Maqsadi va vazifalari



Download 303,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana01.05.2022
Hajmi303,4 Kb.
#601504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MA'RUZA

Birinchi bosqichda
milliy tarmoqlar o‘zagini tashkil etuvchi asosiy davlat muassasalari axborot 
tizimi va tarmoqlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Bu tizimlarga asosiy talab: yuqori malakaliy 
ekspertizadan o‘tgan loyihadan mavjudligi; yuqori sifatli litsenziyali dasturiy vositalar va 
zamonaviy komppyuter texnikasi mavjudligi; ochiq tizimlardagi o‘zaro amaldagi xalqaro standart 
va qoidalardan foydalanishi. 
 
Ikkinchi bosqichda
milliy tarmoqlar o‘zagini davlat tashkilot va muassasalarida yaratilgan 
axborot tizimlarida integratsiyasi amalga oshiriladi.
 
Uchinchi bosqichda
tarmoqqa boshqa idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot 
institutlari, ilmiy markazlar va hokazolar ulanadi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlanish uchun talay intellektual 
imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari,
ishlab chiqarish korxonalari va firmalarda komppyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot 
taominoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali kadrlar ishlamoqda. 
1.2Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi. 
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan komppyuterlar 
va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, 
texnika va ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatikani tor maonoda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy 
vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z 
navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog‘i, 
fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin (1.3-rasm). 
Informatika iqtisodiy tarmoq sifatida komppyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaiy texnologiyasini ishlab chiqish bilan 
shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalardan iborat bo‘ladi. 
Informatikaning ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida o‘ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq 
ho‘jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko‘p jixatdan unga bog‘liqdir. Bundan 
tashqari bu tarmoqlar meoyorida rivojlanishi uchun informatikaning o‘zida mehnat samaradorligi 
ancha yuqori suroatlarda o‘sib borishi lozim, chunki xozirgi davrda jamiyatda axborot ko‘proq 
so‘nggi istoemol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda: odamlarga dunyoda ro‘y berayotgan 
voqeallar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va xodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi 
xaqida axborot zarur. Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini 
ko‘tarish, katta hajmdagi axborotni (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish va 
ishlashga yangi intellektual vositalar va “inson mashina” interfeyslaridan foydalanish asosidagina 
erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi suroatlari yetarli bo‘lmasa, butun 
xalq xo‘jaligida mehnat samaradorligi o‘sishining anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin. 
Hozir dunyodagi barcha ish joylarning 50 foizga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan 
taominlangan. 


1.3-rasm. Informatikaning fan, tarmoq va amaliy fan sifatida tuzilishi 
Informatika 
fundamental fan
sifatida komppyuter axborot tizimlari negizda istalgan 
oboektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan taominlashni barpo etish uslubiyotini 
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri - 
axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday 
ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika 
sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalashlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab 
chiqish, komppyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy 
informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof muhit informatikasi, kasbiy axborot tizimlari. 
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari xaqida 
umumlashtirilgan axborotni olish, ularni qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini 
aniqlashdir. 
Informatika 
amaliy fan 
sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish); 

inson faoliyatining turli soxalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish; 

aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnolgiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy 
bosqichlari bo‘lgan loyihalash, uni ishlab chiqish, foydalanish davrlariga tavsiyalar tayyorlash. 
Informatikaning bosh vazifasi axborotni o‘zgartirish usullari va vositalarini ishlab chiqish, 
ulardan axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etishda foydalanishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

istalgan turdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; 

axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlash tizimini 
va yangi texnologiyalarni yaratish; 

jamiyat hayotining barcha sohalarida komppyuter texnikasi va texnologiyasini yaratish, tadbiq 
etish va samarali foydalanishni tashkil etish ilmiy va muxandislik muammolarini hal etish. 
Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa sohalardagi muammaolarni hal 
etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-
texnik sohadir. U boshqa sohalar, xatto jarayonlar va xodisalar tartiblashmaganligi tufayli 
miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslubini 
va vositalarini taqdim etadi. Informatikada komppyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy 
ro‘yyobga chiqishi mumkin bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida 
ajratib ko‘rsatish lozim.

Download 303,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish