Mavzu: Faol investitsiya siyosati sharoitida O`zbekiston Sanoat tarmoqlarining investitsiya siyosatining takomillashuvi Reja



Download 33,4 Kb.
Sana10.01.2020
Hajmi33,4 Kb.
#33092
Bog'liq
Jasur 2

Mavzu: Faol investitsiya siyosati sharoitida O`zbekiston Sanoat tarmoqlarining investitsiya siyosatining takomillashuvi

Reja:

I. Kirish

  1. Xorijiy investitsiya.


  2. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.


  3. “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”.


  4. O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi.

  5. Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish monitoringi boshqarmasi.

II. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH

Investitsiya – taraqqiyot tayanchi

Mamlakatimizda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur kafolatlar, qulay tashkiliy va huquqiy shart-sharoit yaratilgan. Xususan, ro‘yxatga olish, hisobotlarni taqdim etish, ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi. Huquqiy ta’sir choralari faqat sud orqali amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 mayda qabul qilingan “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lmoqda.

Poytaxtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyatiga bag‘ishlangan seminarda shu haqda gap bordi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari F.Ziyayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda qulay investitsiya muhitining yaratilgani samarasida iqtisodiyotimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil o‘sayotganini ta’kidladi. Investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida yangi obyektlar ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarish hajmi o‘sib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Seminarda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil etildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan tushgan qirqdan ortiq murojaat ko‘rib chiqilgan. Tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Natijada, qo‘shma korxonalar foydasiga jami 423 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirilgan. Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan tegishli idoralarga taqdimnoma, ogohlantirish va ko‘rsatmalar kiritilgan.



Xorijiy investitsiya

Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.



O'zbekiston qonunchiligi


  • „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“gi Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:


  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;


  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar;


  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;


  • chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.




Xorijiy investitsiyalarning shakllari

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:





  • ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;

100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;



  • yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish;

  • konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;

  • tenderlar eʼlon qilish;

  • moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:


  1. Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;



  1. Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin:





  1. Moliyaviy investitsiyalar;

2. Moddiy investitsiyalar;

3. Aqliy (intellektual) investitsiyalar.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.

Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.

Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.

Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin.

Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan harajatlardir.Investitsiyaga ketgan harajatning miqdori ikki omilga bog`liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan harajatlaridan olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib olishga zarur bo`lgan pulga ega bo`lishi uchun to`lashi lozim bo`lgan baho. Agarda, kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali bo`lmay qoladi.

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni to`la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo`la olmaydi.

Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.

Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi, er va boshka tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bulishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.

Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi:

1) iqtisodiy omillar:

-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy usish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;

-jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chukur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi);

-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chukurlashuvi;

-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortikdir);

-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chukurlashib borishi;

-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshk.

2) siyosiy omillar:

-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshq.);

-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;

-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);

-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”



(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda)

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan hissasini oshirish maqsadida:

1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik hisoblanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash taqiqlansin.

Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi haqida ogohlantirib qo‘yilsin.

3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.

4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:





  • ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga kechiktirilsin;

  • ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.


(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda)

6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va kompaniyalarga etkazsinlar.

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:





  • respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning keng doirasini tanishtirish;

  • xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash;

  • axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

I. KARIMOV

O’zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning rivojlanishi

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu o’rinda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o’tish joizdir.

О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.

Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.

Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda,

Qisqacha qilib aytganda, 2012-yilda 270 dan ortiq investitsiya loyihasini nihoyasiga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu borada 2012-yilgi Investitsiya dasturi investitsiya siyosatini amalga oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Uning parametrlari davlatimiz rahbari tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturi to’g’risidagi qarori bilan tasdiqlangan.Investitsiya dasturi doirasida 2012-yilda O’zbekistonda 23,6 trillion so’mlik kapital qo’yilmalarni o’zlashtirish rejalashtirilgan edi. Ularning 5,47 milliard so’mi markazlashtirilgan, 17,9 trillion so’mini nomarkazlashtirilgan investitsiyalar tashkil etadi. O’zbekiston hukumati 1,7 trillion so’mlik xorijiy investitsiya va kreditlarni teng ravishda o’z kafolati ostida jalb qiladi. Shuning 301 milliard so‘mi qishloq joylarda uy- joy qurishga yo’naltiriladi. 4,3 trillion so’mni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qiladi.

Xulosa qilib aytganda xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimiz davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga moljallangan bo lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.



Xorijiy investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish monitoringi boshqarmasi(xisobga olish va nazorat qilish)

Boshqarmaning asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat:

O'zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxatida ko'zda tutilgan xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha Davlat monitoringini olib borish.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlari doirasida xorijiy investitsiya va kreditlar ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda moliyalashtirish manbalari va tasdiqlangan loyiha xujjatlari mavjud bo'lgan investitsiya loyihalari monitoringini olib borish.

O'zbekiston Respublikasi Xukumati nomidan TIAISV va xorijiy investorlar o'rtasida imzolangan investitsiya bitimlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan qabul qilgan majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.

Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati loyihasini, hamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirishga yo'nalitirilgan Davlat dasturlarini shakllantirish.

Investitsiya dasturining Aniq manzilli ro'yxati doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning mamlakatlar, tarmoqlar, respublika hududlari, mahsulot turlari va boshqa kesimlarda, hamda investitsiya va moliyalashtirish yo'nalishlari bo'yicha doimiy ma'lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning barcha moliyalashtirish manbalari bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni tizimli ravishda tayyorlash.

Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish Davlat monitoringi instituti faoliyatini yanada yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlari, vazirlik va idoralar hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatiga, shuningdek umumiy investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishga oid Normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

Hukumat va boshqa ishchi guruhlar tarkibida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha vazirlik va idoralar faoliyatini reja asosida tahlil qilish va o'rganish, shu bilan birga, loyihalarni amaliy holatini joylarga chiqib o'rganishni tashkil qilish.

Xulosa

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.

Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.

Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.



Asosiy adabiyotlar

  1. Artikov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik -T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2012. 220 bet.

  2. Bekmurodov A. SH., G‘ofurov U.V. O‘zbekistonda Iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash: Natijalar va ustuvor yo‘nalishlar. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2005.-102 bet.

  3. Zaysev N.L. Ekonomika prombishlennogo predpriyatiya. Uchebnik. -M.: «Infra- M», 2008. - 410 str.

  4. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma.-T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005. - 170 bet.

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

  2. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. - 56 b.

  3. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. - 48 b

  4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. - 488 b.

  5. Belbix L.P. Restrukturizatsiya predpriyatiya. Ucheb. posobie. - M.: 2009. - 511 str.

  6. Rozanova N.M, Zoroastrova I.V. Ekonomicheskiy analiz firmbi i rbinka. Uchebnik. - M.: YUNITI-DANA, 2009. - 279 str.

  7. Razdarojnbiy A.A. Organizatsiya proizvodstva i upravlenie predriyatiem. Uchebnik. - M.: Ekzamen, 2009. - 876 str.

  8. Prosvetov G.I. Strategiya predpriyatii. Ucheb. prakticheskoe posobie. - M.: «Alfa- Press», 2010. - 184 str.


Internet resuslari ro’yhati


  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorijiy_investitsiya

  2. cbu.uz/uz

  3. uza.uz/uz

  4. fikr.uz

  5. www.gov.uz

  6. www.mfer.uz

Download 33,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish