligi bilan shakllantirilishi kerak.
3. Tarbiya jarayoni ob’yektiv ravishda aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya birligini, o`quvchilarning ongi, xulq- atvori va faoliyati birligini, tarbiya jarayonini tashkil etishning individual, gruppali va ommaviy shakllari qo`shib olib borishini ta’minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirishni va bu tizimning amal qilishini talab etadi.
4. Tarbiya jarayoni shaxsning sotsial qadrli vazifalarini shakllantirishga, uning dunyoga-jamiyat, odamlar va o`ziga nisbatan munosabati doirasini vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgandir.
5. Tarbiya ko`p faktorlik xarakter ega. Bola shaxsi qaror topishida maktab, oila, jamoatchilik, mahalla, sotsial muhit va turli vaziyatlar xilma-xil, bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatadi.
6. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzluksiz jarayon bo`lib, kishining umri oxirigacha davom etadi.
7. Tarbiya jarayoni natijalari odatda bir xil bo`lmaydi. Bu narsa ko`pgina sabablarga, o`quvchilarning individual-tipalogik tafovutlariga, ularning ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
8. Tarbiya o`z­-o`zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash bilan qo`shib olib boriladi.
Tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot bo`lgan «Avesto» dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma» sida, K.Sheroziyning «Qalila va Dimna», Nizomulkning «Sayoxatnoma», M.Qashg`ariyning «Devonu lug‘ati- turk», Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», A.Yugnakiyning «Xibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Maxbub ul-qulb», A.Avloniyning «Guliston yoki axloq» asarlarida ilg‘or pedagogik g‘oyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulug‘lanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson tarbiyasi, shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi. Farobiy pedagogik qarashlarda insonning barcha axloqiy imkoniyatlarini baxt saodatga erishishda birdan-bir maqsad mevasi deydi.
Shaxs ziddiyatlarini bartaraf eta borib, o`z taraqqiyotida yuqorilab boradi, yangi faoliyat, murakkab vazifalarni xal etishga, faoliyat va xulq-atvorning murakkabroq usulini egallashga tayyor turli faoliyatni hosil qiladi.

Download 77,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish