Mavzu: Adabiy til nutq madaniyatining asosi



Download 207,29 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2022
Hajmi207,29 Kb.
#454527
  1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy


Mavzu:
Adabiy til - nutq madaniyatining asosi

Reja:

  • Reja:
  • 1. Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari.
  • 2. Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar.
  • 3. O‘zbek adabiy til me'yori.
  • 4. Uslubiyat tushunchasi.

Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari . O‘zbekiston istiqlolining eng buyuk ne'matlaridan biri sifatida til mustaqilligini ko‘rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz mustaqil davlatning o‘zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma'noda uning inson hayotida tutgan o‘rni, beqiyos ahamiyati, muomala madaniyati, nutq odobi haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega

  • Nutq madaniyati kursining maqsadi va vazifalari . O‘zbekiston istiqlolining eng buyuk ne'matlaridan biri sifatida til mustaqilligini ko‘rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz mustaqil davlatning o‘zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma'noda uning inson hayotida tutgan o‘rni, beqiyos ahamiyati, muomala madaniyati, nutq odobi haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega
  • Nutq madaniyati inson umummadaniyatining bir qismidir.
  • Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir:
  • 1. Nutqning adabiy til me'yorlariga mos kelish darajasi bo‘lsa.
  • 2. Tilshunoslik fanining bir bo‘limi, ya'ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me'yorlash bilan shug‘ullanuvchi sohadir.

Demak, fikrni til vositalari bilan to‘g‘ri, aniq va ta'sirchan bayon qilishning bosh qoidalariga nutq madaniyati asoslari deyiladi.
Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo‘shish hamda maktab o‘quvchilari va talabalariga nutq madaniyati tarixidan ma'lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so‘z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o‘rganish va ularga baho berishdan iboratdir.
Kursning vazifasi nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo‘yicha atroflicha tushuncha berish, kishilarga madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga yaxshi nutqni baholash va targ‘ib qilishdash iborat.
Nutq madaniyati borasidagi ilmiy tadqiqotlar. Nutq madaniyati masalalari bilan shug‘ullanish o‘zbek tilshunosligida 1960- yillardan boshlandi. Ayniqsa, 1969- yilda Toshkentda o‘zbek tili nutq madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 1-Respublika Konferensiyasida qilingan ma'ruzalar shu fan asosini belgilab berdi.
Qator ilmiy maqolalar, qo‘llanmalar nashr qilindi va bu borada jiddiy izlanishlar hozir ham davom etmoqda. Bu sohada O‘zFA Tilshunoslik instituti professorlari S.Ibrohimov, E.Bekmatov tadqiqotlari diqqatga sazovordir. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyatini o‘rganish bo‘yicha 1980- yilda «Nutq madaniyati asoslari» o‘quv dasturi Samarqandda nashr bo‘ldi va shu dastur asosida R. Kungirov, E Bekmatov , Yo.Tojiyevlarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» kitobi «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan 1992- yilda nashr qilindi. Shu qo‘llanmaning davomi sifatida yangi ommabop bir qo‘llanma Yo.Tojiyev va boshqalar tomonidan yozilgan bo‘lib, 1994- yilda Toshkentda nashr qilindi.
Bundan tashqari E,Bekmatov, A.Boboyeva, M.Isomiddinova, B.Umrqulovlarning «O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari», «Fan» nashriyoti tomonidan 1989-yilda bosmadan chiqarildi. Nutq madaniyatiga oid A.Gulomov, A. Rustamov, S.Inomxo‘jayev, U.Nosirov va boshqa olimlarning asarlari ham asarlari ham e'lon qilindi. Shunga qaramay, bu sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar anchagina. Chunki nutq madaniyati umuminsoniy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lib, kishilar uni yuqori darajada egallagan bo‘lishlari kerak. Ayni zamonda bugungi mafkuraviy kurashning o‘tkir quroli bo‘lgan tilning har qachongidan ham keskir bo‘lishini davr taqazo qilmoqda .

Download 207,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish