0 ‘qotar qurollar vositasida qorin qismiga o‘tuvchi tan jarohati yetkazilgan holatlarda jarrohlik yordami ko‘rsatish prinsiplari. M azkur holatlarda jarrohlik yordami ko'rsatish quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 1. O'qotar qurollar vositasida qorin sohasiga tan jarohati yetkazilgan holatlarda dastlabki 8—12 soat mobaynida jarrohlik yordami ko'rsatish, bemorning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. 2. Jarrohlik yordami qanchalik tez ko'rsatilsa (1— 1,5 soat ichida), tibbiy yordam shunchalik samarali bo'ladi. Zero, bu vaqt orasida peritonit rivojlanib ulgurmaydi. Odatda, jarohatlanuvchini jang maydonidan yoki BrTP dan kasalxonaga yetkazib kelguncha uzoq vaqt o'tib ketadi. 3. Transfuzion terapiya o'tkazish maqsadida qorin bo'shlig'idagi jarohatdan qon oqib turgan kishilarni BrTPda imkon qadar uzoq vaqt ushlab turmaslik kerak. Shuni e ’tiborga olgan holda bu xildagi jarohat olgan kishilami ko'chirish qilish chog'ida reanimatsiya chora-tadbirlarini ko'rib qo'yish maqsadga muvofiq.
4. E ’tirof etilgan bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishga ixtisoslashgan m editsina muassasalari (ATO, HD G) yuqori malakali jarrohlar bilan to'liq ta’minlangan bo'lishi lozim. 5. Qorin sohasiga tan jarohati yetkazilgan holatlarda operatsiya o'tkazishdan awal yuqori samarali og'riqni qoldiruvchi vositalardan va vaziyatga mos tushadigan transfuzion te rapiya imkoniyatlaridan o'rinli foydalanish darkor. Narkozni endotraxeal yo'l bilan amalga oshirmoq kerak. Bunda miorelaksantlardan va novokain suyuqligidan foydalanib, tananing refleksogen sohalarini og 'riq sizlan tirish m aqsadga m uvofiq b o 'lad i.