Mavzu: Boburning hayoti va adabiy faoliyati



Download 281,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.07.2022
Hajmi281,46 Kb.
#780862
  1   2   3
Bog'liq
\'Bobur va Boburnoma ma`ruza matn



ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. 
MAVZU:Boburning hayoti va adabiy faoliyati. 
REJA: 
1. Boburning bolalik yillari. 
2. Boburning siyosiy faoliyati: 
A. Movarounnahrda olib borgan urushlari. 
B. Afg’onistonda qurgan hokimiyat. 
V. Hindistonda "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning vujudga kelishi. 
3. Bobur – buyuk shoir, adib va tarixchi olim. 
4. Bobur faoliyati va merosini o’rganishning ahamiyati. 
Uzoq o’tmishda ijtimoiy hayotning ko’p sohalarida muhim rolь o’ynagan 
yirik siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U o’z davrida iste’dodli 
lashkarboshi va davlat arbobi, talantli shoir va adib, san’at, adabiyot hamda 
fanning qadrini biladigan atoqli olim bo’lgan. Uning musiqa, harbiy ish haqida 
yozgan risolalari bizgacha yetib kelmagan bo’lsa ham, biroq uning boshqa qator 
asarlari ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lishi bilan g’arb tarixchilarini 
qizio’tirib kelgani kabi O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron tarixini 
tekshiruvchi sharo’shunos olimlar uchun ham ko’pdan buyon ilmiy tayanch 
manbalaridan biri bo’lib kelmoqda. 
Boburning lirik devonlari, "Boburnoma" si, aruzga doir risolasi, Hatti 
Boburiy, "Harb ishi", "Musiqiy ilmi" va boshqa asarlari o’zbek adabiy tili, 
adabiyoti va ilm-fanning ravnaq topishiga bebaho hissa qo’shdi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatining 
poytaxti Andijon shahrida tug’ildi. Uning otasi Umarshayx Mirzo temuriylardan 
bo’lib, Farg’ona ulusiga hukmronlik qilar edi. Bu davrda Movarounnahrda 
temuriylarning bir mahallar ma’lum darajada markazlashgan davlati parchalanib, 
mayda feodal davlatlarga bo’linib ketgan edi. Ular o’rtasidagi nizolar, taxt uchun 
olib borilayotgan to’xtovsiz kurashlar mamlakat xalqlarning io’tisodiy va madaniy 
imkoniyatlarini izdan chiqargan edi. Boburning otasi Umarshayx Mirzo ana 
shunday – toj-taxt uchun kurash keskinlashgan davrda hokimlik qildi va bu 
kurashlarda faol ishtirok etdi. 
Bobur yuqori saviyali muallim va murabbiylar qo’lida bilim oldi, 
tarbiyalandi. U juda tez orada xat-savodini chiqarib, ilm-fan, adabiyot va tarix 
bilan shug’ullana boshlaydi. SHuningdek, u ko’p vaqtini harbiy mashqlar va ov 
bilan shug’ullanishga sarf etdi. o’z qobiliyati bilan kattalarni hayratda qoldirar edi. 
1494 yil Andijon hokimi, Boburning otasi Umarshayx mirzo tasodifan halok 
bo’ladi va uning o’rniga taxtning vorisi, 12 yoshlik o’g’li Zahiriddin Muhammad 
Bobur taxtga chiqadi. Bu voqealar bayoni "Boburnoma" asarida batafsil bayon 
qilingan.
Bobur mamlakatni avval shayx Mazidbek, uning vafotidan keyin Boboquli 
Bobo Alibek ("bek atka" lar) hamda tadbirli onasi Nigorxonimning rahbarligi va 
ko’magida boshqaradi. Ularning ko’magida qo’shinni qayta tuzib, shaharlar va 
qo’rg’onlarni mustaxkamlaydi, dushmanning hujumini mohirlik bilan qaytarib, uni 
chekinishga majbur qiladi. Otasi tirikligi davrida (1494 yilda) Samarqand hokimi 


Sulton Ahmad Mirzo (Umarshayx mirzoning o’z akasi) va Toshkent hokimi 
Mahmudxon (Umarshayxning qaynog’asi va Sulton Ahmadning kuyovi) 
boshlagan urushni bartaraf qilishga muvaffaq bo’ladi, dushmanni chekinishga 
majbur qiladi. Bu Boburning birinchi va eng katta g’alabasi edi. 
XV asrning oxirida Movarounnahr va Xurosonda feodal tarqoqlik hukm 
surar, har bir bek o’z ixtiyoriga ish tutishga harakat qilardi. SHayboniyxonning 
tarixchisi Muhammad Solihning ta’biricha, hamma bir-biridan qo’rqar, o’zicha 
shohlik talab qilib, mamlakatda ig’vo urug’ini sochardilar. Movarounnahr 
tuproqida avj olgan o’zaro janglarda Bobur Mirzo ham qatnashishga majbur edi. 
Xalq ommasi og’ir ahvolda qolgan edi. 
Sulton Mahmud Mirzo vafotidan so’ng, 1495 yil yanvarь oyida uning 
ikkinchi o’g’li Boysung’ur Mirzoni Samarqand taxtiga o’tqizadilar. 1496 yil 
Boysung’ur Mirzoga qarshi Samarqandda tarxonlar isyoni boshlanadi. Bundan 
xabar topgan Bobur Mirzo ham Samarqand taxtiga da’vogar bo’lib, 17 iyunda o’z 
qo’shini bilan SHavdar tumaniga yetib kelib Samarqand qamaliga kirishadi. Ayni 
shu payt Sulton Mas’ud Mirzo Samarqandning ikkinchi tarafidan, Sulton Ali 
Mirzo esa uchinchi tarafdan qamal qiladilar. 
Qish yaqinlashib qolgani uchun mazkur shahzodalar Samarqandni qamaldan 
o’shatib, o’z yurtlariga qaytib ketadilar. 
Bobur Samarqandni 1498 yilda, 15 yoshida bir necha urinishlardan keyin 
qo’lga kiritadi. Biroq Samarqandning ichki vaziyati Bobur kutganicha bo’lib 
chiqmadi. O’zaro urushlar va soliqlar natijasida shahar qashshoq bir ahvolga kelib 
qolgan edi. Buning ustiga Andijonda Uzun Hasanning saltanatga qarshi isyon 
ko’targan xabari keladi. Yuz bergan siyosiy va io’tisodiy tanglikni mushohada 
qilgan Bobur Mirzo, qanday bo’lmasin Andijonni saqlab qolish payiga tushadi. 
Mazkur sabablarga ko’ra, Bobur Mirzo Samarqandda 100 kun hukmronlik 
qilgach, uni taqdirning irodasiga havola qilib, tashlab chiqib ketishga majbur 
bo’ladi. 
Bobur Mirzo Samarqanddan chiqib, Xo’jandga yetganda, Andijonning 
qo’ldan ketganligi haqida xabar oladi. Bu paytda Samarqandni esa Sulton Ali 
Mirzo egallagan edi. Bobur Mirzo ikki yil davomida Samarqand bilan Andijon 
orasida sargardon bo’lsada, biroq har ikki shahardan aqalli birortasini ham qo’lga 
kiritishga muvaffaq bo’lolmadi. 
Ikki yil o’tgandan keyingina Bobur Andijonni qo’lga kiritdi, yangidan 
Samarqandni olish niyatida qo’shin tortib keldi. Bu paytda Movarounnahrning 
markaziy viloyatlarini qo’lga kiritish niyatida yurgan SHayboniyxon Samarqandga 
yaqinlashib qolgan edi. Samarqand hokimi Sulton Ali Mirzoning roziligi bilan 
Samarqand SHayboniyxon qo’liga o’tadi. 
1500 yilda Bobur Mirzo Samarqand shahriga to’satdan bostirib kirib, 
SHayboniyxonning asosiy kuchini qirib tashlaydi. Bu paytda SHayboniyxon 
Konigulda edi. Samarqandni esa uning amirlaridan biri boshqarayotgan edi. 
SHunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtiga ikkinchi marta chiqadi. 
Lekin bu safar ham Bobur Mirzo Samarqandda uzoq turolmaydi. CHunki 
shaharda vayronalik va ochlik hukmronlik hukm surardi. Ana shunday vaziyatda 
Bobur shaharni qamal qilgan SHayboniyxonning sulh tuzish haqidagi taklifini 


qabul qiladi. Bu voqea to’g’risida Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" asarida 
bayon etilgan. 
Samarqanddan chiqib ketgan, viloyatidan, navkarlarning ko’pidan ajralgan 
Bobur Toshkentda ko’p alam – iztirob chekadi. Bobur tog’asi Mahmudxonning 
yordami bilan Andijonni yana qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Biroq bu ham huzuriga 
keladi va SHayboniyxonga qarshi birga kurashishga da’vat etadi natijasiz chiqadi. 
Mahmudxon yengilib, SHayboniyxonga asir tushadi. SHayboniyxon Toshkentni 
ham qo’lga oladi. Bobur Mo’g’ulistonning shimoli – SHarqiy tomoniga qarab 
qochadi. Birmuncha vaqtdan keyin Farg’ona vodiysiga qaytib keladi. Biroq 
Movarounnahrda yirik va mustahkam hokimiyat vujudga keltirishga ko’zi 
yetmagach, 1504 yilda 300 dan ortiq yigiti bilan Afg’onistonga qarab yo’l oladi. 
Bobur Mirzo Qobul tomon yurib, 1504 yil sentyabrь oyida Qobulni Zunnun 
Arg’unning o’g’li Muhammad Muqimdan tortib oladi. SHunday qilib, Qobul va 
uning atrofi Bobur Mirzo tasarrufiga o’tadi. 
1505 yilda Husayn Boyqaro barcha o’g’illari qatori Bobur Mirzoni ham 
Hirotga chaqirtiradi. Bu yig’ilishdan maqsad – SHayboniyxonga qarshi ittifoq 
tuzib, urushga tayyorgarlik ko’rish edi. Bobur Mirzo bu kengashga albatta 
borajagini aytib, Sayid Afzalni jo’natadi. 
1506 yil 5 may kuni Sulton Husayn Boyqaro SHayboniyxon ustiga qo’shin 
tortib, Bobo Ilohiy mavze’iga yetganda vafot etadi. Bobur Mirzo fotiha zarurati 
bilan Hirotga boradi va Sulton Husayn Boyqaroning o’g’illari bilan uchrashib, 
ularning o’zaro ichki nizo va xusumatlarini sezadi hamda bu shahzodalar bilan 
ittifoq tuzib, SHayboniyxonga qarshi kurashib bo’lmasligiga aqli yetib, noumid 
bo’lib qaytib keladi. Qobulga yaqinlasharkan, amakivachchasi Mirzoxon Qobulda 
isyon ko’tarib, o’zini shoh deb e’lon qilgani haqida xabar keladi. Bobur Mirzo 
ko’p qiyinchiliklardan so’ng Qobulni qo’lga oladi. 
1507 yilda SHayboniyxon Hirot bilan butun Xurosonni zabt etgach, 
Qandahorga yurishga jazm qiladi. Uni egallab olgach, ukasi Nosir Mirzoni hokim 
qilib tayinlaydi va o’zi Qobulga qaytib keladi. SHayboniyxon Bobur Mirzoni 
Qandahorda deb gumon qilib o’z qo’shini bilan kelib, shaharni qamal qiladi. Nosir 
Mirzo shaharda turolmay, Qobulga qochib keladi. 
Bu xabarni eshitgan Bobur Mirzo SHayboniyxon bilan uchrashishdan ko’ra, 
harholda ko’zdan nariroq turishga qaror qiladi. o’zining bek va amirlarini yig’ib, 
o’z fikrini izhor qiladi. Bobur Mirzoning fikricha, mavjud vaziyat taqozosiga 
ko’ra, SHayboniyxon ko’zidan yiroo’roq turish maqsadida Badaxshonga yoki 
Hindistonga yurmoqlik lozim edi. 
1507 yil sentyabrda Bobur Hindiston safariga yo’l oladi. Ammo 
SHayboniyxon Qandahorni ololmay, sulh tuzib, orqaga qaytgani haqidagi xabarni 
eshitgach Qobulga qaytib keladi. 
Nosir Mirzoga Fazna viloyatini va Abdurazzoq Mirzoga Nanginahor
Mindaravur, Darayi Nur Kiz va Nurgul hokimligini in’om qiladi. 
1508 yil mart oyida Bobur Mirzoning katta o’g’li Humoyun Mirzo tug’iladi. 
SHu munosabat bilan Bobur Mirzo o’zini bundan buyon Bobur podshoh deb 
atashlarini buyuradi. 


1510 yil SHayboniyxonning o’limidan so’ng, Bobur Eron shohi Ismoil 
Safaviy bilan harbiy bitim tuzib, Samarqandni qo’lga kiritadi va bitimga muvofiq 
shoh Ismoil nomiga xutba o’qittiradi. Bundan norozi bo’lgan xalq ommasi (Ismoil 
shia mazhabiga mansub edi) ruhoniylar ta’siri ostida Bobur podshohga nisbatan 
dushmanlik kayfiyatida bo’ladilar. SHunga qaramay, Bobur podshoh Samarqandga 
sakkiz oy hukmronlik qiladi.
Bu asnoda SHayboniylardan Ubaydullaxon besh ming qo’shin bilan 
Buxoroga yurish boshlaydi. 1512 yil 28 aprelda Xayrobod va Qorako’l o’rtasidagi 
Qo’shmalik yonida hal qiluvchi jang bo’ladi. Bu jangda Ubaydullaxon qo’shini 
kutilmaganda Bobur podshoh qo’shinini tor-mor keltiradi. Bobur podshoh tezlik 
bilan Samarqandga qaytib keladi va o’z yaqinlari va askarlarini olib, Hisor orqali 
Qobulga ketadi. U endilikda Movarounnahrga hukmronlik qilish xayolini boshidan 
butunlay chiqarib tashlaydi va taqdirga tan berib, yana Hindiston tomon yurish 
masalasini kun tartibga qo’yadi. 
Bobur podshoh Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi 
yurishda, ya’ni 1526 yil 21 aprelda tarixda mashhur jang – Panipat jangi bo’ladi. 
Bu jang Dehli hukmdori Sulton Ibrohim ibn Sulton Iskandar ibn Baxlul Lo’diy 
bilan bo’lib o’tadi. Tarixchilarning ma’lumotlarga qaraganda, Sulton Ibrohim 
Lo’diyning yuz mingga yaqin askar va mingtaga yaqin jangari fillari bo’lgan. 
Bobur podshohning esa ja’mi o’n - o’n ikki ming askari bo’lgan. Gulbadanbegim 
"Humoyunnoma" asarida ushbu voqealarni ancha batafsil bayon qiladi. Ibrohim 
Lo’diy ustidan qozonilgan g’alabadan so’ng 27 aprelda Dehlida Bobur podshoh 
nomiga xutba o’g’iladi. Boburning bu g’alabasidan keyin ba’zi hind va afg’on 
feodallari ittifoq tuzib, CHitora hokimi Rano Sango rahbarligida Boburga qarshi 
bosh ko’tardilar. Bu dahshatli jang ham Bobur g’alabasi bilan yakunlandi. Bu 
g’alaba bilan Bobur Hindistonda uzil – kesil o’z hokimiyatini o’rnatgan edi. U 
yirik bir davlat – imperiya vujudga keltirgan edi. Bu imperiyani yevropaliklar 
"Buyuk mo’g’ul imperiyasi" deb nomlay boshladilar, chunki ular temuriylarni 
CHingizxon avlodlari deb hisoblar edilar. 
Bobur umrining oxirigacha Hindistonda qoldi. Uning ayrim beklari va askar 
boshliqlari Afg’onistonga qaytib ketgan edilar. 
Bobur vatanni qo’msaydi, yor – do’stlarini sog’inadi. U Afg’oniston va 
Movarounnahrdagi do’stlari, yor – birodarlari bilan muttasil aloqada bo’lib turadi, 
ularga o’zining yangi asarlarini va sovg’a – salomlarini yuboradi. Lekin u 
umrining oxiriga qadar vataniga qaytish orzusidan ayrila olmaydi. 
Bobur asos solgan davlat Hindistonning ijtimoiy – siyosiy va io’tisodiy – 
madaniy taraqqiyotida g’oyat katta progressiv rolь o’ynadi. Katta va 
markazlashgan davlatning vujudga kelishi Hindistonning taraqqiyoti uchun ancha 
keng imkoniyat tug’dirdi. Bobur Hindistonning xo’jalik hayotiga, madaniyati va 
obodonchiligiga katta e’tibor berdi. U arig’ va kanallar ochtirdi, turli binolar 
qurdirdi. U Hindistondagi xilma-xil qabila va xalqlarning urf – odat va rasm - 
qoidalariga qarab ish ko’ra boshladi. Atrofiga olim va fozil kishilarni to’pladi. 
O’ind olimlaridan SHayxorani o’ziga vazir va maslahatchi qilib tayinladi. Mashhur 
tarixchi Xondamir va boshqa ayrim shoirlar, fozillar Husayn Boyqaroning 
vafotidan keyin Boburning dargohiga bordilar. Uning saroyida ko’pgina shoirlar va 


olimlar to’plandi. Bobur atrofidagi beklar va fozil kishilar bilan kengashib ish 
ko’rar edi. o’g’illariga ham shuni maslahat berardi. 
Bobur 1530 yil 26 dekabrda Agrada o’zi obod qilgan Zarafshon chorbog’ida 
vafot etdi. Boburning vasiyatiga muvofiq, chevarasi SHohjaxon uning xokini 
Qobulga qo’ydirib, maqbara qurdirdi. 
Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga 
qadar davom etdi. Boburning vorislari – boburiy podsholar Hindistonning siyosiy 
hokimiyatini mustahkamlash, xo’jaligi va madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy 
rolь o’ynadilar. Ular mahalliy xalqlar bilan tobora yaqinlashib, chatishib ketdilar. 
Hindistonning xo’jaligi va madaniyati ayniqsa mashhur podsho, Boburning 
nabirasi Akbar davrida (1556-1605) tez o’sib rivojlandi. Bobur va boburiylar 
davrida Hindistonda turkiy tildagi adabiyot ham vujudga keladi, Bayramxon (XVI 
asr) kabi shoirlar yetishadi. 
Javoharlal Neru o’zining "Hindistonning kashf etilishi" nomli asarida 
Boburga baho berib, shunday yozadi: "Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davriga xos 
hukmdor, dovyurak, serg’ayrat va epchil inson, u hayot nafosatidan, lazzatidan 
lazzatlana bilgan... Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi 
saltanat boshlandi. Mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining 
shuhrati butun Osiyo va Yevropa bo’ylab tarqaldi". 
Zahiriddin Muhammad Bobur faqat yirik davlat arbobi va mohir 
lashkarboshigina bo’lib qolmay, buyuk shoir, adib, tarixchi va olimdir. Boburning 
merosi xilma – xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo’lgan, u musiqa ilmi, she’riy 
uslub hamda harbiy san’at haqida ilmiy risolalar yozgan. Ammo uning bu asarlari 
hozirgacha topilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Uning "Boburnoma" dan 
tashqari "SHe’rlar devoni" bo’lib, mazkur devon Boburning Lutfiy va Navoiydan 
qolishmaydigan darajada yetuk bir lirik shoir ekaniga dalildir. Bobur o’zining 
"Mubayyin" nomli asarida soliq solish tartiblari, ekin maydonlarini tayinlash, 
qanday yerlardan qaysi hajmda soliq olishni shariat mezoni bilan o’lchab, chiroyli 
nazmiy asar yaratgan. Bobur ushbu asarini o’g’li Humoyun Mirzoga atab yozgan, 
deb taxmin qilish mumkin. CHunki asarda u Humoyun, Komron Mirzolarning 
nomlarini tilga olib, ularga tilak bildiradi. Bundan tashqari, Bobur Xo’ja Ahrorning 
tasavvufga oid "Volidiya" nomli asarini nazmga solib, eski o’zbek tiliga tarjima 
qilgan. SHuningdek, Bobur aruz ilmiga mansub bo’lgan "Muxtasar" nomli 
qimmatli asarning ham muallifidir. 
Bobur alifbe masalalari bilan ham shug’ullangan. U alohida xat turi "Hatti 
Boburiy" ning ixtirochisidir. Bobur ijodi nihoyatda serqirra. Garchi umri 
quvg’inlik va musofirlik tashvishlari bilan o’tgan bo’lsa – da, u tahorat, tayammum 
bilan o’zini pok tutib, musulmonlik farzu sunnatini ado etgan. Buning ustiga 
kelajak avlodlar uchun da’vatnoma deb aytish mumkin bo’lgan "Kitobu – s – 
salot" – "Namoz Kitobi" ni yozib qoldirgan. 
Zahiriddin Muhammad Bobur ismining lug’aviy ma’nosi – "Yo’lbars" dir.
Uning jismi ismiga monand bo’lib, yo’lbarsdek kuchli, dovyurak, abjir va epchil 
bo’lgan. 
Boburning eng yirik va ajoyib asari, uni butun dunyoga tanitgan, Yevropa 
SHaro’shunoslari tomonidan Yuliy TSezarning kommentariyalari bilan bir qatorga 


qo’yilgan kitobi "Boburnoma" dir. "Boburnoma" tarixiy – badiiy asardir. 
"Boburnoma" tarixiy manba bo’lishi bilan birga, o’zbek prozasining qimmatli 
yodgorligidir. SHu bilan birga, "Boburnoma" geografiya, etnografiya, tibbiyot, 
xalq meditsinasi va boshqa ilmiy sohalar bo’yicha ma’lumot beruvchi asardir. U 
o’zbek adabiy tilining muhim yodgorligidir. 
Boburning faoliyati va adabiy merosini o’rganishda turli soha olimlari – 
tarixchilar, filologlar, geograflar va boshqalar katta natijalarga erishdilar. Fanda 
boburshunoslik deb aytish mumkin bo’lgan maxsus soha vujudga keldi. Bobur 
faoliyatini o’rganish bo’yicha Yevropa sharo’shunoslaridan Vitsen, Djon Leyden, 
V.Erskin, R.M.Kalenot, Pave de Kurteyl, Denison Ross, A.Beverij xonim, Len 
Pulь, E.Xolden, V.X.Moremend va boshqalar, rus olimlaridan N.I.Ilьminskiy, 
V.V.Vyatkin, A.Samaylovich, V.Bartolьd hamda afg’on va hind olimlari olib 
borgan tadqiqotlarni alohida ta’kidlab o’tish mumkin. o’zbek olimlaridan 
H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, S.Aliev, A.Qayumov, S.Jamolov, 
H.Hasanov, I.Haqqulov, H.Qudratullaev va boshqalar samarali xizmat qildilar. 
Bobur haqidagi tadqiqotlar chop etildi, Bobur asarlarining lug’atlari tuzildi, Bobur 
asarlarining qayta-qayta chop etilishga erishildi. 
TAYaNCH SO’Z VA TUSHUNCHALAR: 
Zahiriddin Muhammad Bobur, "Boburnoma", "Hatti Boburiy", "Harb ishi", 
"Musiqiy ilmi", "Muxtasar", "Volidiya", Kitobus – s – salotin", Xo’ja Ahror, 
SHayboniyxon, Gulbadanbegim, "Humoyunnoma", Humoyun, Nosir Mirzo, 
Sulton Ibrohim Lo’diy, Bayramxon. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR. 
1. Boburning bolalik yillari va o’smirlik yillari haqida ma’lumot bering.
2. Boburning Movarounnahrda olib borgan siyosiy faoliyati va uning 
ahamiyati. 
3. Boburning Afg’onistondagi faoliyati haqida ma’lumot bering. 
4. "Buyuk mo’g’ul imperiyasi" ning tarixda tutgan o’rni.
5. Bobur ijodiy merosi va uning o’rganilishi haqida ma’lumot bering. 
ADABIYoTLAR: 
1. Bobur. Tanlangan asarlar. o’z FAN, T., 1958. 
2. "Boburnoma". o’z FAN, T., 1980. 
3. Zahiriddin Muhammad Bobur. Asarlar, uch jildlik, I-III jild. 1965 –1966. 
4. Zahiriddin Muhammad Bobur. Mahrami asror topmadim. 1993. 
5. Gulbadanbegim, "Humoyunnoma", T., 1959, 1998. 
6. Bobur. "Muxtasar" FAN, 1971. 
7. Mallaev N.M. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. 1976. 
8. Turg’un Fayziev. Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. 1996. 
MAVZU: BOBUR LIRIKASI. 


REJA: 
1. Boburning lirik merosi. Bobur devoni haqida ma’lumot. 
2. Bobur lirik merosining janr xususiyatlari, mavzu doirasi: 
A) Hayotga muhabbat va shodlikni kuylash; 
B) Ma’rifatparvarlik va axloq - odob masalalari; 
V) Vatan ishtiyoqi va g’urbat izitiroblari; 
G) So’fiyona mayllar ifodasi. 
3.Boburning san’atkorlik mahorati. 
4.Xulosa 
Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga jamlangan. SHoirning 
o’zbekcha devonining ikki qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri 
Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini shu ikki 
qo’lyozma nusxa va "Boburnoma" dagi she’rlar tashkil etadi. Mana shular asosida 
Boburning bir necha bor nashr qilindi. Boburning she’rlarini 1910 yilda ingliz 
SHaro’shunosi Denison Ross to’plab ingliz tiliga tarjima qilib, nashr etdi. 
SHoirning ba’zi she’rlari 1931 yil Istambulda chiqqan "Milliy tatabbu’lar" 
majmuasiga ham kiritilgan. Boburning she’rlari o’tmishda ingliz, frantsuz, va 
boshqa Yevropa tillariga ham tarjima qilingan edi. Keyin 60-70 yil ichida Bobur 
she’rlari qayta-qayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to’plamlarga kiritildi va 
bir necha marta tanlangan asarlar tarzida bosilib chiqdi. 
Bobur devoni lirik turning har xil janrda yozilgan she’rlarni, jumladan, g’azal, 
ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o’z ichiga oladi. Unda oddiy 
g’azallar bilan bir qatorda g’azali musajja’ (markaziy ruknlari qofiyadosh bo’lgan 
g’azal), qit’a g’azal (birinchi bayti qofiyasiz bo’lgan g’azal), g’azali husni matla’ 
(matla’dagi keyingi baytning har ikkala misrasi matla’ga qofiyadosh bo’lgan 
g’azal), qo’shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona (to’rtala misrasi qofiyadosh 
bo’lgan ruboiy), oddiy tuyuqdan tashqari, qo’shaloq tajnisli tuyuq, tajnisiz tuyuq 
hamda tajnisli qit’a, tajnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham 
ko’ramiz. Fazal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir. 
Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, 
muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki 
xillaridan foydalanadi. 
Bobur devoni asosan uning o’zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq 
shu bilan birga, unda fors-tojik tilida yozilgan bir necha she’r ham bor. Bobur o’z 
ona tiliga bo’lgan muhabbatini bir she’rida shunday ifodalagan edi: 
Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni, 
Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni. 
Bobur fors-tojik adabiy tilini ham mukammal bilar edi. Bunga shoirning 
fors-tojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo’la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, 
Umar Hayyom, Hofiz singari ustoz san’atkorlarning bir qator an’analarini davom 
ettirdi va rivojlantirdi, ularning g’azallariga nazira va muxammaslar bog’ladi. 
Bobur lirik asarlarining mavzu ko’lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman 
voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga 


harakat qiladi va bu sohada ko’pgina yutuqlarni qo’lga kiritadi. Kishilarning 
ma’naviy qiyofasi, din, tasavvuf, hokimiyat va marifat masalalari, yor va unga 
bo’lgan muhabbat, vatan haqidagi o’ylar, unga intilish, zamondan norozilik
hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi. Murakkab va ziddiyatli 
hayot va kurash yo’lini bosib o’tgan Boburning o’zi bu lirikaning markaziy 
qahramonidir. 
Bobur lirikasi til va uslubi jihatidan nihoyatda sodda va ravondir. U jo’shqin 
va musiqiy misralarida hayotiy, original obrazlar yaratadi, xalq tili va uning 
og’zaki ijodi boyliklaridan unumli va o’rinli foydalanib, she’rlarining tilini boy va 
rang-barang qilishga erishadi. 
Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U odamlarni hayotni qadrlashga 
va sevishga, rostgo’y to’g’ri bo’lishga, o’z shaxsiy manfaati ketidangina 
quvmaslikka, halol, sof ko’ngil bo’lishga, umuman ruhiy boylikka ega bo’lishga, 
mazlum va muhtojlarni oyog’ osti qilmaslikka, maqsadga zo’r berib intilishga, 
qat’iyat bilan qanday bo’lmasin unga erishishga chaqiradi. SHoir bir she’rida 
shunday deydi: 
Davlatg’a yetib mehnat elin unutma, 
Bu besh kun uchun o’zungni asru tutma... 
Bobur hayot, sevgi va shodlik kuychisidir. U dunyoni, hayotni, hayot 
quvonchlarini, inson tirikligini, uning xursandchiligini, bahor va uning 
xursandchiligini, bahor va uning latofatini sevadi: 
Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yozi, 
Xush ul kishikim aysh ila utgay qishu yozi. 
SHoir lirikasida bunga ko’plab xarakterli misollar keltirish mumkin, 
jumladan: 
Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati, 
SHe’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. 
Yoz faslida chog’ir ichmakning o’zga holi bor, 
Kimga bu nash’a muyassar bo’lsa bordur davlati.
Ishq dardin chekib har kimki topsa vasli yor, 
Ul zamon bo’lg’ay unut, yuz yilki hijron shiddati. 
SHoir "yoz fasli" bilan bodaning kayfiyatini, "yor vasli" bilan "ishq dardi" 
ni, "do’stlarning suhbati" bilan "she’r bahsini" kuylaydi. U dilkash, bama’ni va 
xushchaqchaq majlislarni, do’stlar suhbatini istaydi va ta’rif qiladi. 
Boburdagi bu kayfiyat o’zining chuqur falsafiy asoslariga ega, zotan hayotni 
qattiq sevuvchi va shu bilan birga uning zavq - shavqini tark etishni istamaydigan, 
umrning insonga berilgan ne’mat ekanligini idrok etadigan uning mohiyatini 
anglagan inson albatta uning qadriga yetishga da’vat etgan: 
Fofil o’lma, ey soqiy, gul chog’in g’animat tut, 
Vaqti aysh erur bog’iy, ol chog’ir, ketur, bot tut. 
Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla, 
Ne bo’lur ekin tongla, sen bugun g’animat tut. 


Boburning bunday erkin fikrlari o’z davrida favqulodda ahamiyatga ega edi 
va ular Bobur adabiy merosi uchun katta ijtimoiy mohiyat, yorqinlik, 
mazmundorlik, joziba baxsh etadi. 
Bobur she’riyati ilm-ma’rifatni, axloq-odob kabi masalalarni ham qamrab 
oladi. SHoir ilmning o’z-o’zidan bunyod bo’lmasligini ta’kidlar ekan, kishi faqat 
havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo’lishi mumkin deydi: 
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak, 
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo’q, 
Men borman ilm tolibi, ilm kerak. 
Yaxshi xulq - atvorga ega bo’lishi, kishilarga yaxshilik qilishi eng ezgu 
xislat va olijanob fazilatdir: 
Xalqingni rost etgil har sorig’aki borsang, 
"Ahsanta" deb bori el, gar yaxshi ot chiqarsang... 
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q. 
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’. 
Boburning ko’pgina she’rlarining mazmunini vatan ishtiyoqi, g’urbat 
hasratlari, sog’inch kayfiyati tashkil etadi. Bu bevosita shoirning murakkab hayoti 
va kurash yo’li, shodiyona alamli sarguzashtlari bilan bog’liq. Bobur temuriylar 
saltanatini saqlab qolish, Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat qurishga 
intildi. Biroq bu orzulari amalga oshmadi. U vatanini tashlab ketdi. Undan olisda 
ko’plab mashaqqatlarni boshidan kechirib yashadi. Bularning hammasi shoir 
qalbidan qog’ozga ko’chdi, she’rga aylandi: 
Ko’ngli tilagan murodga yetsa kishi, 
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi. 
Bu ikki muyassar o’lmasa olamda, 
Boshni olib bir sorig’a ketsa kishi,- 
deydi shoir. Yana shunisi e’tiborliki, bunday kayfiyatdagi ba’zi she’rlar shoir 
biografiyasi haqida kam ma’lumot beradi, ya’ni biografik asosning shoir 
she’riyatidagi o’rnini ko’rsatib turadi. 
Beqaydmenu xarobi sim ermasmen, 
Ham mol yiqishtirur laim ermasmen. 
Qobulda istiqomat qildi Bobur dersiz, 
Andog’ demangizlarki, muqim ermasmen. 
Boburning vataniga qaytish orzusi ushalmadi. U yurtidan uzoqda qolib ketdi, 
davlati va saltanati uni umr bo’yi chet elga bog’lab qo’ydi. Binobarin, u: 
Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla, 
Lekin borurimda ixtiyorim yo’o’tur, -
degan edi. 
Bobur she’rlari orasida o’zining vatanidan olisga ketib qolishini "xatolig’" 
deb baholagan pushaymonlig’ kayfiyati ham uchraydi: 
Tole’ yo’qki, jonimg’a balolig’ bo’ldi, 
Har ishnikim ayladim, xatolig’ bo’ldi. 
o’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandim, 
Yorab, netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 


Demak, Bobur o’z vatanini ishtiyoq bilan sevadi, g’urbatdan hasrat va nadomat 
chekadi, bu kayfiyatini, holatini o’z she’rlarida - g’azal va ruboiylarida mahorat 
bilan ifodalaydi. 
Bobur lirikasidagi ishq mavzusi juda keng qamrovli. U oddiy insonning 
insonga bo’lgan muhabbatidan, insonning ilohga bo’lgan muhabbati darajasiga 
ko’tarilgan. Bu esa Bobur she’riyatidagi so’fiyona mayllarni namoyish qiladi. 
Bobur oshiqni zohidga, ishqni zuhdu – taqvoga qarama - qarshi qo’yar ekan, bir 
jihatdan Navoiy singari shoirlarning an’analarini davom ettirib, tarkidunyochilikni 
oqlamasa, ikkinchi tomondan tasavvuf ta’limotidan bizga ma’lum bo’lgan zohidlar 
va oshiqlar (so’fiylar) o’rtasidagi kelishmovchiliklarni ko’rsatib beradi: 
Zohido do’zax o’tidin meni ne qo’rqutasen, 
Hajr o’ti qoshinda ko’rmasmen ani uchqunga. 
Yoki: Tiyradur zuhd damidin ko’ngul, 
Ishq o’ti birla yorutmog’ kerak... 
...Zuhd ketti, esa karam qildi, 
Ishq keldi-yu muhtaram qildi.
Xullas, Bobur lirikasining mavzu doirasi rang-barang bo’lib, u o’zbek 
klassik she’riyatining ravnaq topishiga, ijtimoiy – falsafiy fikrlar taraqqiysiga katta 
hissa qo’shdi. 
Bobur – yetuk san’atkor shoir. U Lutfiy, Navoiy singari buyuk so’z 
san’atkorlaridan ta’lim olib, ularning an’analarini davom ettirib rivojlantirgan 
shoirdir. SHoir she’riyatning badiiy soddaligi uchun kurashdi. SHoir yaratgan 
timsollar samimiyligi va tabiiyligi bilan kitobxonni hayratga soladi. SHoir badiiy 
sodda, ravon, musiqiy, tili boy va rangdor she’rlar yaratdi. Uning she’rlarida o’y va 
fikr, his va tuyg’u, tasvir va tavsif, so’z va musiqiylik bir-biri bilan uzviy bog’lanib 
ketadi; Insonning xilma-xil ichki kechinmalari, shodligi va qayg’usi, orzu va 
armon, tolei va taqdiri o’ziga xos badiiy bo’yoqlar bilan tasvirlanadi, jonli obraz va 
portretlar yaratadi, tabiat manzaralari va turli lavhalarni rassom kabi chizib beradi. 
U har bir she’ridagi mazmunni, kayfiyatni e’tiborga olgan holda unga muvofiq 
shakl vazn qo’llaydi, ichki qofiyalardagi, so’z o’yinlaridan, intonatsiya va ovush 
tovlanishlaridan ustalik bilan foydalanadi. Masalan, janrning: 
"Ko’nglumni chu ul pari olibtur, 
Devona bo’lurg’a ne qolibtur". 
Yoki: "Sabo ul gul haramig’a guzar qil, 
Mening holimdin ul gulga xabar qil" – 
kabi misralari nihoyatda sodda, ravon va musiqiydir. 
Bobur lirikasi shoirning yuragi, his tuyg’ulari, o’y va orzusi, sukuti va 
hayajonning kitobidir. Mohir shoir bularning barchasini lirik she’rlarida 
favqulodda sodda usul bilan nihoyatda ravon va ravshan, tabiiy va haroratli qilib 
tasvirlaydi. Lirik qahramon – Bobur timsolida biz maqlub va xomush, alamli va 
hasratli, umidsiz va istiqbolsiz shaxs bilan g’olib va mag’rur, shod va quvnoq, 
umidli va istiqbolli Bobur timsolini ham ko’ramiz. Xuddi shu kabi ma’shuqa 


timsoli ham goh bevafo, sitamkor goh eng mehribon, vafodor, go’zal yor sifatida 
gavdalanadi. 
Lirik she’rlarida shoir faqat siyosiy faoliyati zaminida vujudga kelgan 
kayfiyatlari bilan emas, balki oshiq, ma’rifatparvar va murabbiy bir inson sifatidagi 
fikr – tuyg’ulari bilan ham mujassamlashadi.
Boburning san’atkorlik mahorati badiiy san’at va tasvir vositalarini 
qo’llashda ham namoyon bo’ladi. U o’xshatish, tazod, laf va nashr, parallelizm, 
mubolag’a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni, 
holat va his-tuyg’uni mukammalroq yoritishga erishadi. (Ushbu badiiy san’at va 
tasvir vositalariga o’qituvchi Bobur g’azallaridan misollar keltirgan holda 
tushuntiradi). 
Xullas, Bobur lirikasi rang-barang janrlardan tashkil topgan. Uning mavzu 
doirasi keng. SHarq she’riyati an’analarini davom ettirgan shoir mavjud she’riy 
san’atlar va tasvir vositalari deya mahorat bilan foydalanib, o’z san’atkorligini, 
o’zbek she’riyatida o’ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi. 
TAYaNCH TUSHUNCHALAR VA So’ZLAR: 
Lirik tur, janrlar, g’azal, ruboiy, tuyuq, oddiy g’azal, g’azali musajja’, qit’a g’azal, 
g’azali husni matla’, tajnis, laf va nashr, badiiy mahorat. 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR: 
1.Boburning lirik merosini nimalar tashkil etadiq 
2.Bobur lirikasining mavzu doirasi haqida ma’lumot bering. 
3.Boburning she’rlarida biografik asosning o’rnini izohlang. 
4.Bobur qo’llagan badiiy san’atlar va tasvir vositalarini tushuntirib bering. 
ADABIYoTLAR: 
1.Bobur. Tanlangan asarlar. o’z FAN, 1958. 
2.Zahiriddin Muhammad Bobur. I –II jildlar, 1965-66. 
3.Zahiriddin Muhammad Bobur. Mahrami asror topmadim. T., 1993. 
4.Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob, 1976. 
5.AzimjonovaS. Indiyskiy divan Babura. 1966. 
6.Zohidov V. O’zbek adabiyoti tarixi. 1961. 
7.Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. M., 1982. 
8.Qayumov A. Bobur lirikasining g’oyaviy – badiiy xususiyatlari. "O’zbek tili 
va adabiyoti". 1958 №2. 
7.Qudratullaev O’. "Boburnoma" ning tarixiy – adabiy va uslubiy tahlili. 
Avtoreferat. T., 1998. 
8.Gulbadanbegim "Humoyunnoma", T., 1998. 
9.Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari. T., 1996. 



Download 281,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish