6. Laparotomik kesma qorin bo'shlig'idagi barcha organlami ko'zdan kechirishga imkon berish darkor. Operatsiyalar texnik jihatdan sodda, natijasi esa samarali boiishi shart. 7. Qorin bo'shlig'ida o'tkaziladigan 129 operatsiyalar uzoq vaqt davom etmasligi lozim. Buning uchun jarroh qorin bo‘shlig‘i anatomiyasi va operatsiyaning texnik jihatlari bilan yaxshi tanish bo'lishi kerak. 8. Qorin bo'shlig'ida o'tkaziladigan operatsiyalardan so'ng bemorlar dastlabki 7—8 kungacha bir joydan ikkinchisiga qo'zg'atilmasligi darkor. 9. Qorin sohasining laparotomiya o'tkazilgan qismi iloji boricha qo'zg'atilmasligi va intensiv terapiya chora tadbirlari amalga oshirilishi kerak.

Qorinni teshib o'tmaydigan jarohati qorin orti organlari shikastlanmasa, yengil jarohat turiga kiradi. Ularning xarakteri snaryad jarohatining formasiga va kattaligiga bog'liq. Undan tashqari uning tezligi va yo'nalishiga bog'liq. Qoringa perpendikulyar yo'nalgan o'q qorin devorini teshib o'tib, tiqilib qoladi. Bunda qorin pardani shikastlamasligi mumkin. Qorin devorining qiyshiq va tangensial jarohatlari katta kinetik energiyali snaryadlar chiqarishi mumkin. Bunday holatda o'q parchasi ichkariga kirib, ingichka va yo'g'on ichaklarni jarohatlaydi. Buning natijasida jarohatlangan soha nekrozi yoki perforativ peritonit rivojlanadi.