Ma’ruza №41 Suyuq vannada eritish pechining asosiy tasnifi va ishlash prinsipi Tayanch iboralar



Download 380,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.06.2022
Hajmi380,38 Kb.
#634854
  1   2
Bog'liq
41-ma'ruza



Ma’ruza №41 
Suyuq vannada eritish pechining asosiy tasnifi va ishlash prinsipi 
Tayanch iboralar: 
agregat, eritish, barbotaj, suyuq vanna, eritish-reaksion kamera, to‘plagich, 
shlak va shteyn uchun sifon, furma, furma osti zonasi, furma usti zonasi, poydevor, tub qism
furmali kesson, glissaj quvurlar, harakatlanuvchi karkas. 
 
Reja: 1. 
Suyuq vannada eritish pechining turlari.
 
 2.
Suyuq vannada bo‘lib o‘tadigan asosiy jarayonlar.
 
 3.
Suyuq vannada eritish pechining asosiy tasnifi.
 
 4.
Suyuq vannada eritish pechining ishlash prinsipi.
 
 5.
Suyuq vannada issiqlik va massaalmashuv jarayonlari. 
Avtogen jarayon aslida bugun yoki kecha topilgan yangi jarayon emas. O‘z - o‘zidan 
issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayonlar qariyb 100 yildirki, sulfidli va oksidli boyitmalarni 
oksidlovchi kuydirish jarayonida, yoxud shteynlarni konverterlash jarayonida ham keng 
qo‘llanilib kelinmoqda. Bunda sulfidli birikmalar oksidlanishi, parchalanishi mobaynida yuqori 
haroratning ajralib chiqish natijasida boradigan jarayonligi asrimizning boshidayoq sanoat 
miqyosida keng qo‘llanilganidan dalolat beradi. 
Avtogen eritish texnologiyasini umuman olganda oksidlovchi jarayon ham deyish 
mumkin. Avtogen jarayonlarga yuklanishi mo‘ljallangan xom-ashyo uchun aloxida talablar 
qo‘yiladi. Bu talablarning asosiysi uning tarkibidagi kerakli birikmalarning kislorod bilan o‘zaro 
ta’siri natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning xom-ashyo yoki shixtani eritishga etarli 
bo‘lishidir. Oltingugurt bilan birikkan moddalar avtogen jarayonlar uchun asosiy xom ashyodir. 
Chunki ular kislorod bilan reaksiyaga kirishib ekzotermik xolatni yuzaga keltirib issiqlik 
chiqarish mumkin. 
Sobiq Ittifoqda avtogen jarayonlarni qo‘llash 1968 yilda Olmaliq tog‘-metallurgiya 
kombinatida «kislorodli mashalli eritish» pechini ishga tushirilishi bilan boshlandi. So‘nggi 
yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmoqda. 
Avtogen jarayon deb, qisman tashqaridan yoqilg‘i sarf qilgan xolda, oltingugurtli birikmalarning 
oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarflanishiga aytiladi. 
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi” kafedrasi 
olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq vannada eritish” deb ataladi. 
Uzoq yillar davomida otasi, professor Vladimir Andreevich boshlagan ishni sanoat 
miqyosida o‘g‘li, professor Andrey Vladimirovich Vanyukov tadbiq qilib, yuksak yutuqlarga 
erishdi va metallurgiya sanoatiga o‘ta unumdorligi bilan ajralib turadigan yangi agregat olib 
kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni xar tomonlama zamonaviy jixozlashda Moskva po‘lat va 
qotishmalar instituti olimlari bilan birgalikda “Ginsvetmet” (rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot 
instituti, Moskva shaxri), “Gipronikel” (nikel ilmiy-loyixa tadqiqot instituti, Moskva shaxri), 
“Kazminsvetmet” (Qozog‘iston rangli metallar vazirligi), Qozog‘iston Fanlar akademiyasi 
olimlari xamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba 
zavodi mutaxassislari va ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tkazilib, yaxshi natija 
bergach, 1986 yili mamlakatning rivojlanish dasturiga kiritilgach, shu yildan Norilsk kon-metal-
lurgiya kombinatida to‘la sinovdan o‘tkazildi. Xar tomonlama yaxshi natijalar olingach, uning 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha paytda sobiq Ittifoq sanoatida ishlab turgan eritish 


pechlaridan, balki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan xam ustun eekanligi namoyon bo‘la 
boshladi. 
1987 yilda sobiq Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A. V. Vanyukovning 
vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga “Vanyukov pechi”, jarayonga esa “Vanyukov jarayoni” 
deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukovlar boshlagan ishni uning shogirdlari Moskva 
po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi” kafedrasining mudiri, 
pprofessor, texnika fanlari doktori Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar 
davom ettirib kelmoqda. Ular yildan-yilga “Vanyukov pechi”ni takomillashtirib, yuqorida qayd 
etilgan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga olib keldilar.
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan, 
o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomillashgan bir ko‘rinishi, desak, 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga 
mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli 
xavo furma orqali yon tomonidan purkalib turiladi. Xavo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan 
xar xil xajmdagi qumoq shixta yuklanib turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan 
toshqol va shteyn ajralib, xar ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali xosil bo‘lgan maxsulot 
pechdan tinimsiz chiqarib turiladi. 
Bu ustki va ostki purkalanish jarayonlarga qaraganda ancha qulay va issiqlik massa 
almashinuviga o‘z ta’sirini yuqori me’yorda ko‘rsatadi. Undan tashqari, vannada eerigan va xali 
eerib ulgurmagan ashyolar aralashmasi xarakatining bir xilda biqirlashiga olib keladi. Ana shu 
eritmadagi bir xildagi doimiy ashyolarning aylanishi va biqirlashi mayda sulfidli zarralarining bir-
biriga to‘qnashishiga, uning natijasida zarralarining yiriklashuviga olib keladi. Eritmada jarayon 
qanday xolatda ro‘y berishidan qat’i nazar (xarakat, toshqol qovushqoqligi va xokazo), kat-
talashgan shteyn zarralari pechning tubiga, shteyn fazasiga cho‘kadi. 
Sulfidli shixta tarkibidagi kvarsli flyus toshqolda tez eriydi, toshqolning xosil bo‘lish 
tezligini nixoyatda orttirib yuboradi.
Jarayonda tomchilar oralig‘idagi koalessensiya (yaeni, energiya sistemasining kamayishi 
bilan suyuq va qattiq fazalardagi xajmlarning o‘z-o‘zidan birikishi) shteyn tomchilarini
o‘rtachalashtiradi. Bu demakki, pechning eng ostki qismidagi shteyn tarkibidagi mis shteyn 
bo‘limining ustki qismiga nisbatan bor yo‘g‘i 3–5% gina farq qilishi mumkin. 
SHteyn tarkibidagi misning ortishi bilan boshqa pechlardagidek, toshqol tarkibidagi mis 
tarkibi xam ortib boradi, biroq juda kam miqdorda, ya’ni 45–50% misli shteyn olinganda, toshqol-
dagi mis 0,5–0,6% dan deyarli ortmaydi. Vanyukov pechida nafaqat misli xomashyo, balki mis-
nikelli klinkerning mis shixtasini xam birdek eritib, rejalashtirilgan xolda, kerakli tarkibda misli 
shteyn, sulfat kislota olishga mo‘ljallangan sulfid va sulfat angidridli texnologik gaz olish 
mumkin . 
Vanyukov pechida xar qanday misli maxsulotlar yoki ashyolarni eritib, undan misga boy 
shteyn olish mumkin. SHuning uchun xam ushbu risolaning oldingi boblarida ko‘rsatilganidek, 
metallurgik xisob yo‘li bilan ashyolar tengligi xisoblanadi. Xozirgi kunda “Olmaliq TMK” 
OAJdagi YAQE va KME pechlarida Olmaliq rux zavodining misli klinkerlari qayta 
ishlanmoqda. SHuningdek, boshqa barcha eritish zavodlarida xam misli, tarkibida qimmatbaxo 
ma’dani bor klinkerlar Vanyukov pechida qayta ishlanib, qo‘shimcha mis va nodir metallar 
olinmoqda.

Download 380,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish