Mavzu:Ma’lumotlar bazasi modеllari. Mohiyat-aloqa modеli.
Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va ―Mohiyat–aloqa‖ modelini ishlab chiqish.
“Mohiyat-aloqa” modeli
“Mohiyat-aloqa” modeli
Infologik modelni qurishda 1976 yilda P.Chen tomonidan taklif qilingan “Mohiyat-aloqa” modeli (ing. Entity-Relationship model) yoki ER-modeldan foydalanish mumkin.
ER-modeli odatda ER-diagrammasi deb nomlangan P. Chen tomonidan taklif qilingan grafik shakllardan foydalangan holda yoki boshqa grafik shakllardan (Crow's Foot, Information Engineering va boshqalar) foydalanib taqdim etiladi.
“Mohiyat-aloqa” modeli:asosiy afzalliklar ER modellarining asosiy afzalliklari quyidagilar:
“Mohiyat-aloqa” modeli:asosiy afzalliklar ER modellarining asosiy afzalliklari quyidagilar:
ko‘rgazmalilik;
modellar ko'p sondagi obyektlar va atributlarga ega ma'lumotlar bazalarini loyihalashga imkon beradi;
ER-modellar ma'lumotlar bazasini loyihalashning ko'plab kompyuter tizimlarida amalga oshiriladi (masalan, ERWin).
Mohiyat kaliti, nomzod kaliti
Mohiyat kaliti, nomzod kaliti
Mohiyat kaliti - bu qiymatlar bo'yicha talab qilingan mohiyat nusxasini bir qiymatli topish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan atributlarning minimal to'plami.
Atribut yoki bir nechta atributlar, ularning qiymatlari mohiyatning har bir nusxasini unikal tarzda aniqlaydigan nomzod kaliti deyiladi.
Nomzod kalitladan biri birlamchi kalit sifatida tanlanadi.
Odatda birlamchi kalit sifatida minimal uzunlikdagisi tanlanadi
“Mohiyat-aloqa” modeli: аtribut Аtribut (xususiyat) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. Uning nomlanishi mohiyatning konkret tipi uchun unikal bo‘lishi zarur, ammo mohiyatlarning turli tiplari uchun bir xil boʼlishi ham mumkin(masalan, Rang ko‘pgina mohiyatlar uchun aniqlangan: Аvtomobil, Gul va h.k.). Аtributlar mohiyat haqidagi toʼplanishi qanaqa informatsiyalar zarur bo‘lishini aniqlash uchun ishlatiladi.