O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi ikkinchi oliy ta’lim Buxgalteriya hisobi va Auditi yo’nalishi
56-2 guruh talabasi Quvandiqov Jamoliddinning
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar” standartining
mazmuni va qo‘llanilishi.
Bajardi: Quvandiqov Jamoliddin
Qabul qildi: PhD.Obidov R.
Toshkent- 2022
Mavzu : BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar” standartining
mazmuni va qo‘llanilishi
Reja:
1.Qarzlar bo’yicha xarajatlar mazmuni .
2. Qarzlar bo’yicha xarajatlar turlari.
3. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi Qarzlar bo’yicha xarajatlar tartibga solinishi.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivni sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktiv tannarxining qismini tashkil etadi. Boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlar davr xarajati sifatida tan olinadi. Tashkilot mazkur Standartni qarzlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olishda qo’llashi lozim. Standart kapitalning haqiqiy yoki hisoblab topilgan qiymatiga, jumladan majburiyat sifatida tasniflanmagan imtiyozli kapitalga, nisbatan qo’llanilmaydi. Tashkilotdan Standartni quyidagilarning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarga nisbatan qo’llashni talab etmaydi: (a) haqqoniy qiymatda baholangan ma’lum talablarga javob beradigan ma’lum talablarga javob beradigan aktivning, masalan biologik aktivning; yoki (b) takroriy asosda ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan, yoki boshqa hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar. Qarzlar bo’yicha xarajatlar - bu tashkilot tomonidan pul mablag’larini qarzga olishda amalga oshiriladigan foiz va boshqa xarajatlardir. Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv - bu ko’zlangan foydalanish yoki sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir. Qarzlar bo’yicha xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: (a) BHXS 39 «Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash» da izohlanganidek effektiv foiz usulidan foydalangan holda hisoblangan foiz xarajati; (b) BHXS 17 «Ijara» ga muvofiq tan olingan moliyaviy ijara kelishuvlarga nisbatan moliyaviy xarajatlar; va (s) xorijiy valyutada qarz olishlardan yuzaga keladigan kurs farqlari, bunda ular foiz sarflariga to’g’rilanishlar sifatida hisoblangan darajada hisobga olinadi. Vaziyatga qarab, quyidagilardan biri ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lishi mumkin: (a) tovar-moddiy zahiralar (b) ishlab chiqarish korxonalari 93 (c) elektroenergiya ishlab chiqaradigan quvvatlar (d) nomoddiy aktivlar (e) investitsion mulklar. Moliyaviy aktivlar hamda qisqa davr mobaynida ishlab chiqariladigan, yoki boshqa hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. Sotib olinganda ular bo’yicha ko’zlangan foydalanish yoki sotishga tayyorga aktivlar ma’lum talablarga javob beradigan aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarni ushbu aktiv tannarxining qismi sifatida kapitalizatsiya qilishi lozim. Tashkilot boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlarni davr xarajati sifatida ularni amalga oshiradigan davrda tan olishi lozim. Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga kiritiladi. Bunday qarz bo’yicha xarajatlar aktiv tannarxining qismi sifatida kapitalizatsiya qilinadi, qachonki ular tashkilotga kelgusi iqtisodiy manfaatlarni olib kelishining ehtimoli mavjud bo’lsa va xarajatlar ishonchli baholanishi mumkin bo’lsa. Qachonki tashkilot BHXS 29 «Giperinflyatsiya iqtisodiyotlarida moliyaviy hisobot berish» ni qo’llasa, u BHXS 29 ga muvofiq qarzlar bo’yicha xarajatlarning inflyatsiyani qoplaydigan qismini aynan bir davr mobaynida xarajat sifatida tan oladi. Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar shunday qarzlar bo’yicha xarajatlarki, bunda ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarf amalga oshirilmaganda edi, ularni chetlab o’tish mumkin bo’lar edi. Qachonki tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan muayyan aktivga ega bo’lish maqsadida pul mablag’larini qarzga olsa, ushbu ma’lum talablarga javob beradigan aktivga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar osongina aniqlanishi mumkin. Muayyan qarzlar bilan ma’lum talablarga javob beradigan aktiv o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash va boshqa hollarda chetlab o’tilishi mumkin bo’lgan qarzlarni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchilik, masalan, tashkilotning moliyalashtirish faoliyati markazlashgan holda boshqarilganda sodir bo’ladi. Shu bilan birga, guruh turli foiz stavkalarida pul mablag’larini qarzga olish uchun bir qator qarz instrumentlaridan foydalanganda va ushbu pul mablag’larini guruh ichidagi boshqa tashkilotlariga turli shartlarda kreditga berganda ham qiyinchiliklar yuzaga keladi. Boshqa qiyinchiliklar, qachonki guruh yuqori inflyatsion iqtisodiyotlarda faoliyat yuritayotganda, xorijiy valyutalarda belgilangan yoki biriktirilgan kreditlardan foydalanish natijasida va valyuta kurslaridagi tebranishlardan yuzaga keladi. Buning natijasida, ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymatini aniqlash qiyin bo’ladi va mulohaza qilish talab etiladi. Tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish 94 maqsadida pul mablag’larini qarzga olish darajasida, tashkilot kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini davr mobaynida ushbu qarz bo’yicha amalga oshirilgan qarz bo’yicha haqiqiy sarflardan ushbu qarzlarning vaqtinchalik investitsiyasi bo’yicha har qanday investitsion daromadni chegirish orqali aniqlashi lozim. Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha moliyalashtirish kelishuvi pul mablag’larining ayrim qismi yoki barchasi ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflarga yo’naltirilishidan oldin tashkilotning qarz mablag’lariga ega bo’lishiga va qarz bo’yicha tegishli sarflarni amalga oshirishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda, pul mablag’lari ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflar muddati kelguncha ko’p hollarda vaqtinchalik investitsiya qilinadi. Davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlashda, bunday pul mablag’lari bo’yicha o’zlashtirilgan har qanday investitsion daromad amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlardan chegiriladi.
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarni ma’lum talablarga javob beradigan aktiv tannarxining qismi sifati kapitalizatsiyani boshlanish sanasidan boshlashi lozim. Kapitalizatsiya uchun boshlanish sanasi tashkilot quyidagi barcha shartlarni dastlab qanoatlantiradigan sanadir: (a) u aktiv bo’yicha sarflarni amalga oshirsa; (b) u qarzlar bo’yicha xarajatlar ni amalga oshirsa; va (c) u aktiv bo’yicha ko’zlangan foydalanish va sotish uchun uni tayyorlashda zarur bo’lgan choralarni amalga oshirsa. Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflar faqatgina shunday sarflarni o’z ichiga oladiki, ular pul mablag’larining to’lanishiga, boshqa aktivlarning o’tkazilishiga yoki foizli majburiyatlarning qabul qilinishiga olib keladi. Sarflar aktiv bilan bog’liq tarzda olingan har qanday oraliq to’lovlarga va olingan grantlarga (MHXS 20 «Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordamini ochib berish» ga qarang) kamaytiriladi. Davr mobaynidagi aktivning o’rtacha balans qiymati, shu bilan birga oldin kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar , odatda ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi qo’llaniladigan xarajatlarning asosli taxmini bo’lib hisoblanadi. Aktivni ko’zlangan foydalanishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur choralar aktivning faqatgina jismoniy barpo etilishi qamrab olmaydi. Ular jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha bo’lgan texnik va ma’muriy ishlarni, masalan jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha ruxsatlarni olish bilan bog’liq choralarni, o’z ichiga oladi. Biroq, bunday choralar aktivning holatini o’zgartiradigan hech qanday ishlab chiqarish yoki takomillashtirish sodir bo’lmayotgan paytda aktivga egalik qilishni o’z ichiga olmaydi. Masalan, yerni takomillashtirish paytida amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar takomillashtirishga tegishli choralar amalga oshirilayotgan davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadi. Biroq, qurilish maqsadlarida sotib olingan yer hech qanday tegishli takomillashtirish chorasisiz egalik qilinayotganda amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilish bo’yicha talablarga javob bermaydi.
Tashkilot aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur choralarni to’xtatgan o’zaytirilgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirishi mumkin. Bunday xarajatlar qisman tugallangan aktivlarga egalik qilish bilan bog’liq xarajatlar bo’lib, kapitalizatsiya qilish uchun talablarga javob 97 bermaydi. Biroq, tashkilot odatda u ahamiyatli texnik va ma’muriy ishlarni amalga oshirayotgan davr mobaynida qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to’xtatmaydi. Tashkilot vaqtinchalik bekor to’xtab turish aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlash jarayonining zaruriy qismi bo’lganida ham qarzlar bo’yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishni to’xtatmaydi. Masalan, kapitalizatsiya yuqori suv sathlari ko’prik qurilishini kechiktiradigan davr mobaynida davom etadi, agarda bunday yuqori suv sathlari tegishli geografik hududda qurilish davri mobaynida odatiy holat bo’lsa. Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasi tugagan paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini tugatishi lozim. Aktiv odatda ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyor bo’ladi, qachonki aktivning jismoniy barpo etilishi odatiy ma’muriy ish hanuz davom etishi mumkinligiga qaramasdan tugallangan bo’lsa. Agarda amalda faqat kichik o’zgartirishlar, masalan mulkni xaridor yoki foydalanuvching xususiy talablariga qarab bezatish, qolgan bo’lsa, bu deyarli barcha ishlar tugallanganligini ko’rsatadi. Qachonki tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning qurilishini qismlarda tugatsa va har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda foydalanishga yaroqli bo’lsa, tashkilot ushbu qismni ko’zlangan foydalanish yoki sotish uchun tayyorlashda zarur bo’lgan choralarning deyarli barchasini tugatgan paytda qarzlar bo’yicha xarajatlarning kapitalizatsiya qilinishini to’xtatishi lozim. Har biridan alohida foydalanish mumkin bo’lgan bir qator binolarni qamrab oladigan biznes-markaz - har bir qism boshqa qismlarda qurilish davom etayotgan paytda foydalanishga yaroqli bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga misol bo’ladi. Biror qismidan foydalanish mumkin bo’lishidan oldin tugallanishi zarur bo’lgan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga, masalan metallurgiya kombinati kabi, aynan bir joyda turli qismlari ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bir necha jarayonlarni qamrab oladigan sanoat korxonasini misol sifatida keltirish mumkin. Tashkilot quyidagilarni ochib berishi lozim: (a) davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini; va (b) kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlashda foydalanilgan kapitalizatsiya stavkasini.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
Do'stlaringiz bilan baham: |