Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning ilmiy-nazariy va huquqiy asoslari



Download 162,5 Kb.
Sana02.05.2021
Hajmi162,5 Kb.
#63547
Bog'liq
kirish


M U N D A R I J A




KIRISH ……………………………………………………………

3










1-BOB.

MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISHNING ILMIY-NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI ………………………...

6

1.1.

Chet el investitsiyalari hamda ularni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etishning zarurligi va ahamiyati …………………………………...

6

1.2.

Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishda qulay investitsiya muhitini yaratishning ahamiyati ………………..

14

1.3.

Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning nazariy-huquqiy asoslari …………………………………………...

22










2-BOB.

MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISH HOLATI VA DINAMIKASI TAHLILI ………………………………………...

31

2.1.

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida chet el investitsiyalarini jalb qilishning holati va tendensiyalari tahlili …...

31

2.2.

O`zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati va ularning samaradorligi tahlili ………………………....

43

2.3.

O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va uning ustuvorliklari …………………………………………......

49










3-BOB.

MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA CHET EL INVESTITSIYALARINI JALB QILISHDAGI IMKONIYATLAR VA ULARNING ISTIQBOLLARI ……………………………………………………………………....

55

3.1

Erkin iqtisodiy zonalar orqali mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarini jalb qilish istiqbollari…………………………......

55

3.2

Amalga oshirilayotgan islohotlarning xorij kapitalini jalb qilishdagi asosiy yo`nalishlari.……………………………………...

61













XULOSA …………………………………………………………..

68




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………..

73

KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida investitsiyalarning, jumladan, chet el investitsiyalarining ahamiyati kattadir. Chet el investitsiyalarini jalb qilish milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiradi, uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvida va tashqi savdo aylanmasi hajmining o`sishida, eksport salohiyatining yanada rivojlanishida o`z ijobiy ta’sirini ko`rsatadi. Shu bilan birga, chet el investitsiyalarining kirib kelishi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi, yangi ish o`rinlarining yaratilishi, “nou-xau”larning joriy qilinishi kabi ko`plab imkoniyatlarni joriy qilinishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, o`z imkoniyatlaridan foydalanib qulay investitsion muhitni yaratishga kirishdi. Bu borada yurtimizda qator O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa ko`plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Barcha olib borilayotgan islohotalarning mamlakat iqtisodiyotida o`rni beqiyosdir. Zero, taraqqiyot investitsiyalarsiz bo`lmaydi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday deb ta’kidlaganlar: “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo’lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag`a bo’lmaydi”.

O`zbekiston ulkan chet el investitsiyalari yo`naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qator afzalliklarga ega. Bu borada jahon hamjamiyati oldida o`zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasidagi geografik joylashuvi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy hamda investitsion siyosat va boshqalar muhim rol o`ynaydi. Bundan tashqari, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-totuvlik, O`zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro`-e’tiborining ortib borayotgani bu borada muhim hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishdagi imkoniyatlarni o`rganish hamda chet el investitsiyalarni jalb qilishning takomillashtirilishi omillarini ko`rib chiqish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bеlgilab olindi:

“Invеstitsiya” va “chet el investitsiyalari” tushunchalarining mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan yoritib bеrish;

chet el investitsiyalarining zarurligi va ahamiyatini ko`rsatib o`tish;

mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishda qulay investitsiya muhitining tutgan o`rnini o`rganish;

chet el invеstitsiyalarini jalb etish va ulardan foydalanishning nazariy hamda huquqiy asoslarini tadqiq etish;

chet el investitsiyalarini jalb qilishning holati va tendensiyalarini tahlil qilish;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini o`rganish va ularning samaradorligini tahlil qilish;

O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishini o`rganish hamda ustuvorliklarini belgilash;

iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilishdagi imkoniyatlarni o`rganish.

Tadqiqotning obyеkti va prеdmеti. Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalar, jumladan chet el investitsiya va kreditlari, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar, hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati ushbu bitiruv malakaviy ishining obyekti hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiya va kreditlarini jalb qilishdagi imkoniyatlar, ularni takomillashtirish omillari mazkur tadqiqotning predmeti bo`lib xizmat qiladi.

Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan tarkib topgan. Tadqiqot hajmi 79 bеtdan iborat bo`lib, 8 ta jadval hamda 16 ta rasmdan tashkil topgan.

Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi asoslangan, uning maqsadi va vazifalari, prеdmеti, obyekti, o`rganilganlik darajasi va tuzilishi yoritilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning ilmiy-nazariy va huquqiy asoslari” dеb nomlanib, unda iqtisodiyotga chеt el invеstitsiyalarini jalb etishning shart-sharoitlari, invеstitsiya muhitini yaratishning ahamiyati, shuningdеk invеstitsiyalar jalb etishning ilmiy-nazariy va huquqiy asoslari o`rganilgan.

Ikkinchi bob “Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish holati va dinamikasi tahlili” dеb nomlangan. Mazkur bobda mamlakat iqtisodiyotiga chеt el invеstitsiyalarini jalb qilish holati va dinamikasi tahlil qilingan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati va ularning samaradorligi o`rganilgan, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishi hamda uning ustuvorliklari belgilan olingan.

Tadqiqotning uchinchi bobi esa “Mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishdagi imkoniyatlar va ularning istiqbollari” dеb nomlangan. Unda mamlakat iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilishdagi o`ziga xos imkoniyatlar hamda islohotlar orqali kirib kelayotga xorij kapitallari ko`rib chiqilgan, chet el invеstitsiyalarini jalb etishni takomillashtirish omillari keltirib o`tilgan.

Ishning xulosa qismida ilmiy tadqiqot natijalari umumlashtirilib, kеlajakda tadqiq etilishi va bajarilishi lozim bo`lgan asosiy fikr va mulohazalar, ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar kеltirilgan.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni;

2000-yil 26-maydagi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir);

2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrir);

2019-yil 25-dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni.

2008-yil 24-iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va keditlarni jalb etish hamda o`zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori;

2012-yil 10-apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirklar to`g`risida”gi Farmoni;

2016 yil 26 oktyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni;

2017-yil 7-fevraldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni;

2019-yil 17-yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Farmoni;

2019-yil 29-apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori;

2019-yil 2-iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risda”gi Qarori;

2019-yil 24-iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi Qarori;

2019-yil 13-noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xorijiy investorlar kengishini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori.
2. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari va ma’ruzalari:
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekistonni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2019-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Oliy Majlisga Murojaatnomasi;

O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekistonni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020-yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Oliy Majlisga Murojaatnomasi.



3. Darslik va o`quv adabiyotlari:
G`ozibekov D.G`. Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. T.: TMI, 1993.

Гитман Л.Дж., Джонк М.Д. Основы инвестирования: пер. с англ. –М.: Дело, 1997.

Шарп У., Александер Г., Бейли Дж. Инвестиции: пер. с англ. – М.: ИНФРА-М, 2001.

Маренков Н.Л. Основы управления инвестициями. М.: Проспект, 2003.

G`ozibekov D.G`. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –T.: “Moliya”. 2003-yil.

Игошин Н.В. Инвестиции. Организация, управление, финансирование. –М.: Юнити-Дана, 2005.

Зубченко Л.А. Иностранные инвестиции: Учебное пособие. –М.: ООО «Книгодел», 2006.

G`ozibekov D., Nosirov E. O`zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Risola. –T.: “Iqtisod-Moliya”. 2007-yil.

Uzoqov A., Kenjayev N. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O`quv qo`llanma. –T.: “Iqtisod-Moliya”. 2007-yil.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O`quv qo`llanma. T.: “Moliya”, 2010.

Imomov H.H. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. O`quv qo`llanma. –T.: “Iqtisod-Moliya”. 2010-yil.

Mamatov B.S., Xujamkulov D.Y., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. –T.: Iqtisod-Moliya, 2014.


4. Dissеrtatsiyalar va dissеrtatsiya avtorеfеratlari:
Dodiyev F.U. Investitsiya faoliyatini moliyaviy rag`batlantirish. Diss. avtoreferati: iqtisod fan nomzodi. –T.: 1998-yil.

G`ozibekov D.G`. Investitsiyalarni moliyalashtirish muammolari. Diss.: iqtisod fan doktori. –T.: 2002-yil.

Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. Diss.: iqtisod fan doktori. –T.: 2003-yil.

Raxmatullayeva F.M. Xorijiy investitsiyalar tavakkalchiligini pasaytirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. Diss.: iqtisod fan nomzodi. –Т.: 2009.


5. Davriy nashrlar, statistik hisobotlar va to`plamlar
Журнал: «Экономическое обозрение» –Ташкент. №9, 2005.

Журнал: «Стратегия России». №4, апрель 2007.

“Bozor, pul va kredit” jurnallari, 2019-yil nashrlari.

“Moliya” jurnallari, 2019-yil nashrlari.

“Xalq so`zi” gazetalari, 2014-2016-yil nashrlari.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi turli xil yillardagi statistika to`plamlari.



6. Internet saytlari

http://www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti).

http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

http://www.norma.uz (O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari portal).

http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti).

http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Rasmiy sayti).

http://www.mineconomy.uz (O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi sayti).

http://www.press-service.uz (O`zbekiston Republikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti).

www.cbu.uz (O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti).

www.worldbank.org (Jahon banki rasmiy sayti).

http://sr.fondedin.ru (“Стратегия России” jurnalining rasmiy sayti).


Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish