Mashgʻulot turi: ma’ruza
1-Mavzu: Raqamli texnologiyalar haqida tushuncha.
Mavzu rejasi:
1. Raqamli texnologiyalar (Digital technologies)
tushunchasi, uning maqsadi
va vazifalari.
2. Tizim haqida tushuncha va uning asosiy turlari. Raqamli axborot tizimlarning
ta’rifi va tavsifi. Raqamli axborot tizimlarining
strukturasi va tarkibiy
elementlari.
3. Raqamli axborot
tizimlarning dasturiy ta’minoti va turlari. Raqamli
texnologiyaning jahon miqyosidagi o‘rni.
Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib.
unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy
faktori sifatida raqamli
ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat
qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish
shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi.
Misol
sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini,
bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli
texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish
va uni yetkazib berishni, turli
xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha
qilib javob berish mumkin:
•
Raqamli tcxnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga
asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini
barpo etishni tushunamiz:
•
Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining
asosiy tarkibiy qismlari
sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy
tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar,
buyumlar interneti hamda
sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin:
•
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va
jarayonlarni
(aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va
tadbirkorlik)
yaratishga imkon beradi.
Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi:
Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining
amalga oshishi:
•
buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi:
•
blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman
jarayonlar;
•
mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish
imkoniyatining hosil
bo‘lishi;
•
yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi;
•
katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin
Offering) jarayonining tadbiq etilishi;
•
yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi;
•
yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi;
•
yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi;
•
katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi;
•
sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi;
•
mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ;
•
bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi;
Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa
quyidagilami keltirishimiz inumkin:
1-
Bosqich:
•
Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning
amalga oshirilishi
(shu jumladan, ARM. ERP. EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va