Mavzu: Farzand tarbiyasida xalq pеdagogikasi manbaalaridan foydalanish



Download 0,57 Mb.
Sana04.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#636036
Bog'liq
OILA10

MAVZU:Farzand tarbiyasida xalq pеdagogikasi manbaalaridan foydalanish

DAUYENOVA GULMIRA


REJA
1: Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining oila va oilaviy tarbiyani aks etishi
2. Xalq pedagogikasida oila va farzand tarbiyasiga bo`lgan munosabat.
3. Farzand tarbiyasida milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalashning tajribalari va natijalari
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmunida barkaml shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta'limi darajasiga etkazish borasida, muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
O`sib kelayotgan yosh avlodni xalq pedagogikasiga milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf-odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan, holda rivojlantirish muhim masalalaridan hisoblanadi. Bu esa, o’z-o’zidan ma’lumki, Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish zaruriyatini taqazo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham prezidentimiz aytganlaridek “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab etadi.”
O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini boshlab berdi.
Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram, an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa hos bo’lib va albatta, har bir xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim, bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham milliy ruhda tarbiyalashi lozim.
Xalq pedagogikasi xalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy-axloqiy ta’limotni, ya’ni. ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini qamrab olishi bilan xarakterlanadiMa’lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma, dastur, darsliklar shaklida etib kelmay, asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrdagi asarlar — elshunoslik, qadrshunoslik, udumpgunosliklar qatida saqlanib qolgan.
Pedagogika fani xalq tarbiyasi tajribasidan eng yaxshilarini qabul qilib oladi. Kishilar yosh avlodda mehnatsevarlik, itoat qilish, matonatlilik, sofdillik, qaqqoniylik, xushmuomalalik, ota-onalarga, kattalarga hurmat, o’zidan kichiklarga g’amxo’rlik va yomonlikka nafrat singari muhim axloqiy sifatlarni tarbiyalagan.
Xalq pedagogikasining yana bir ibratli tomoni shundaki, qayot, tabiat, jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinishdan mukammal foydalaniladi.
Xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutadi. Buni ayniqsa, dov-daraxt, tog’-tosh, parrandalarga bag’ishlangan xalq og’zaki ijodi namunalarida ko’rish mumkin. Xalqning bunday qarashlari zamirida to’rt unsurni asrab-avaylash, ya’ni ekologik tarbiya yotadi.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo, olqishlar ham katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. O’zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz asrlar davomida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutumlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, akl-zakovatlari bilan yaratgan.
Shu bilan birga o’zbek xalq pedagogikasi ilm-fanning turli sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, musiqa, og’zaki ijod, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ularning eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib olgan.
Maqollarni aytish va o’rgatish orqali xalqimiz ardoklagan xislatlar, fazilat, sifatlar, urf-odatlar, qadriyatlar bolalarimiz ongiga singdiriladi.
Maqollar xalq donoligining qaynar bulog’idir. Maqsad — shu buloqdan bolalarni baxramand qilish. Ular maqollarni yoddan bilsin, ma’nosini anglasin, hayotda unga amal qilsin.
Xalq donoligining yana bir chashmasi — topishmoqlar.
Topishmoqlar bolalarni kuzatuvchanlikka, topqirlikka, hozirjavoblikka, atrofidagi narsa — buyumlar, voqea-xodisalar va kishilardagi eng muhim xislatlar, tomonlar, qirralarni tez ilg’ab olishga, kuzatishga, e’tibor berishga, gaqqoslashga o’rgatadi. Masalan, «Oyog’i yo’q, qo’li yo’q — eshik ochadi», «Kechasi xizmatda, kunduzi izzatda», «O’zi erda, boshi ko’kda», «Sudrasang yuradi, sudralmasang turadi» kabi...
Xalq tarbiya tizimida «tez aytishlar» ham asosiy o’rinni nallaydi. Bu chinakamiga bolalar uchun amaliy mashq qilish maydonidir.
Tez aytishlar bolaning tilidagi nuqsonlarga barham beradi, nutqini ravon va ifodali qilishga, shu bilan birga miya, xotira mashqini amalga oshirishga, xam so’zlab, ham fikrlashga yordam beradi.
Masalan, «Qobil qahraton kishda qishloqda qishladi», «Ko’k karam ko’pmi, po’k karam ko’pmi», «Sobir sakkizta sabzi sanadi» kabi...
«Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari» tushunchasini kiritishningg o`zi xalq tarbiya an'analarini zamonaviy maktab va oila tajribasida qo`llash doirasi ma'lum darajada chegaralanganligini anglatadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari zamonaviy maktab oldida turgan vazifalar, uning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O`quv-tarbiya jarayoni samarasini oshirishga to`la imkon bergan taqdirdagina xalq tarbiya tajribasiga murojaat qilish mumkin. Keyingi vaqtlarda O`zbekiston pedagogik davriy nashrlarida xalq pedagogikasiga keng o`rin berilganligini mamnunlik bilan qayd etgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini haddan tashqari bo`rttirib ko`rsatish, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ustun qo`yish, ilmiy pedagogikaga bir yoqlama, ya'ni faqat tanqidiy ko`z bilan qarash kuzatilayotganligini ta'kidlash lozim.
Milliy ta'lim-tarbiya uchun tarbiyada an'anaviylik va zamonaviylikning o`zaro ta'siri muammosi xosdir. Ya'ni, xalqning etuk inson haqidagi ideallari, uni tarbiyalashga bo`lgan qarashlarini shaxsni shakllantirishga qo`yiladigan zamonaviy talablar bilan taqqoslash va ular orasidagi munosabatni aniqlash lozim.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining yoshlarga bilimlar va amaliy ko`nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o`stirish va axloqiy nafosat g`oyalarini egallashlarida qo`llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy maktabda o`qitish jarayonida qo`llash uchun qulayligi tushuniladi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish