Mavzu: bhxs (ias) 23 “Qarzlar bo‘yicha xarajatlar” standartining mazmuni va qo‘llanilishi


-bob. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish



Download 52,68 Kb.
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi52,68 Kb.
#842861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
56-2 БХА Кувандиков Жамолиддин Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari

2-bob. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish
1-§. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish
8. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi.
9. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo‘li orqali kapitalizatsiya qilinadi.
10. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qo‘shish yo‘li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa.
2-§. Kapitalizatsiyalashtirishga yo‘naltirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar
11. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlarga agar tegishli aktiv uchun xarajatlar amalga oshirilmagan taqdirda, vujudga kelmasligi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar kiradi.
Aniq bir kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun tashkilot mablag‘larni aynan shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (o‘rnatilishi) mumkin.
12. Muayyan davrda kapitalizatsiya qilishga yo‘naltirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlardan ushbu mablag‘lar bo‘yicha olingan barcha investitsiyaviy daromadlarni (ushbu mablag‘larning vaqtinchalik investitsiya qilinishidan) chegirish orqali aniqlanadi.
13. Umumiy maqsadlarda jalb qilingan va kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun foydalanilgan qarz mablag‘lari doirasida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu aktiv uchun amalga oshirilgan xarajatlarga nisbatan kapitalizatsiya stavkasini qo‘llash orqali aniqlanadi.
14. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib hisoblanadi.
15. Muayyan davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki yakuniy tannarxi uning joriy qiymatidan yoki sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki to‘liq hisobdan chiqariladi. Bunda, ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Download 52,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish