Mavzu: Alyuminiy va uning xossalari Ta`limiy maqsad



Download 50,5 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi50,5 Kb.
#21419
Mavzu: Alyuminiy va uning xossalari

Ta`limiy maqsad:

Uchunchi guruhcha elementlariga umumiy tavsif berish. Alyuminiyning olinishi, xossalari haqida chuqur puxta bilim berish. Hayotdagi ahamiyatini tushuntirish.



Tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.



Rivojlantiruvchi maqsad:

Alyuminiy haqidagi bilimlarni darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini hamda nutq muloqat madaniyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish zarurligi uqtirish.



Dars turi: suhbat, bellashuv

Dars jihozi:



  1. Davriy sistema

  2. Alyuminiy va uning qotishmalarining na`munalari.

  3. Alyuminiyni xossalarini tajribalarda bajarish uchun zarur bo`lgan reaktiv va jixozlar (probirka, spirt lampa, HCl, H2SO4 NaOH eritmasi

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

  2. O`tilgan mavzuni eslash

  3. Yangi mavzu bayoni


Mavzuning rejasi:

  1. 3 – guruhning asosiy guruhcha elementlariga umumiy tavsif

  2. Alyuminiyning tabiatda tarqalishi, atom tuzilishi

  3. Alyuminiyning olinishi

  4. Alyuminiyning fizik kimyoviy xossalari

  5. Alyuminiyning muxim birikmalari va ularning ishlatilishi

Mavzuning bayoni:

Uchunchi guruh asosiy guruhchalari elementlariga B, Al, Ga In, Tl elementlari kiradi. Ular p- elementlar oilasiga mansub. Ulardan B metallamas qolganlari metallardir. B, Al, Ga In, Tl guruhda elementlarning atom radiusi oshadi ionlanish energiyasi elektromanfiylik, elektronga moyillik kamayadi. Ular birikmalarda + 3 oksidlanish darajani namoyon qiladi. Faqat Tl +3+1 oksidlanish darajani namayon qiladi. Sabab, atom radiusi ortib boradi, guruhda tartib raqam ortib borishi bilan oksid va gidroksidlarning asoslik xossasi kuchayib kislotalik xossasi kuchsizlanib,boradi.


Al tabiatda eng ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po`slog`idagi umumiy miqdori 8,8 %, uning eng muhim tabiiy birikmalari boksid, korund, kriolit, alyumo selikatlardir. Alyuminoselikatlar er po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Ko`pchilik alyuminoselikatlar nurab yemirilganida gil xosil bo`ladi. Gilning asosiy tarkibi AL2O3*2SiO2*2H2O

Boksit AL2O3 * H2O

Korund AL2O3

Kriolit AL F3 * 3 NA F tarkibli minerallardir.

Sanoatda alyuminiy AL2O3 suyuqlantirilgan kriolit eritmasiga CaF2 qoshib elektroliz qilish orqali olinadi.
uning yadrosida (13 p, 14 n bor). U uchunchi davr uchunchi qatorning 13 – o`rinda joylashgan. ) ) ) 1s2 2s22p63s23p13d0

2 8 3
Tashqi qavatidagi 3 ta elektronni oson berib Al3+ ioniga aylanadi.

AL-oq kumishsimon, engil, mexanik jixatdan mustahkam metall. Zichligi 2,7 gr/sm3 suyuqlanish temperaturasi 660oC havoda oksidlanuvchan metall. Elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazadi, unga ishlov berish oson. Tabiiy alyuminiy bitta izotopdan tarkib topgan. U o`z sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passif metall hisoblanadi. U odatdagi haroratdayoq kislorod bilan oson birikadi. Uning sirti AL2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallning keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid parda tufayli alyuminiy sirti xira bo`ladi. Oksid parda buzulsa alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi. 2Al+6H2O 2Al(OH)3+3H2

Alyuminiy metallamaslar bilan ta`sirlashadi. 2Al+3Cl2 2AlCl3


Odatdagi temperaturada alyuminiy konsentirlangan va juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. (Himoya parda borligi sababli), lekin u HCl va H2SO4 larda eriydi.

2 Al+ 6 HCl 2 AlCl3+3H2

Al ishqor eritmalariga kuchli ta`sir etadi. 2 Al + 2NaOH + 10H2O
2Na shuning uchun alyuminiy idishda ishqor elementlarni saqlab bo`lmaydi. Yuqori temperaturada S, N, C lar bilan ta`sirlashadi.

Al va uning qotishmalari keng ko`lamda ishlatiladi. Al ning yuruk iste`molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi. Samalyotning 2/3 qismi Al va uning qotishmalaridan matorini ¼ Al qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun Al ga qanotli metall deyiladi. Al dan kabellar, simlar tayyorlanadi. Uning korroziya bardoshligini e`tiborga olib undan apparatlarning detallari, nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Turmushda turli idishlar yasaladi. Metallurgiyada Al ishlatiladigan eng muhim tarmoqlaridan biri u yordamida metallarni oksidlardan olishdir. Al termiyani rus ximigi Beketov kashf qilgan.

3Fe3O4+8Al 4 Al2O3+9Fe

Termit
Termitdan po`lat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.

Mustahkamlash qismida sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi va 3 ta shart bo`yicha bellashadilar.



1-shart: Al ga xos xossalarni topish va jadvalga mos raqamlarni yozishdan iborat

1. Bu metall yadrosi tarkibida 13 ta proton mavjud

2. Bu element metallmas

3. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha birinchi o`rinda turadi.

4. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha to`rtinchi o`rinda turadi.

5. Bu element S elementlar oilasiga mansub

6. Bu element konsentrlangan HNO3 bilan oddiy sharoitda ta`sirlashadi.

7. Bu element P elementlar oilasiga mansub

8. Bu element qanotli metall deb yuritiladi

9. Bu metall tabiatda faqat birikmalar holiday uchraydi

10. Bu metalldan yasalgan idishda ishqor eritmalarini saqlab bo`lmaydi


Metall

To`g`ri javoblarning raqamlari

Al
























2-shart. 2 ta qog`ozda Al ni xossalariga xos tajribalar beriladi. Har bir guruh qatnashchisi tanlab tajribani bajaradi.

Qog`ozdagi tajribalar. Al ni HCl bilan ta`siri 1 ta probirkaga Al donasidan 1,2 ta soling, probirkaga HCl ning 2 N li eritmasidan 0,5 ml quying probirkani qizdiring, nima kuzatiladi reaksiya tenglamasini yozing.



  1. Al ishqorlar bilan o`zaro ta`siri. Gazlarni olish asbobini shtativga o`rnating. Rezina Vutulkaga 3,4 dona Al soling. Varonka orqali NaOH ning 30 % eritmasidan 5-7 ml quying. Gaz chiqarish nayini uchuni suv to`ldirilgan, og`zi pastga qaratilga probirkaga joylashtiring. Ajralib chiqayotgan gazni yig`ing. Qanday gaz ajraladi, qanday birikma hosil bo`ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.

Bunda o`quvchilarni laboratoriya ishi bajarish malakalari

sinaladi.



3-shart. Krassvord yechish.



  1. Sayohatchi uchun eng yaxshi choynak qaysi metalldan yasaladi?

  2. Alyuminotermiya usulini kashf etgan olim.

  3. Qum aralashgan mayda qorund nima deyiladi?

  4. Al kukunini Fe3O4 - temir kuyundisi bilan ekvimolyar nisbatdagi aralashmasi.

  5. Elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha Al nechanchi o`rinda turadi?

  6. Al ning valent elektronlar soni.

  7. Al ning tabiiy minerali.

  8. Al ni kashf etgan olim?

Dars mustahkamlanib g`olib bo`lgan guruh rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish