“Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda jamoatchilikka mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida



Download 30,5 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi30,5 Kb.
#512080
Bog'liq
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo


Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar


Joriy yilning 13 may kuni Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 fevraldagi “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING QOIDALARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treninglarda kollej direktor, direktor o’rinbosarlar va pedagog xodimlar ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida kollej pedagog xodimlariga Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kollej huquqshunoslik fani o’qituvchisi M.Turdiyev tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, ushbu Qonunning qabul qilishidan ko‘zlangan maqsad, uning jamiyatimizda tutgan o‘rni, asosiy prinsiplari, kasb odob-axloq qoidalariga bo‘lgan talablarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda”, - deydi kollej tarix fani o’qituvchisi N.Kamolov
- Ma’lumki, “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham anglatadi. “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi”, - degan fikrlar mavjud. Bugungi kunga kelib esa butun dunyo iqtisodiyotiga korrupsiyaning salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
- Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, - deb bejiz ta’kidlamadilar. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga aylanishi lozim”, - deb so‘zini yakunladi huquqshunoslik fani o’qituvchisi M.Turdiyev.
Seminar-trening davomida kollej pedagog xodimlarining Kasb-axloq kodeksida belgilangan me’yorlarga rioya qilishi, muntazam ravishda ijro intizomini mustahkamlash, axloq-odob estetikasiga rioya qilinishini ta’minlash, huquqbuzarlik holatlari kelib chiqishini, shu jumladan ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi illatlarning oldini olish borasida fikrlar almashildi.
Trening umumiy muhokama va savol-javoblar asosida qizg’in bahs-munozaralarga sabab buldi.
Trening yakunida
- kollej pedagog xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha huquqiy ongi va madaniyatini oshirish;
- kollej direktori, direktor o’rinbosarlari va ularning xodimlari oʻrtasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
- kollej pedagog xodimlari va talabalar o’rtasida odob-axloq qoidalarni ijrosi samaradorligini oshirish;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish, murojaatlarning toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqish, oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash va qonuniy manfaatlarining himoya qilish ustidan tizimli nazoratni taʼminlash borasida kelishib olindi.
Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining chuqur o‘zlashtirilishi korrupsiyaga qarshi kurashning ma’rifatli yo‘li ekanligi, shuningdek korrupsiyaning oldini olishda kollejning har bir pedagog xodimi faollik ko‘rsatishi lozimligi, talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatilishi esa ko‘zlagan natijani berishi alohida ta’kidlandi.
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish