Mavzu: ijtimoiy munosabatlar va huquq



Download 38 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi38 Kb.
#409772
Bog'liq
IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA HUQUQ


MAVZU: IJTIMOIY MUNOSABATLAR VA HUQUQ

Ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoiy sub’ektlar, ya’ni shaxslar va ularning uyushmalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shu jihatdan olganda, insonning o‘zi yaratgan sun’iy ob’ektlari va tabiat ne’matlari (o‘simlik va hayvonot dunyosi)dan foydalanishini ijtimoiy aloqalar sifatida tavsiflab bo‘lmaydi. Ijtimoiy munosabatlar kishilarning o‘zaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va ma’naviy madaniyatda o‘z ifodasini topgan kishilarning bir-biriga ta’siri, muloqoti, qiziqish va ehtiyojlarining uyg‘unlashuvi, fikr va e’tiqodlarining qiyoslashuvi, faoliyat va tajriba almashuvi natijasidir. Muloqotda kishilarning ratsional, emotsional va erkin tarzda bir-biriga ta’siri, kayfiyatlari va qarashlari shakllanadi, turmush va xulq-atvor tarzi, odatlar, qiliqlar o‘zlashtiriladi, ahillik, hamkorlik kabi guruhiy yoki ijtimoiy faoliyatini ifodalovchi xislatlar yuzaga keladi.

IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING OB’EKTIV ZARURATI

Har qanday jamiyatda uning a’zolari munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy shartidir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo‘nalishlar berish, uni aniq maqsadni ko‘zlagan holda muayyan bir qolipga tushirish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko‘rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo‘lib, bunda norma (qoida)lar jamiyatning barcha a’zolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli bo‘ladi. Shu o‘rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o‘zgarishlarini, tub burilishlarini boshlab berganligini alohida ta’kidlash joiz. Huquq (yuridik ma’noda) – bu davlat tomonidan himoya qilinadigan, o‘zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq-atvor qoidalari yig‘indisi. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning bu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorlikni ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq shunga qaramay ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ushbu ob’ektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham o‘z boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni umummajburiy xulq-atvor, yurish-turish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi.

HUQUQ PRINSIPLARI

Huquq prinsiplari – bu huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatidagi mohiyatini ifodalovchi boshlang‘ich normativ asoslar, eng asosiy qarashlar, g‘oyalar va qoidalardir. Huquq prinsiplari, avvalambor, huquq qonuniyatlarini ifodalaydi, qolaversa, butun huquqiy tartibga solish sohasida amal qiladigan va barcha sub’ektlarga nisbatan qo‘llanadigan eng umumiy normalardan iborat bo‘ladi. Huquq prinsiplari huquq ijodkori uchun dasturiy g‘oyalar sifatida maydonga chiqarkan, huquq normalarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab beradi. Huquq prinsiplari, qoida tariqasida, Konstitutsiyada, qonunlar va kodekslarning muqaddima yoki umumiy qoidalar qismida maxsus tartibda belgilab qo‘yiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmunidan quyidagi huquqiy prinsiplarni, ya’ni huquq ustunligi, demokratizm, inson huquqlari va erkinliklarining oliy qadriyat ekanligi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining amal qilishi, Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, teng huquqlilik, barcha mulk shakllarining tengligi, odil sudlov prinsiplarini anglash mumkin.

Huquqning funksiyalari – bu jamiyatda ijtimoiy munosabatlarga va kishilarning yurish-turishlariga huquqiy ta’sir qilishning asosiy yo‘nalishlaridir.

Huquq funksiyalarining ijtimoiy munosabatlarga ta’siro‘tkazish yo‘nalishi sifatidagi rolini tavsiflovchi quyidagi belgilari mavjud:

1. Huquq funksiyasi uning mohiyatidan kelib chiqadi va huquqning

jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi.

2. Huquqning funksiyasi uning ijtimoiy munosabatlarga

ta’sirining shunday yo‘nalishiki, bunda uning amalga oshirilishiga

bo‘lgan ehtiyoj ijtimoiy hodisa sifatida huquqning zaruratini taqozo

etadi.


3. Funksiya huquqning eng muhim xususiyatlarini ifodalaydi va u

huquq taraqqiyotining muayyan bosqichida uning oldida turgan tub

masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi.

4. Huquq funksiyasi faol harakat yo‘nalishidan iborat bo‘lib, u



ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Aynan shuning uchun ham jo‘shqinlik, harakat, faoliyat kabilar huquq funksiyasining eng muhim xususiyatlari hisoblanadi.

5. Huquq funksiyasi o‘zining muntazamliligi bilan ajralib turadi. Uni qo‘llashning uzluksizligi va davomiyligi aynan ushbu jihat bilan tavsiflanadi. Huquq funksiyalarini maxsus yuridik (tor ma’noda) va umumijtimoiy (keng ma’noda) turga tasniflash mumkin.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish