Mavzu : Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omil sifatida Kurs ishi Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 143,75 Kb.
bet1/6
Sana05.07.2022
Hajmi143,75 Kb.
#741261
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mahalla ijtimoiylahuv omil sifatida



Mavzu : Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omil sifatida
Kurs ishi

Mundarija:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Ijtimoiylashuv tushunchasining mohiyat mazmuni vositalari,mexanizmi,omillari………………………………………………………7

2.2. Shaxs ijtimoiylashuvida oila, maktab, mahallaning o‘rni...............................19


2.3. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida……………………………..33
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar






















KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demakiratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashfqilishga, uni o‘zligini anglashga imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy intilektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart- sharoitlar yaratib beradi.
Hammamizga yaxshi,ma’lumki, yoshlik intilishlari chegara bilmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ezgu orzu-niyatlar bilan yonib yashayotgan yigit qizlarga ular ko‘zlayotgan yuksak ufqlar, buyuk maqsadlar, avvalo, insonnining o‘zi uchun yurti va xalqi uchun foydali ekanligini ochib berish mumkin1.
Bu o‘z navbatida insoniyat yaratgan an’naviy ilmiy boyliklarga, insonning o‘ziga yangicha munosabat yondoshuvini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Fuqarolar endi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarning ishtirokchisi bajaruvchisi emas balki bunyodkori va tashkilotchisidir”.2 O‘zbekston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari Preziden I.A.Karimov asarlarida va chiqishlarida ham muhimo‘rin tutmoqda. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ta’lim mazmuniga shaxsning ijtimoiylashuvi masalasi asosiy g‘oya sifatida kiritilayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Ijtimoyilashuv jarayoni XX asr o‘rtalariga kelib inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bog‘lonuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi.
Insonning ijtimoyilashuvi moslashuvi uning bilishga bo‘lgan ob’yektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki, shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi. So‘ngi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiyilashuv va tarbiya tushunchalariningo‘zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, bu muammoga alohida e’tiborqaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoilashuv bilan almashtirishga harakat qilishsa, boshqalari esa tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o‘rganishmoqda. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bo‘lib bunda inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’lim va tarbiya jarayonini olib boruvchi va tashkillashtiruvchi ishtirokchilardan bo‘lgan eng avvalo oila so‘ng maktab, oliy ta’lim, nodavlat tizimlaridan barkamol shaxslarni tarbiyalash talab etiladi. Shaxs tarbiyasi o‘z navbatida uning jamiyat hayoti bilan muhim aloqadorligini nazarda tutadi.
Shaxs-jamiyat maxsuli bo‘lib, u inson ijtimoiylashuvi jarayoni bilan uzviy bog‘liq pedagogik hodisadir. Bola ijtimoiyilashuvini tashkil qilmasdan turib shaxs shakllanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Demak inson tarbiyasida uni shaxs darajasiga olib kelishda ijtimoiylashuv juda katta o‘rin tutadi. Bola ijtimoiylashuvi esa eng avvalo oilada kechadi. Man shu inson ijtimoiyilashuvi jarayonida ilk eng muhim va tabiiy bo‘g‘in sifatida oilaning pedagogik o‘rni hamda ahamiyati betakror hisoblanadi.
Oilada ijtimoiylashuv bolaning tashqi muhit va butun jamiyat bilan aloqalari hamda aloqadorligining shakllanishi, kengayish va ta’minlanishi orqali kechadi. Bolaning jamiyat hayotiga bo‘lgan munosabati va mazmunining shakllanishida ham oila muhiti alohida o‘rin tutadi. Ijtimoyilashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarini egallashini ham nazarda tutadi.
Inson ijtimoiyilashuviningyana bir asosiy omili mahalladir.Shunday ekan o‘zbek mintalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.Mahallaning demokratiyalashuv,ijtimoiylashuv insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini Prezident I.A Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan “ Mahalla bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi”.1 Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat kattatezimlari tashqi hayvonlarni birgalikda
yengish qiyin kunlarda qo‘llab quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan.
Mehribonlik, rahimdillik kabi insoniy xislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi kerak bo‘lsa demokratiya maktabi desak bo‘ladi.Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holati mahallaning ijtimoiylashtirish roli oshib ketdi. Bu avvalombor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ldi. Shunday ekan oilaning vazifasi bolani asta sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir.
Ijtimоiy pedagоg kasbi insоnlar o’rtasidagi munоsabatlar tizimida faоliyat yurituvchi ko’pqirrali sоha bo’lib, pedagоgning qaysi ishda ishlashidan qathiy nazar оdamlar bilan va avvalо bоlalar bilan ishlashga yo’naltirilgan. Mulоqоt jarayonida pedagоg ko’p ruhiy оg’irlikni va charchоqni o’zida sinashiga to’g’ri keladi. Shu bоis uning asab tizimi ham mustahkam bo’lishi darkоr. Bu narsa unga ijtimоiy-pedagоgik, ruhiy-tegapevtik jarayonlarda emоtsiоnal qiyinchiliklar bilan to’qnashuvda yordam beradi.
Ajdodlar tajribasini o‘rganish zamonaviy pedagogika fanining asosiy vazifalaridan biridir. Bola ijtimoiylashuvi jarayonida ajdodlar merosidan foydalangan holda tarbiyalash lozim. Bunda bizda o‘zbek xalq pedagogikasida murojat qilamiz.
Xalq pedagogikasining tengsiz qadriyati shuki, u birinchidan asrlar davomida shakllangan pedagogik haqiqatlarga ega, ikkinchidan esa hayotiy amaliy tavsifga ega u o‘z ifodasini barcha g‘oyalari amaliy tajribaga asoslanganligi, amaliyotda sinalgan va yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy faoliyatga qaratilganligida topadi. Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyati eng yaxshi qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib bu kattalarga hurmat mehmondo‘stlik,mehnatsevarlik, axloqliylik,rostgo‘ylik va boshqalar.Ijtimoiy pedagogikaning bugungi kundagi dolzarbligi bitiruv malakaviy ishining boblaridan tashkil topgan.
O‘zbek xalqida shunday naql bor “Chaqaloq hali shaxs emas u tom ma’nodagi inson bo‘ladimi, yo‘qmi bu uning ota-onasi uni o‘rab turgan muhit va boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatiga bog‘liq”. Shuning uchun ham xalq pedagogikasida go‘dak
faqatgina avlodlar tomonidan erishilgan ishlab chiqilgan turli ong shakllarini o‘zlashtirsagina shaxsga aylanadi deb ta’kidlanadi.Mana shular ijtimoiylashuvining yetakchi vositalaridir. Bola ijtimoiylashuvida muloqot (Ota –onalar tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish,ijod,sport) ham ijtimoiylashuvning yetakchi vositasi sanaladi.
Mamlakatimiz aholisining 60 % dan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi Shuning uchun O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan yoshlar siyosatiga alohida ahamiyat bera boshladi.Lekin, o‘smirlarning ijtimoiylashuvida yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish bir xil kechmaydi, chunki ularga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, o‘smir ularning qaysi sifatlaridan ibrat olishi qator omillarga bog‘liq. Bu borada Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidik “ Tariximizda o‘tgan ulug‘ zotlarning hayot yo‘li qoldirgan merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirish darkor. Toki ular yoshlar uchun tom ma’noda ibrat namunasi bo‘lsin”.1
Ijtimoiylashuvda anashularni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun o‘smirlik davri xususiyatlarini zamon talablari hamda milliy an’analar bilan hamkorlikda o‘rganib tegishli ijtimoiy–psixologik pedagogik tadbirlarni belgilab olish zarur bo‘ladi.

Download 143,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish