Maqsadi va vazifalari



Download 303,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana01.05.2022
Hajmi303,4 Kb.
#601504
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MA'RUZA



1-MAVZU: 
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI. 
 (2 soat)
 
REJA: 
1. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi. 
3.Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o‘lchovlari. 
4. Ma’lumotlarni kodlash, kompyuterning ishlash prinsiplari.
 
Tayanch so’z va iboralar. Axborot, texnologiya, ob’ekt, axborotni yg’ish, qayta ishlash, 
uzatish, qaror qabul qilish va h.k. 
 
1. 
Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
Insoniyat harakat va raqobat orqali tumush tarzini rivojlantiradi va yangi kashfiyotlarni 
yaratilishiga sabab bo’ladi. Azaldan insoniyat o’z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash 
muammolari bilan shug’ullangan. Kompyuter texnikasi XX asrnig buyuk kashfiyotlaridan biri 
bo’ldi. «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter 
texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-
moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, 
ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-
moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.
«Axborot texnologiyalari» fanining predmeti. Kompyuter
va axbopot texnologiyalaridan 
samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot 
texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi.
«Axborot texnologiyalari» fanining maqsadi
. Talabalarda kompyuter texnika va 
dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy 
axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish 
hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda 
joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat.
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o’z ichiga 
oladi: 
1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish. 
2. Uni qayta ishlash, joyiga uzatish. 
3. Ma’lumotlarni kodlashtirish. 
4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash. 
5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash. 
6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish. 
7. Qapop qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. Ma’lumki, iqtisodiy axborot 
hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator holatlarda ba’zi jarayonlar 
ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo’ladi. SHu o’rinda ba’zi jarayonlar 
qaytarilishi mumkin. 
Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko’p jihatdan iqtisodiy ob’ektga 
bog’liq. Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko’rib 
chiqamiz: 
1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish 
har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan 
xalq xo’jaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro’yxatdan 
o’tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha 
murakkabdir. 
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer 
yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa 
kanallari orqali uzatish va boshqalar. 


Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi asosan ikki 
usulda amalga oshiriladi:
elektron tashuvchilarda
2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga 
oshiriladi. 
3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina tashuvchilariga axborotni 
EHMda qabul qilingan kodlarda yozish jarayonidir. 
4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig’ish - 
axborotlardan ko’p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo’llash, boshlang’ich ma’lumotlarni 
qayta ishlashgacha ularni to’plash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi. 
Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash 
jaayonlarini bajaradi. 

Download 303,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish