22 - Ish. Mavzu: Sabzavot mahsulotlarini saqlash omborlarining tuzilishi
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarga Sabzavot mahsulotlarini saqlash omborlarining tuzilishini oʻrgatish
Kerakli jihozlar va materiallar: mahsulotlarning standarti (texnik shartlari) omborxonalar loyihasi,omborxonalar kartasi,kalkulyator, xom ashyo,jadval ma'lumotlari,adabiyot malumotlari.
Ish tartibi:Bu omborxona mevalarni qabul qilish, saqlash, tovar ishlov berish, qadoqlash va sotuvga jonatishish uchun muljallangan. Ombor tarkibiga quyidagi ishlab chiqarishga muljallangan asosiy xonalar kiradi: sovutkich xonalari (Sq1383 m2) tovar ishlov berish va qadoqlash bolimi (S-219 m2), ekspeditsiya (S-43 m2), ventilyatsion kameralar (S-59 m2), rampa (S-588 m2). Bu omborxona meva-sabzavot bazasi territoriyasida quriladi.
Kelib tushadigan mahsulot bazaga tushganda tarozida tortiladi va rampaga olib kelinadi. Transport va yuklash-tushirish ishlari elektropogrozchiklar va xarakatlanadigan konveyyer yordamida olib boriladi.Mahsulot yigimi 25 kg dan bolgan yashiklarda saqlanadi. Yashiklar tagliklarga quyib bir-birini ustiga shtabel qilib joylashtiriladi Mevalarni sotuvga tayyorlash uchun ikkita liniya. (LRF-400) ornatilgan. Liniyalar quyidagi uskunalardan iborat yashiklarni agdaruvchi., saralash qadoqlash mashinasi, tarozi, urash mashinasi. Tayyorlangan mahsulot ekspeditsiyaga yuboriladi.
2 Kartoshka ombori
Omborxona tarkibiga saqlash xonalari (Sq350 m2), tovar ishlov berish, va qadoqlash bolimi (Sq116 m2) kiradi.
Omborxonaga kartoshka avtomobillarda konteyner, yumshoq idishlar yoki toqilgan xolda keladi. Konteynerlarda kelgan kartoshka naves tagida kran yoki elektropogrozchiklar yordamida tushiriladi, toqilgan xolda olib kelingan kartoshka avtomobilepogrozchik GUAR-15 N va T3 K-30 pogrozchik yordamida tushiriladi. Qopdagi kartoshka konteyner yordamida stolga olib kelinadi va konteynirlarga quyiladi. Bolimlarda konteynnerlar elektropogrozchik (EP-1008) yordamiga olib kiriladi va ustma-ust shtabellarga joylanadi. Kartoshka Q2Q40S xaroratda saqlanadi. Birinchi 15 kun davomida xarorat Q120S atrofida boladi. Bu davrda kartoshka kuriydi, shikastlangan joylari ximoya qavati bilan qoplanadi. Xonalardagi havo kuniga 4-6 marta ventilyatsiya qilinadi. Sovutish davrida kartoshka va havoning xarorati 3-40S dan yuqori bolmasligi kerak. Sotishdan oldin kartoshkaga tovar ishlov beriladi (saralash jarayoni) va 3 kg dan setkalarga qadoqlanadi. Setkalar konteynerlarga joylanadi.
3 Karam ombori
Bu omborxonada karam qabul qilinadi, sovutiladi, saqlanadi va ishlovdan keyin taqsimlanadi. Omborxona tarkibi: sovutish kameralari, tovar ishlov berish sexi, ekspeditsiya, rampa, chiqindilarni konteynerlarda saqlash maydonchasi.
O'zlashtirish uchun savollar:
1. Sabzavotlarni Saqlash usullari
2. Karamni Saqlash usullari va tartibi
3. Sabzivot omborlarining tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |