Masʼuliyati cheklangan jamiyat qisqartmasi: mchJ



Download 21,88 Kb.
Sana27.09.2019
Hajmi21,88 Kb.
#22765
Bog'liq
Korporativ boshqaruv

Masʼuliyati cheklangan jamiyat (qisqartmasi: MChJ) xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki (kapitali) muassislar orasida tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi Mas., AQSH va Angliyada — Ltd. va LLC, Germaniyada — GmbH (Gesellschaft mit beschränkter Haftung), Fransiyada — SA va SARL va boshqa[1]

Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor:

  • Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi.

  • Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi.

Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Aksiya (frans. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qog‘oz. O‘z egasining aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qog‘ozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qog‘ozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. A. dastlab emmitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, so‘ngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldisotdi etiladi. A. bevosi-ta emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. O‘zbekistonda A. aholiga xu-susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda sotiladi. O‘zbekistonda 1997 yil 5 ta investitsiya fondi ishladi.A. davlat korxonalari aksiyador ja-miyatlarga aylantirilgan chog‘da va yangidan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. O‘zbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayonida 1989 yildan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga bo‘linadi. O‘zbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va im-tiyozli turlarga bo‘linadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, lekin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oldindan belgilangan, lekin ovoz berish huquqini ta’minlamaydigan A. egasining o‘zida yoki depozitariylarda saqlanadi. Mac, 1995 yilda "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. so‘mlik aksiyalari saqlandi.[1]

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 1) mulkiy huquq. 2) nomulkiy huquq. aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi: 1. Ovoz berish. 2. Kapitalni o'sishi. 3. Qo'shimcha imtiyozlar. 4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. 5. Mulkka egalik qilish huquqi.



Diler (ing . dealer — savdogar, agent) — 1) qimmatli qogʻozlar, valyutalar, qimmatbaho metallar va b. oldisotdisini, birja operaiiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi.

Broker (ing . broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik B.lik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta B. gofbrok ye r deb ataladi.

Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

2002 yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004 yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi.

Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AKSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60- yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi.

Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90- yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuni (1998 yil 30 aprel; yangi taxrirda 2004 yil 26 avg .) bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi (2004 yil 1 yanvar).



Shirkat, xoʻjalik shirkati — jismoniy va yuridik shaxslarning shartnoma asosida va hamkorlikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarini koʻzlaydigan ixtiyoriy birlashmasi. Sh. aʼzolari xoʻjalik shartnomasi asosida ish yuritadilar, unda shahrining maqsadlari, Sh. mulkini barpo etishda aʼzolar ishtiroki va badal miqdori, olinadigan foydaning taqsimlanishi hamda Sh. tugatilganda mulkning oʻzaro taqsimlanishi, boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qoʻyiladi. Sh. mulki hamisha Sh. aʼzolarining hissaviy badallari negizida shakllanadi.

Mulkni barpo etish tamoyili Sh. turiga bogʻliq. Muassislik shartnomasi va ustav shahrining taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Uzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xoʻjalik hayotida shahrining toʻliq Sh., kommandit (aralash) Sh. turlari koʻproq tarqalgan. Toʻliq Sh. xoʻjaliklarda yakka shaxslar yoki tadbirkorlar, tijorat tashkilotlari taʼsis shartnomasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyati va kapitallari bilan ishtirok etadilar. Sh. majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli jami molmulk bilan birdamlikda javob beradilar. Ishtirokchilarning har biri boshqa huquqlar bilan bir qatorda korxonani boshqarishda ishtirok etadi va har bir shaxs bir ovozga ega boʻladi, har bir ishtirokchi faqat birgina toʻliq shahriga aʼzo boʻlishi mumkin. Mas, 90-yillarning 2-yarmidan boshlab Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida sobiq kolxozlar — jamoa xoʻjaliklari yopiq Sh. xoʻjaliklari — paychilar xoʻjaligi shakliga oʻtkazila boshladi va 1,4 mln.dan ortiq dehqonlar shahridagi pay mulki egalariga aylandi (2004). Kommandit Sh. aʼzolari Sh. majburiyatlari boʻyicha oʻzining jami molmulki bilan javob beradigan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgarligi qoʻshgan ulushi miqdori doirasida cheklanadigan bir yoki bir nechta qatnashchi (kommanditchi)lardan tashkil topadi.

shahrining tugatilishi xoʻjalik Sh.lari haqidagi qonunlarda va shahrining taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Unitar korxona — mulk egasi tomonidan oʻziga birkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti kurinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻra, davlat hokimiyati organi yoki mahalliy boshqaruv tomonidan tashkil etiladigan xujalik yuritish huquqiga asoslangan Unitar korxona vaoperativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat mulki bulgan Unitar korxonalar bor. Unitar korxona oʻz majburiyatlari buyicha uziga tegishli jami molmulki bilan javob beradi, lekin molmulki egasi majburiyatlari buyicha javobgar emas. Oʻzbekiston Respublikasida 90-yillar oxiridan sanoat, transport tarmoklarida Unitar korxonalar tashkil topa boshladi (mas, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2000 y. 25 maydan Unitar korxona maqomida faoliyat kursatadi).

Kasanachilik — hunarmandlarning mehnat shartnomalari asosida yollanib oʻz uyida ishlashi, yashash joyida i.ch. yoki xizmat koʻrsatish. K.da maxsus tashkilot va korxonalar bilan kelishuv, shartnoma asosida buyurtmalar bajariladi. Jamiyatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qushimcha daromad topish, ish vaqtining qatʼiy belgilanmaganligi, maxsus binolarga ehtiyoj boʻlmasligi va b. K.ning iqtisodiy samaradorligini taʼminlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda K. keng koʻllaniladi. AQShda K. usulida ishlaydiganlar soni 5mln. kishidan ortiq (2000). Yaponiyada hatto elektrotexnika, elektronika, turizm kabi tarmoqlarda ham keng qoʻllaniladi. K.da mehnat faoliyati toʻla boʻlmagan ish kuni turiga kiradi.

Oiladan, uy ishidan ajralib korxona, tashkilotlarda ishlash imkoniyati bulmaganlar va yordamchi daromadga muhtoj shaxslar uchun K. juda qulay hisoblanadi. K. oʻziga xos tashkil etishni talab etadi. Xom ashyo, materiallarni yetkazib berish, tayyor-mahsulotlarni olib ketish, hisob-kitobning belgilangan vaqtda olib borilishi zarur shart hisoblanadi.



K.ning , ayniqsa, qishloq joylarida uy-roʻzgʻor ishlari, oilada bola tarbiyasi bilan band boʻlgan va yordamchi daromadga muhtoj ayollar uchun tashkil etilishi ahamiyatlidir. Shu bilan birga bunga nogironlar ham jalb etilishi mumkin. Hunarmandchilikni rivojlantirish va oiladagi yoshlarni shogirdlikka jalb etishda qoʻl keladi.

Oʻzbekistonda mehnat resurslari, oila xoʻjaligi tuzilishi, i.ch. vositalari sharoitlari K. rivojini taʼminlaydi. Hunarmandchilik, ayniqsa, igna ishi talab etuvchi tikuvchilik, kashtachilik, mebelsozlik va b. uchun K. qulay. Oʻzbekistonda "Mahalla" jamgʻarmasi, respublika Tovarlar ishlab chiqarish va tadbirkorlar palatasi mahallalarda K.ni rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi.
Download 21,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish