Mavzu: Alyuminiy va uning xossalari
Ta`limiy maqsad:
Uchunchi guruhcha elementlariga umumiy tavsif berish. Alyuminiyning olinishi, xossalari haqida chuqur puxta bilim berish. Hayotdagi ahamiyatini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Alyuminiy haqidagi bilimlarni darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini hamda nutq muloqat madaniyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish zarurligi uqtirish.
Dars turi: suhbat, bellashuv
Dars jihozi:
-
Davriy sistema
-
Alyuminiy va uning qotishmalarining na`munalari.
-
Alyuminiyni xossalarini tajribalarda bajarish uchun zarur bo`lgan reaktiv va jixozlar (probirka, spirt lampa, HCl, H2SO4 NaOH eritmasi
Darsning borishi:
-
Tashkiliy qism
-
O`tilgan mavzuni eslash
-
Yangi mavzu bayoni
Mavzuning rejasi:
-
3 – guruhning asosiy guruhcha elementlariga umumiy tavsif
-
Alyuminiyning tabiatda tarqalishi, atom tuzilishi
-
Alyuminiyning olinishi
-
Alyuminiyning fizik kimyoviy xossalari
-
Alyuminiyning muxim birikmalari va ularning ishlatilishi
Mavzuning bayoni:
Uchunchi guruh asosiy guruhchalari elementlariga B, Al, Ga In, Tl elementlari kiradi. Ular p- elementlar oilasiga mansub. Ulardan B metallamas qolganlari metallardir. B, Al, Ga In, Tl guruhda elementlarning atom radiusi oshadi ionlanish energiyasi elektromanfiylik, elektronga moyillik kamayadi. Ular birikmalarda + 3 oksidlanish darajani namoyon qiladi. Faqat Tl +3+1 oksidlanish darajani namayon qiladi. Sabab, atom radiusi ortib boradi, guruhda tartib raqam ortib borishi bilan oksid va gidroksidlarning asoslik xossasi kuchayib kislotalik xossasi kuchsizlanib,boradi.
Al tabiatda eng ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po`slog`idagi umumiy miqdori 8,8 %, uning eng muhim tabiiy birikmalari boksid, korund, kriolit, alyumo selikatlardir. Alyuminoselikatlar er po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Ko`pchilik alyuminoselikatlar nurab yemirilganida gil xosil bo`ladi. Gilning asosiy tarkibi AL2O3*2SiO2*2H2O
Boksit AL2O3 * H2O
Korund AL2O3
Kriolit AL F3 * 3 NA F tarkibli minerallardir.
Sanoatda alyuminiy AL2O3 suyuqlantirilgan kriolit eritmasiga CaF2 qoshib elektroliz qilish orqali olinadi.
uning yadrosida (13 p, 14 n bor). U uchunchi davr uchunchi qatorning 13 – o`rinda joylashgan. ) ) ) 1s2 2s22p63s23p13d0
2 8 3
Tashqi qavatidagi 3 ta elektronni oson berib Al3+ ioniga aylanadi.
AL-oq kumishsimon, engil, mexanik jixatdan mustahkam metall. Zichligi 2,7 gr/sm3 suyuqlanish temperaturasi 660oC havoda oksidlanuvchan metall. Elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazadi, unga ishlov berish oson. Tabiiy alyuminiy bitta izotopdan tarkib topgan. U o`z sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passif metall hisoblanadi. U odatdagi haroratdayoq kislorod bilan oson birikadi. Uning sirti AL2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallning keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid parda tufayli alyuminiy sirti xira bo`ladi. Oksid parda buzulsa alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi. 2Al+6H2O 2Al(OH)3+3H2
Alyuminiy metallamaslar bilan ta`sirlashadi. 2Al+3Cl2 2AlCl3
Odatdagi temperaturada alyuminiy konsentirlangan va juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. (Himoya parda borligi sababli), lekin u HCl va H2SO4 larda eriydi.
2 Al+ 6 HCl 2 AlCl3+3H2
Al ishqor eritmalariga kuchli ta`sir etadi. 2 Al + 2NaOH + 10H2O
2Na shuning uchun alyuminiy idishda ishqor elementlarni saqlab bo`lmaydi. Yuqori temperaturada S, N, C lar bilan ta`sirlashadi.
Al va uning qotishmalari keng ko`lamda ishlatiladi. Al ning yuruk iste`molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi. Samalyotning 2/3 qismi Al va uning qotishmalaridan matorini ¼ Al qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun Al ga qanotli metall deyiladi. Al dan kabellar, simlar tayyorlanadi. Uning korroziya bardoshligini e`tiborga olib undan apparatlarning detallari, nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Turmushda turli idishlar yasaladi. Metallurgiyada Al ishlatiladigan eng muhim tarmoqlaridan biri u yordamida metallarni oksidlardan olishdir. Al termiyani rus ximigi Beketov kashf qilgan.
3Fe3O4+8Al 4 Al2O3+9Fe
Termit
Termitdan po`lat buyumlarni payvandlashda foydalaniladi.
Mustahkamlash qismida sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi va 3 ta shart bo`yicha bellashadilar.
1-shart: Al ga xos xossalarni topish va jadvalga mos raqamlarni yozishdan iborat
1. Bu metall yadrosi tarkibida 13 ta proton mavjud
2. Bu element metallmas
3. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha birinchi o`rinda turadi.
4. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha to`rtinchi o`rinda turadi.
5. Bu element S elementlar oilasiga mansub
6. Bu element konsentrlangan HNO3 bilan oddiy sharoitda ta`sirlashadi.
7. Bu element P elementlar oilasiga mansub
8. Bu element qanotli metall deb yuritiladi
9. Bu metall tabiatda faqat birikmalar holiday uchraydi
10. Bu metalldan yasalgan idishda ishqor eritmalarini saqlab bo`lmaydi
Metall
|
To`g`ri javoblarning raqamlari
|
Al
|
|
|
|
|
|
|
|
2-shart. 2 ta qog`ozda Al ni xossalariga xos tajribalar beriladi. Har bir guruh qatnashchisi tanlab tajribani bajaradi.
Qog`ozdagi tajribalar. Al ni HCl bilan ta`siri 1 ta probirkaga Al donasidan 1,2 ta soling, probirkaga HCl ning 2 N li eritmasidan 0,5 ml quying probirkani qizdiring, nima kuzatiladi reaksiya tenglamasini yozing.
-
Al ishqorlar bilan o`zaro ta`siri. Gazlarni olish asbobini shtativga o`rnating. Rezina Vutulkaga 3,4 dona Al soling. Varonka orqali NaOH ning 30 % eritmasidan 5-7 ml quying. Gaz chiqarish nayini uchuni suv to`ldirilgan, og`zi pastga qaratilga probirkaga joylashtiring. Ajralib chiqayotgan gazni yig`ing. Qanday gaz ajraladi, qanday birikma hosil bo`ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Bunda o`quvchilarni laboratoriya ishi bajarish malakalari
sinaladi.
3-shart. Krassvord yechish.
-
Sayohatchi uchun eng yaxshi choynak qaysi metalldan yasaladi?
-
Alyuminotermiya usulini kashf etgan olim.
-
Qum aralashgan mayda qorund nima deyiladi?
-
Al kukunini Fe3O4 - temir kuyundisi bilan ekvimolyar nisbatdagi aralashmasi.
-
Elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha Al nechanchi o`rinda turadi?
-
Al ning valent elektronlar soni.
-
Al ning tabiiy minerali.
-
Al ni kashf etgan olim?
Dars mustahkamlanib g`olib bo`lgan guruh rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |